1-Variant
1. Orbital qiymatini qaysi kvant soni belgilaydi?
2. Beshinchi energetik pog'onada beshta yarimpog'onalar mavjud, beshinchi yarimpog'ona d bo'lib unda ko'pi bilan nechta elektron joylanishi mumkin?
3. Birinchi yarimpog'onada yettita elektron bo'lsa uni sxema orqali yozing.
O'qituvchi ikkinchi darsni ma'ruza suhbat uslubida qo'llaydi. Elektronlarning pog'onalar, yarimpog'onalar va orbitalda joylanishi ma'lum qonuniyatlar orqali borishini tushuntirish kerak. Bunda magnit doskasi orqali pog'onalar to'lishini misollar bilan o'quvchilar yordamida bajarish kerak (vodorod, litiy, bor, neon, natriy va oltingugurt misolida).
d-yarimpog'onanning to'ldirilishi bir davr keyin bo'lishini aytib o'tish kerak, ya'ni d-yarimpog'onanning uchinchi energetik pog'onasi to'lishi to'rtinchi davr elementlarida bo'ladi, d-yarimpog'onanning to'rtinchi energetik pog'ona to'lishi beshinchi davr elementlarida bo'ladi va hokazo. Bu holatlarni yana qaytarish uchun magnit doskasida (Ca, Ti, Mn, Fe) atomlar elektron qavatlari to'ldirilsa yomon bo'lmaydi.
f-yarimpog'ona to'ldirilishi ikkita davrga kech keladi. Masalan f-yarimpog'ona to'rtinchi energetik pog'onada oltinchi davr elementlarida to'ldiriladi. Shunga o'xshab f-yarimpog'ona beshinchi energetik pog'onasi yettinchi davr elementlarida to'ldiriladi. Shu vaqtda quyidagi jadval ekranda ko'rsatilsa yaxshi bo'ladi:
Energetik pog'ona va yarimpog'onalarning elektronlar bilan to'lish tartibi
Element joylashgan davr
|
Quyidagi tartibda yarimpog’onalar to’ldiriladi
|
s
|
f
|
D
|
P
| |
Dostları ilə paylaş: |