Kitobim oftobim tadbbir senariysi. 1-Boshlovchi: Assalom,elimning shaydolariga



Yüklə 39,36 Kb.
səhifə2/3
tarix29.03.2023
ölçüsü39,36 Kb.
#91014
1   2   3
Kitobim oftobim tadbbir senariysi. 1-Boshlovchi Assalom,elimnin

Markaziy Osiyoda ham kishilar o`z fikrlarini tosh sopol,suyak va boshqa materiallarda ifoda etganlar.
5- o`quvchi:Yildan- yilga asta – sekin kitobbosish ishlari takomillashib borgan.Avvallari kitoblar bosmaxonalarda harf terish mashinalarida terilardi.Endilikda bu ishni kompyuterla rbajaradi.
6- o`quvchi: Kitobimni qancha sevsam oz bo`lur,
Kitob desam ko`nglim bahor,yoz bo`lur.
Kitobimni desam,ko`klam,bahor,yoz,
Ko`klam,yozning umri lekin undan oz.
Tezda chaman yaprog`i ,so`lir,qurir,
Kitob chaman bo`stonim so`nmas bo`lur.
7- o`quvchi: Kitobimni oy,quyosh,yulduz desam,


Kitobimdek emas,ular o`ylasam.
Biri kunduz bo`lur- u tunda bo`lmas,
Biri tunda bo`lur-u kunduz bo`lmas.
Kitob esa tun- u kun o`zim bilan,
Aqlimni o`stiradi so`zi bilan.
Tanitadi mengahamma odamni,
Bildiradi,yer yuzi keng olamni.
8- o`quvchi: Javoningga qarab qo`y,
Qilar,yalt-yult kitoblar.
Har xonada ko`rk-obro`y
Gavhar jild-jild kitoblar.
Bamisoli keng dunyo,
Javon ichra joylashgan.
9- o`quvchi: Barcha o`lmas qahramon,
El-yurtlarga men oshno.
Armonlarim tarqalib,
Qonib o`qish bir odat,
Shu kitoblar orqali,
Ko`raman,baxt-saodat.
2-boshlovchi: Bir do`stki hech kimga bermaydi azob,
Uzoq sinab ko`rdim,bilsang,u kitob.
Sirni yashirmaydi u o`quvchisidan,
Xabar berarsenga yozuvchisidan.
Boshlovchi: Yaxshi kitob bilanmehribon ustoz,
Kishi uchun doim qiladi shodon,
Ulardan ichilgan oliy hayot suv,
Boqiy umr beradi kishiga har on.
Boshlovchi: Ha,bolajonlarkitobni ulug`lovchi bunday hikoyat,afsona, rivoyatlar juda ko`p.
1-o`quvchi:Hech kim sizga kitobchalik maslahat tanbeh bera olmaydi.U eng ishonchli do`st,mehrli va o`ta qattiqqo`l ustoz.U aytadi,ammo so`zini hech qachon qaytarib olmaydi.
1-O`quvchi: Kitobga oshno bo`lmagan odamdan har narsani kutish mumkin.Toshbag`ir, bemehr kimsalar kitobdan bebahra insonlardir.
2-o`quvchi:Kitob sovg`a qilgan odamdan yomonlik kutma.Bunday insonning qalbi osmondek buyukdir.
3-O`quvchi:Hayotni sevgan kishi kitobni sevadi.Zero, kitob hayot qomusi dardkash,hamsuhbat,kitob muallim,kitob ilhomchi,(Oqil bobo kirib keladi) Oqil bobo:Assalomu alaykum,mustaqil yurtimizning erkin,ozod,quvnoq sho`x- shodon o`g`il-qizlari! Bolalar:Xush kelibsiz,aziz bobojon.
Kimdan kim yoshligidan kitobni sevsa, u bilan do`st bo`lsa, kitob o`qishni har kungi odatiga aylantirsa,, o`qish madaniyati ko`nikmasini hosil qilib, uni tobora o`stirib borsa, unday kishi albattao`qimishli ,zukko inson bo`lib yetishadi. Oqilbobo:_Xo`sh,kitob madaniyati deganda nimalarni tushunish mumkin.Bularga bolajonlar,kitobni tanlay bilish, zarurini ,mustaqil o`qiy bilish, shoshilmasdan,diqqat,e`tibor bilan o`qish,o`qiganlarini,do`stlari bilan o`rtoqlashish,yaxshilarini do`stlariga tavsiya etish va boshqa qoidalar kiradi.Kitobni tartibli, maqsadli o`qish lozim.
Bolalar:Aytganlaringizga amal qilamiz,bobojon. Xo`sh bolajonlar kitobni qayerlarda o`qib bo`lmaydi.
1-o`quvchi: Ko`chada ketaturib,o`rinda yotgan holda,mashinada,ot-ulovda mutlaqo kitobo`qib bo`lmaydi.
2-o`quvchi:Dasturxon ustida ,yuvinish xonasida , hojatxonada mutolaa qilish qanchalik odobsizlik hisoblansa,uqmasdan o`qish ham unga shunchalik hurmatsizlikdir.
To`g`ri bolajonlar,kitob o`qish madaniyatini bilib olish va unga amal qilish har bir o`quvchining burchi hisoblanadi.
o`quvchi: Ko`p o`qigan ko`p bilar,
Deyishadi donolar.
Kitob – bilim manbai,
Kitob boylik sanalar.
Bilim olsang,o`qisang,
Adashmaysan yo`lingdan,
Kitob ishonchli hamroh,
Tutar doim qo`lingdan
Ma`rifatga tashnalik,
Ota-bobomdan meros,
Yuragimning to`rida,
Kitoblarga zo`r ixlos.
1-o`quvchi: O`tmishdan so`zlar mudom,
Qadri buyuk kutubxonam,
Sirlarimga sirdosh doim,
Jondan suyuk kutubxonam.
2-o`quvchi: Kutubxona aziz dargoh,
Kitobxonga mudom panoh, H
ikmatlarni qalbga joylab,
Allomalar bizga hamroh.
3-o`quvchi: Kutubxona egamiz,
Kitobxonlar onamiz.
Siz qalbimga yaqin sirdosh,
Har so`zingiz menga qo`ldosh.
Bergan asar, hikoyangiz,
Ertam uchun yo`lchi, yo`ldosh.
5-o`quvchi: Niyatimiz bo`ling omon,
Ko`zlaringiz ko`rmasin nam.
Mana shunday qizg`in damda,
Qutlug` bo`lsin sizga bayram.
1-boshlovchi: Odam uchun eng zarur narsalar nomus,izzat, hayo, kabi fazilatlar ilm-u – ma`rifat orqali kasb etiladi.Baxtning ham,rohatning ham ,boylikning ham asosiy negizi ilmdir.Ilmning asosini esa kitoblar tashkil qiladi
. 2-boshlovchi: Kitobning manzili esa kutubxona . Olim-u fozillarning martabasi shuning uchun ham balanddir.Zero ushbu yo`l bilan barchamizga nasib qilsin.Bu borada shoir Az-Ziyod shunday deydi:
1-boshlovchi: Kitob bilimning boshi,


Aql-u idrok quyoshi, Kitobda nurli iqbol,
O`qib topaman kamol.
Qadimda ota- bobolarimiz kitobni qo`llariga olganda,avval o`pib ko`zlariga surtganlar.Keyin ochib o`qiganlar.Bu ularning bizlarga bilim berding seni ko`z qorachig`idek asraymiz deganidir.Ajdodlarimiz kitobni muqaddas boylik deb bilganlar.Hissa: Kitob bilim bulog`i, O`quvchining o`rtog`i.
2-boshlovchi:Qani bu borada kitobning o`zi nima derkin(Sahnaga kitob ko`rinishida bir o`quvchi chiqadi.She`r o`qiydi)
Tanishaylik men kitob,
Asl bilimlarga kon
. Boylik beray behisob.
Bo`lsang agar qadrdon.
Lekin yirtib, burdalab,
Kamaytirma varag`im,
Sendan yana bir talab,
Iflos qilma hech yog`im.
Kitobda bilim lim - lim
O`qi qunt bilan do`stim,
Topmoq istasang kamol,
Oltin olma, kitob ol.
Tinmay o`qisang agar,
Ko`p narsani o`rgatar,
Bilsang yo`lingda oftob
Bilim koni bu kitob
. 2-boshlovchi: O`tgan zamonda bir podshoh vaziru ulamolarini yoniga chaqirib, ularga dunyoda eng zo`r va hamma narsadan xabar beruvchi narsa nima deb so`rabdi.Ulamolarning biri qilich desa ikkinchisi oynai jahon deya javob beribdi. _ Uch kun muhlat beraman,_ dedi ularning javobidan darg`azab podsho.Qo`shni podsholikda ta`rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashardi.
Vazir donishmandga podshohning savolini aytdi.Donishmand ikkilanmasdan _Kitob.Chunki kitob bilim beradi Dunyodagi qudratli narsa esa bilim dedi.
Men kitobni ochaman,
Kitob aqlimni ochar .
Men kitobni ochaman ,
G`aflat tun kabi qochar.
Men kitobni ochaman,
Kitob ochar dunyoni,


Men kitobni ochaman
Kitob ochar ziyoni.
Kitob qalbda mudragan
Tuyg`ularni qo`zg`atar.
Tong chog`i u onamday
Orzularni uyg`otar.
Hozir oquvchilarimiz sizlarga o`zida durdona fikrlar majmuini mujassamlashtirgan hikmatlardan namunalar aytib berishadi:
Bilimdan ortiq boylik yo`q.
Kitob bilim manbai
. Bilgan o`qir, bilmagan to`qir.
Avval o`rgan, keyin o`rgat.
Aqlning qayrog`i - bilim.
Ilm olsang dunyoda, aqling bo`lar ziyoda.
Kitob xazina, bilim boylik.
Bilim - baxt keltirar.
Kitob aql chirog`i.
Kitobdan yaxshi do`st yo`q.
Yaxshi kitob – misli oftob
. Olloh ato etgan donolik ham,ro`shnolik ham kitob orqali yetib boradi.
Kitob saodatga boshlovchi ,ezgulikka chorlovchi ,eng ilg`or,eng tojdor va nihoyatda eng yaqin hamkor ifoda nusxasi.
Kitob mushtariy uchun qalbdan samo,samodan sabo,dengizdan tomchi,hayotdan zarradir.
Kitobning xusuiyati shunday,u ham mehr uyg`otadi,ham nafrat qo`zg`atadi. Kitob o`qimaydigan odam, qoqiladigan odam.
Inson yashar - kitob yashar.
Kitobxon inson - bilimdon inson.
Oftobni olamga nur taratguvchi ne`mat deb bilsang,kitobni qalbga ziyo baxsh etguvchi ne`mat deb bil.
O`zingni qadrli deb bilsang, kitobni o`zingdan ham qadrliroq bil. Kitobni sevish - o`zligini sevish.
2-boshlovchi: Barcha mavjudotlar ichida eng oliysi insondir.U o`z odobi va ilmi,go`zal qalbi hamda mehnat bilan sharaf sohibidir. Orzularim bir jahon, Poydevor unga kitob. Hayotim yo`llarini, Yoritar nurli oftob
. 1-boshlovchi: Biz tarixan ulkan madaniyatga ega xalqning bilimi kuchli,ma`naviyati yuksak avlodimiz.Barkamollikka erishgan Najmiddin Kubro,Jaloliddin Manguberdi,Yusuf Xos Hojib,Alisher Navoiy,Abdulla Qodiriy,Cho`lpon kabi go`zal qalb sohiblari,aziz kitobxonlar vakilimiz. 2
-boshlovchi:Kitob sehrli olam.Unga bir sho`ng`isang,qachon chiqib ketishingni bilmaysan.Inson kitob bilan do`st tutinar ekan,u hech qachon to`g`ri yo`ldan adashmaydi.Kitob tufayligina inson olamga boshqacha ko`z bilan qaraydi.Har bir insonning o`z sevimli kitobi va yozuvchisi bo`ladi.Kitob saodat topish uchun o`qilmaydi.Kitob o`zi bir saodatdir.
Kitob ochdi menga dunyo eshigin,
O`rgatdi ,u menga neligin ijod.
Tarixni o`qidim, ko`rdim kelajak, “Alifbe”ni o`qidim chiqardim savod.
1-boshlovchi:”Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilm-u - donishning asosidir,hayotni o`rgatuvchi murabbiydir”, degan edi buyuk sarkarda bobomiz Amir Temur. Kitob haqida donolarimiz deydilar:
1.Kitob sehrgar.Udunyoniqaytaquradi.Undaodamzodningaqlimujassam.Ukishiliktafakkuriningustuni.Kitobsizolam – yovvoyilar olami.
2.Kitoblarjonsiz,ammo sodiq do`stlardir.
3.Hayotda sening aqlli bo`lishingga beminnat xizmat qiladigan ulug` ustoz - kitobdir. 1 – boshlovchi:Endi navbat qiziqarli ma`lumotlarga asoslangan “Bilasizmi” sahifasiga. 1.Tib ilmining buyuk namoyondasi Ibn Sino bobomiz butun umri davomida ijod, ilm-u tadqiqot bilan shug`ullanib,276 ta kitob yozib qoldirgan.Uning kitoblari asosan ilmiy-tahliliy asarlardir.
2.Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanayotgan qo`lyozma dunyodagi engqadimiy kitob hisoblanadi.Hikmatlar yig`indisidan iborat bu kitob, qadimda Xiva shahrida eramizdan 2600 yil avval topilgan.
3.Nyu – Yorkdagi muzeylardan birida bo`yi 3 metr, qalinligi 1 metr, og`irligi esa 25 kg keladigan dunyodagi eng katta kitob saqlanmoqda.
4.”Tib qonunlari” kitobi 12,14 –asrlaroralig`ida 40 marta nashr qilingan.Bu kitobga hozir ham ehtiyoj katta.
5.Eng ko`p jildli kitob fransuz 
Yüklə 39,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin