Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/42
tarix22.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#101439
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
konstitutsiya uz


partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda 
ishtirok etish huquqiga egadirlar. 
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda
shuningdek davlat hokimiyati vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi 
muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim 
kamsitishi mumkin emas. 
40-modda. 
Har kim bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga 
hamda tashkilotlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga
mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar 
bilan murojaat qilish huquqiga ega. 
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda
va muddatlarda koʻrib chiqilishi shart. 
IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar 
41-modda. 
Har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli. 
Bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, 
shuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi. 
42-modda. 
Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, 
xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida 
ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq 
toʻlashning belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan tarzda adolatli haq 
olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish 
huquqiga ega. 
Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonning munosib turmush 
darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi. 
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad 
etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. 
43-modda. 
Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni ishsizlikdan himoya 
qilish, shuningdek kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻradi. 
Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini 
tashkil etadi hamda ragʻbatlantiradi. 


11 
44-modda. 
Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda 
nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. 
Bolalar mehnatining bolaning sogʻligʻiga, xavfsizligiga, aхloqiga, aqliy
va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan, uning taʼlim olishiga 
toʻsqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin