To‘g‘on qoplamasiga beton qorishmasini joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish To‘g‘on qoplamasiga beton qorishmasini joylashtirish qurilish bloklari bo‘yicha bajariladi. Qoplamani qurilish bloklariga bo‘lishni amalga oshiramiz. Birinchi, to‘g‘on o‘qi va gorizontallarni kesishgan nuqtalarida to‘g‘on balandligi bo‘yicha qoplamani bo‘lamiz. Keyin hosil bo‘lgan kartalarni beton ishlari jadalligi , qoplama qalinligi va bitta blokka betonni joylashtirish vaqti (2,4,6,8 soat)ni hisobga olgan holda bloklarga bo‘lamiz.
Beton qorishmasi qurilish blokiga qovg‘ada o‘rmalovchi kran yordamida uzatiladi. Qovg‘a avtosamosvalda keltirilgan beton unga bo‘shatilishini hmsobga olgan xolda qabul qilinadi.
Kranning yuk ko‘tarish xartum chiqishi da quyidagiga teng bo‘ladi:
> 0,5+4,41 = 4,91 t
Bu yerda: – 0,5 qovg‘a og‘irligi, t.
4,5*0,98 = 4,41 – qovg‘ada beton og‘irligi, t.
Qabul qilingan kran uchun rusumi va texnik tavsifnomasi ko‘rsatilsin.
O‘rmalovchi kranlarning texnik tavsifnomasi
№
Ko‘rsatkichlari
MKG-25BR
1
Asosiy xartum uzunligi, m
10
2
Asosiy ilgichning chiqishi, m:
Eng kichik
Eng katta
4
10
3
Asosiy ilgichning yuk ko‘tarish qobiliyati, t:
Eng kichik chiqishda
Eng katta chiqishda
16
4
4
Asosiy dvigatel quvvati, kVt
55,3
5
Gabarit o‘lchamlari m:
O‘rmalovchi jixoz uzunligi
Kengligi
Balandligi
Uzunligi