29
fe’llarning zamon va shaxs-sonda tuslanish imkoniyatlari keltirilgan. Bunda fe’l semantikasi ko’p
vaziyatlarda uning tuslanishiga faol tasir qilishi ko’rsatib berilgan. Yani bir xil semantikaga ega fe’l
bir xil tuslanish sistemasiga ham ega bo’lishi aniqlangan. Kompyuter dasturi 2-jadvalda keltirilgan
malumotlar bazasiga asoslanib, ish ko’radi, yani fe’l-semema tuslanish imkoniyatiga ega bo’lsa ( Q
) , uni ingliz tilidagi ayni muqobilini topadi, u bunday imkoniyatga ega bo’lmasa (-),
bu haqda
foydalanuvchiga xabar beradi. Tadqiqotda yaratilayotgan dastur 1-versiya hisoblandi,
shuning
uchun unda (ish hajmini chegaralash maqsadida) o’zbek va ingliz tillaridagi harakat semali
fe’llarning faqat zamon va shaxs-sonda tuslanishi ko’rib chiqildi. Harakat semali fe’llarning nisbat
va mayl kategoriyalari, bo’lishli-bo’lishsizlik shakllari va ularning ingliz tilidagi tarjimasi masalasi
dasturning keyingi versiyalarida ko’rib chiqilishi rejalashtirilgan. o’zbek va ingliz tilini ikkinchi til
sifatida o’rganishni istovchilar uchun birinchi bosqichda fe’ldagi zamon va shaxs-sonni ifodalashni
bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli dastur uchun o’zbek-ingliz tillaridagi fe’llarning
zamon va shaxs-sonda tuslanishini ko’rsatib beruvchi lingvistik tamin zarurdir. 3-jadvalda 2-
jadvaldagi malumotlarning (yani fe’lning zamon shakllari va tuslanish sistemasini)
ingliz tilida
aynan qanday shaklda berilishi ko’rsatilgan. Bu bilan ham kompyuter dasturi uchun zaruriy
lingvistik tamin - o’ziga xos qoliplar yaratilgan. 4-jadvalda o’zbek
tilidagi harakat semali
fe’llarining valentlik imkoniyatlari ko’rsatilgan. o’zbek tilidagi fe’llarni o’rganishda ularning
birikuvlarini yaxshi bilishi zarur hisoblanadi. Shunga ko’ra gap tuzishda fe’lning agens, patsiens,
obekt, o’rin valentliklarining aktanti sifatida qaysi so’zlar bilan birika olishini bilish muhimdir.
Ko’rinadiki, har bir jadval kompyuter dasturi uchun malumotlar bazasi hisoblangani holda bir-
biri uchun ham axborot banki vazifasini o’taydi. Demak, kompyuter dasturi uchun lingvistik tamin
yaratishda ham uzviylikka, sistemalilikka qattiy rioya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: