Albuminlar – qon, sut va boshqalar tarkibidagi oddiy oqsillar
0,1 – 0,5
Jelatin
0,1 – 0,5
Elim – suyakli, mezdrli, kazeinli
0,1 – 0,5
Sellyuloza efirlari (karbosimetilselyuloza)
0,1 – 3,0
Kraxmal, dekstrin
0,1 – 0,2
Organik kislotalar – limrn, vino toshli,
malein, sirka, sutli, ftalen. Organik kislota tuzlari (sitratlar, laktatlar va boshqalar)
0,01 – 0,1
Natriy glyukanat
0,1 – 0,3
Lingosulfonat (LST)
0,1 – 0,3
Soxaroza
0,1 – 0,3
Sintetik emolalar emulsiyasi (poliakrilyat va boshqalar)
0,05 – 0,2
Havo tortuvchilar
0,05 – 0,2
Aralashmalarning qulay joylavchanligini oshiruvchi qo‘shimchalar (reologik qo‘shimchalar plastifikatorlar va superplastifikatorlar). Plasifikatorlar tarkibida yuzaki faol moddalar mavjud (YuFM).
Plastifikatorlar texnik lignosulfatlar (LST). Sarf qilinishi bog‘lovchi massasi hisobidan 0,1 – 0,3 %. LST ni qo‘shish sun’iy tosh chidamliligini sezilarli darajada (1,5 – 2,0 baravar) pasaytiradi. Havo tortuvchi, tarkibida YuFM mavjud qo‘shimchalar ham plastifikatorlardir. Sarfi 0,05 – 0,30 % ni tashkil etadi. Superplastifikatorlar va giperplastifikatorlarni yana suv yutishini kamaytiruvchilar deb ham nomlashadi, chunki ular Suv/S ni 20 % va undan ko‘proq kamaytiradi.
Aralashmalarningsuvushlashqobiliyatinioshiruvchiqo‘shimchalar.Qorishmalar va beton aralashmalardagi bog‘lovchining suv ushlash xususiyati g‘ovakli suv yutish asosi - beton, g‘isht va boshqalar bilan aralashma kontaktida suv ushlash xususiyatini harakterlaydi.
Asosgaadgeziyaningvasun’iytoshchidamliliginioshiruvchiqo‘shimchalar. Buning uchun polimer qo‘shimchalar, vinilatsetat sopolimerlari, etilen, stirol poliakrilat va boshqalar ishlatiladi. Quruq kukun yoki emulsiya ko‘p tarqalgan qo‘shimchadir.
Havonitortuvchiqo‘shimchalar(ko‘pikhosilqiluvchilar).Ular yuzaki – faol moddalar (YuFM) –sulfonol, neftni qayta ishlash maxsulotlari, sintetik yuvish vositalari va boshqalar.
Bog‘lovchi modda (to‘ldiruvchi) sarfini kamaytiruvchi qo‘shimchalar. Gipsli bog‘lovchi sarfini va qotishda deformatsiyalarni kamaytirish uchun tog‘ jinslari, sanoat chiqindilaridan olingan inert yoki sintetik qo‘shimchalar qo‘shiladi.
Maxsulotlarningsuvgachidamliligioshiruvchiqo‘shimchalar.Suvga chidamlilik – bu mahsulotlarning suvga to‘yingan holatida ham chidamlilikni saqlay olish xususiyatidir. Yumshash koeffitsienti quyidagi formala bilan ifodalanadi:
bu yerda, va – suvga to‘yingan va quruq holatda mustahkamlik chegaralari.
Gipsli material va mahsulotlar suvga chidamsiz bo‘lib, yumshash koeffitsienti 0,3 dan 0,5 gacha o‘zgaradi. Bu yuqori integral g‘ovaklilik va suvga gipsning nisbatan yuqori eruvchanligi bilan bog‘liq hisoblanadi. Gipsli material va maxsulotlarning yumshash koeffitsientini oshirishning ikki usuli qo‘llaniladi.
Suvga chidamlilikni kimyoviy qo‘shimchalar – borat ammoniy, shavel, stearin kislota va uning tuzlari, gidrooksid bariy, sintetik yog‘li kislotalar va boshqalarni qo‘shish bilan oshirish mumkin. Bunda suvda kam eruvchi moddalar hosil bo‘ladi (masalan, stearat kalsiy).