Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/33
tarix30.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#91468
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
II. 
RESPUBLIKAMIZ 
TIJORAT 
BANKLARIDA 
KREDIT 
PORTFELINI BOSHQARISH AMALIYOTINING TAHLILI 
2.1. O‘zbekiston tijorat banklarida kredit portfelini boshqarish tartibi 
va tahlili 
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida kredit portfelini boshqarish 
Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar asosida amalga 
oshiriladi. Markaziy bank tijorat banklarini unga taqdim qilgan hisobotlari orqali 
nazorat qiladi. 
Tijorat banklarining hisobotlari ularning aktivlari sifatining haqiqiy holatini 
aks ettirishi lozim. 
Hisobotlarning haqqoniy bo'lmasligi tijorat banki omonatchilari, kreditorlari 
va aktsiyadorlari, shuningdek Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarga 
nisbatan noqonuniy ish olib borilgan deb nazarda tutiladi hamda xavfsiz 
bo'lmagan, nosog‘lom bank amaliyoti deb hisoblanadi. 
Tijorat banki balansida va balansdan tashqari moddalarda yuritilayotgan 
muammoli aktivlarning ulushi jami aktivlarning o'n foizidan ortiq bo'lsa, Markaziy 
bank tomonidan tijorat banki ijro rahbariyatining malakasi Markaziy bank 
talablariga muvofiq emas deb topishga hamda tijorat banki Kengashi tomonidan 
bank faoliyati ustidan o'rnatilgan nazoratni yetarli emas deb hisoblanishiga asos 
bo'ladi. 
Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning 70 % idan 
ortiq bo'lishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish 
jarayonining bo'shligini bildiruvchi hamda daromadlilik darajasini pasayib 
ketganini ifodalovchi ko'rsatkich hisoblanadi. 
Tijorat banklarida daromad keltirmaydigan aktivlarning oshib ketishi 
bankning rentabellik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sirni ko‘rsatadi. Bu esa tijorat 
banki uchun xavfli holat hisoblanadi. Hatto ushbu jarayon bankning bankrot 
bo‘lishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. 
Yuqoridagi holat bo‘yicha AT „Aloqabank“ ning aktivlarini tahlil qiladigan 
bo‘lsak, bu holat quyidagicha ifodalanadi. 



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin