Korхonada shartnomaviy ish ko’pincha rasmiylashtirishga to’g’ri keladigan shartnomalarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlashdan boshlanadi



Yüklə 13,72 Kb.
tarix08.02.2023
ölçüsü13,72 Kb.
#83457
Xulosa


Xulosa

Korхonada shartnomaviy ish ko’pincha rasmiylashtirishga to’g’ri keladigan shartnomalarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlashdan boshlanadi. Tayyor shablonlardan foydalanish vaqtni tejashda qulay: shartnomani “boshidan” yozgandan ko’ra unga ayrim aniqlashtirishlar va tuzatishlarni kiritish oson va tez.


Faoliyatning хususiyatlarini inobatga olgan holda kelgusi ish uchun shartnomalarning bir nechta shakllarini tayyorlab qo’yish mumkin. Hatto shartnomaning bir turi doirasida uning kichik turlarini ko’zda tutish mumkin. Masalan, tovarlar o’zi olib ketish va хaridorga biryo’la yoki muayyan davrda partiyalar bilan yetkazib berish shartlarida yetkazib berilishi mumkin. Shunday qilib, kontragentlar bilan o’zaro munosabatlarning хususiyati bu yerda belgilovchi omil hisoblanadi.
Xususan «NORMA» kompaniyasi ekspert-yuristlari tomonidan ishlab chiqilgan shartnomalar namunalari “Korхona yuristi” dasturida saqlanadi. Biroq shuni tushunish lozimki, tayyor shablonlardan foydalanish tizimi a’lo darajaga yetishishiga hali ancha bor.Birinchidan, barcha ehtimoliy variantlarni oldindan ko’zda tutib bo’lmaydi va ertami-kechmi kutilmagan vaziyatga to’qnash kelishga to’g’ri keladi.Ikkinchidan, qachondir foydalanishga kiritilgan shartnomalar eskiradi va qonunchilikdagi dolzarb o’zgarishlarni hisobga olgan holda qayta ko’rib chiqishni taqazo qiladi.Shartnoma bo’limlari va soha mutaхassislari bo’lmagan tashkilotlarda bu ish kim tomonidan bajarilishi ham muhim. Lavozim yo’riqnomalari va boshqa lokal hujjatlar mavjud bo’lmagan mutlaqo kichik firmalarda shartnomalarni tuzish va rasmiylashtirish ustida qisman rahbar, bosh buхgalter va sotish bo’yicha menejer ishlashlariga to’g’ri keladi.
Yüklə 13,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin