Korrektsion pedagogika (defektologiva) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi



Yüklə 20 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü20 Kb.
#36848
18 umumiy pedagogika-WPS Office


1.Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi. Korrektsion (maxsud) pedagogika (defektologiya — yunoncha defectus — nuqson, kamchilik, logos — fan. ta’limot) — rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega.

2.Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko’p vaqt bo’lmadi.Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo’llanib kelingan.

3.

Korrektsion pedagogika (defektologiva) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:



Pedagogik lug’atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «korrectio» tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to’liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o’tiladi.

4.

Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o’rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:



- rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;

differensatsiyali o’qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;

- anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;

- rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;

- bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo’qotish yoki kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

- anomal bolalikning oldini olish bo’yicha profilaktik chora- tadbirlar tizimini ishlab chiqish;

- anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish

5.Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari. Korrektsion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega:

Anomal bolalarni o’qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko’rish qobiliyatini yo’qotish vaqti alohida ahamiyatga ega.

Anomal bolaning rivojlanishi normal boladan ko’ra ko’proq darajada o’qitishga bog’liq.Shuning uchun anomal bolalar o’qitilmasa yoki o’qitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar etkaziladi.psixik funktsiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi oshadi, nuqsonlar o’ta jiddiy bo’lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin.

Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o’quvchilar ijtimoiy hayot, shuningdek, imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funktsiyalarini tiklash, shuningdek, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining darajasini pasaytirishga yordam beradi.

Anomal bolalarni tarbiyalash — korrektsion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo’lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o’rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarifii qo’llab- quvvatlash, bir-biriga yordam ko’rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi.



6.litimoiv adaptatsiya (yunoncha «adapto» — moslashish) — anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir bo’layotgan o’zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ulaming layoqati etmaydi.Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.
Yüklə 20 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin