12
statistik tahlil yo’nalishi bo’yicha izlanishlarni amalga oshirganlar. o’zbek tilshunosligidagi
kompyuter lingvistikasining boshqa yo’nalishlari esa o’z tadqiqotchilarini kutmoqda. Shunga ko’ra,
bugungi kunda o’zbek tilshunosligining kompyuter bilan bog’liq holda hal etilishi lozim bo’lgan
quyidagi vazifalarni takidlab ko’rsatish mumkin:
1.O’zbek tilining kompyuter uslubini yaratish.
2.Axborot matnlaridagi qoliplilik, qisqalik standartlarini ishlab iqish.
3.Đnternet saytlarini yaratish meyorlarini belgilash.
4.Kompyuter izohli va tarjima lug’atlarini yaratish.
5.O’zbek tili va adabiyoti darsliklarining elektron versiyasini ishlab chiqish.
6.Kompyuterda inglizcha-o’zbekcha tarjima dasturlarini ishlab chiqish.
7.Kompyuterdagi matnlarni avtomatik tahrirlash dasturlarini yaratish.
Ko’rinadiki, mazkur vazifalarni bajarish uchun tilshunos va kompyuter mutaxassislarining
hamkorligi taqozo etiladi. Mazkur dolzarb vazifalarni hal qilish, yani o’zbek kompyuter
lingvistikasini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O’zMU Kompyuter texnologiyalari
fakultetida 2001 yilning sentyabrida kompyuter lingvistikasi laboratoriyasi tashkil etildi.
Laboratoriyada o’zbek tilining matematik va kompyuter modellarini yaratish, o’zbek tilidagi
matnlarni tahrir qilish, inglizcha-o’zbekcha kompyuter tarjima dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha
ilmiy va amaliy-tadqiqiy ishlar olib borilmoqda. Unda lingvistikaga doir masalalar, yani tillarga
o’qitish, bilimlarni baholash, matnlarni tahrir qilish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish kabilar
bilan bir qatorda adabiyotshunoslikning kompyuter bilan hamkorlikdagi vazifalari: badiiy asarni
referatlashtirish, dunyo kutubxonasini yaratish, adabiyot uchun obektiv va universal tahlil dasturini
yaratish, asarlarni tartibga solish, joylashtirish, topishga oid tadqiqotlar ham amalga oshirilmoqda.
Xullas, kafedrada nafaqat kompyuter tilshunosligi, balki kompyuter adabiyotshunosligiga oid
izlanishlar ham olib borilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda laboratoriyada quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ilmiy izlanishlar
olib borilmoqda:
1.
O’zbek tilining rasmiy-idoraviy va kompyuter uslublarini ishlab chiqish.
2.
O’zbek tili grammatikasining kompyuter modelini yaratish.
3.
Tabiiy tillarning optimal modeli va ularning nomukammallik meyorini ishlab chiqish.
4.
O’zbek-rus-ingliz tillarining qiyosiy tahlili.
5.
O’zbek kompyuter adabiyotshunosligi asoslarini aniqlash.
6.
O’zbek tilidagi Đnternet sahifalarini (site) yaratish asoslarini ishlab chiqish.
7.
«Đnglizcha-o’zbekcha tarjimon» kompyuter dasturini ishlab chiqish.
8.
O’zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish dasturlarini yaratish.
9.
O’zbekcha-ruscha-inglizcha grammatik atamalar lug’atini yaratish.
10.
O’zbek tili fani bo’yicha dasrliklarning (maktab, kollej, litsey va Oo’Yu uchun) elektron
versiyalarini ishlab chiqish.
11.
O’zbek tilidagi “O’indoo’s” operatsion tizimini yaratish.
12.
Đjtimoiy va psixologik omillarni tilga tasirini o’zbek tili va jamiyati misolida tadqiq
etish.
13.
Đnglizcha-o’zbekcha, o’zbekcha-inglizcha kompyuter lug’atlarini ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: