Kirish. Mexatronikaning asosiy tushunchalari

Yüklə 105,46 Kb.
tarix03.05.2023
ölçüsü105,46 Kb.
#106763
Kuchli elektron qurilmalar faniga kirish

1-ma’ruza “Kuchli elektron qurilmalar” faniga kirish

Reja:

Reja:

1. Elektronikaning rivojlanish davrlari

2. Kuchli elektron qurilmalar vazifalari

Hozirgi zamon fani va texnikasining taraqqiyotini asosini elektronika taraqqiyoti tashkil qiladi. Hozirgi davrda ishlab chiqarishning biror bir sohasini elektronikasiz tassavur qilish juda qiyin. Bu hol hozirgi zamon elektronika ishlab chiqarishning rivojlanishiga olib keldi va ishlab chiqariladigan mahsulotlar juda arzon, mustahkam va texnologik jihatdan juda qulay bo’lganligi sabablidir.

Hozirgi davrda ishlab chiqariladigan mahsulotlar funktsional qismlari shu qadar umumiylashtirilganki agar biror o’lchov asbobi yoki kerakli qurilma tayyorlamoqchi bo’lsangiz kerakli integral mikrosxemalarni tanlab o’zaro mutanosibligini tanlashni o’zi kifoya qiladi xolos.

Element bazasining tashkil topishiga qarab hozirgi zamon elektronikasini taraqqiyotini to’rt asosiy davrga bo’lish mumkin:

Element bazasining tashkil topishiga qarab hozirgi zamon elektronikasini taraqqiyotini to’rt asosiy davrga bo’lish mumkin:

Birinchi davr (1904 - 1950 yillar) – element bazasining elektron lampalar, elektron - vakumli trubkalar va gazorazryad indikatorlaridan tashkil topkanligi bilan xarakterlidir.

Ikkinchi davr (1950 - 60 yillar) element bazasining yarim o’tkazgichli asboblardan (diodlar, tranzistorlar, tiristorlar) tashkil topganligi bilan xarakterlidir.

Uchinchi davr (1960 - 80 yillar) har xil murakkablikdagi integral mikorsxemalarning paydo bo’lishi va ularning element bazasining yarim o’tkazgichli asboblardan (diodlar, tranzistorlar, tiristorlar) tashkil topkanligi bilan xarakterlidir.

To’rtinchi davr (1980 yildan) mikroelektronikaning juda katta sur’atlarda rivojlanishi, katta hajmdagi integral mikrosxemalarning paydo bo’lishi, va ularning kichik hajmli, o’ta tejamkorligi bilan xarakterlanadi.

XX asrning 80- yillarida yagona asosga joylashtirilgan yuza va undan ko’proq mikroelementlardan tuzilgan integral mikrosxemalarning ixtiro qilinishi fan va taraqqiyotida haqiqiy inqilobiy hodisa bo’ldi. Integral sxemalarning yuqori ishonchliligi, tezkorligi, kichik massaliligi, kam energiya talab etishi va kichik hajmda bir necha milliongacha elementlarni joylashtirish imkoniyati ularni barcha zamonaviy texnik uskunalarda qo’llash uchun sharoit yaratdi.

Talab etilayotgan va ishlab chiqarilayotgan elektroenergiya turiga qarab uni o’zgartirish zaruriyati tug’iladi. Elektroenergiyani o’zgartirishni asosiy turlari quyidagilar:
  • To’g’rilash (o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirish);
  • Invertlash (o’zgarmas tokni o’zgaruvchan tokka aylantirish);
  • Chastotani o’zgartirish (bir chastotadagi o’zgaruvchan tokni boshqa chastotadagi o’zgaruvchan tokka o’zgartirish).

Kuch elektronikasi tok va kuchlanish oqimini boshqarish va uni qo’llaniladigan yuklamalarga mos keladigan shaklga o'tkazish jarayonini nazarda tutadi. Eng kerakli kuch elektron tizim bu 100% effektivlikni va ishonchlilikni tashkil etuvchi tizimdir.
Quyidagi blok-sxema kuch elektron tizimning komponentlarini va ular orasidagi bog’lanishni ko’rsatadi.

Kuch elektron tizimi elektr energiyani bir formadan boshqa formaga o’zgartiradi va quyidagilarni ta’minlaydi:

Kuch elektron tizimi elektr energiyani bir formadan boshqa formaga o’zgartiradi va quyidagilarni ta’minlaydi:

  • Maksimal effektivlik
  • Maksimal ishonchlilik
  • Maksimal darajada foydalanish
  • Minimal tannarx
  • Minimal massa
  • Minimal hajm

Yüklə 105,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin