Kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə52/61
tarix09.12.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#73307
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
dokumen.tips 1-mavzu-kirish-kimyo-oqitish-metodikasi-fani-vazifalari

2-Variant.
1. Oddiy va murakkab moddalarga misol keltiring
2. Qanday moddalar aralashma hisoblanadi
3. Quyidagi elementlar: temir, kislorod, fosfor, magniy, qalay kimyoviy belgilarini yozing.
3-Variant.
1. Parchalanish reaksiyasiga misol keltiring
2. Atom bu nima?
3. Kimyoviy belgilar Mg, Na, C, Cl, Cu, N bo'lgan elementlar nomini yozing.
4-Variant.
1. Birikish reaksiyasiga misol keltiring
2. Kimyoviy formula bu nima?
3. Quyidagi elementlar natriy, kumush, kremniy, qo'rg'oshin, kaliy, simob kimyoviy belgilarini yozing.

Shu varaqlarga qo'shimcha diktant yozdirish mumkin.


Masalan: Quyidagi moddalar formulalarini yozing:
vodorod, vodorod xlorid, simob oksid, qo'rg'oshin, osh tuzi, natriy, fosfor, kremniy, temir(II)-sul'fid, havo, loy, sut, suv, qon, oltingugurt, shisha.
Shulardan oddiy moddalar ostiga bir marta, aralashmalar ostiga ikki marta, murakkab moddalar ostiga uch marta chizing deyiladi. Diktant va tezkor tekshiruv varaqlari yechilgach, o'quvchilarga krossvordlar bajarish taklif etiladi.
Moddaning tarkibi o'zgarishi bilan sodir bo'ladigan hodisalarga qanday hodisalar deyiladi?
Bu savolga javobni o'quvchilar quyidagi raqamlangan katakchalarga mos to'ldirishlari kerak:

1

2

3

4

5

6

2

4




7

5

8

2

9

10

11

10

12

K

I

M

Y

O

V

I

Y




X

O

D

I

S

A

L

A

R

Demak endilikdagi kataklardagi sonlar tegishli harf belgisi bo'lar ekan, ya'ni 1 bu K; 2 bu I; 3 bu M va xokazo. Buni yaxshiroq o'zlashtirish uchun quyidagicha yangi savol beriladi:
Moddalarni yuqori temperaturada qizdirishda ishlatiladigan chinni idishlardan biri?

13

14

2

15

15

2




16

2

17

18

11

C

H

I

N

N

I




T

I

G

E

L

O'quvchilar bilan birgalikda birinchi bosqichda yechilgan ikkala krossvordlardan foydalanib yangi krossvordlar tuzish va yechish mumkin. Masalan elementlar nomini yuqorida yechilgan krossvordlarda mavjud bo'lgan raqamlar yordamida hosil qilinglar deb o'quvchilarga vazifa beriladi:

1

1

11

12

2

6




7

6

8

9


























































2

7

12

8

13







8

3

2

10


























































3

3

11

17

15

2

6

9

1

2

10

12

8

13

8

9











































4

16

18

3

2

13




10

5

8

9

8

13

8

9














































5

12

2

16

2

6




11

1

13

18

3

15

2

6














































6

8

12

16

2

15




12

15

2

1

1

18

12

















































Bu krosvordlarni yechish bilan o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishini orttirish va mustaqil ishlashga o'rgatish mumkin. Bundan tashqari, bunday krosvordlarni tuzishni o'quvchilarning o'zlariga ham mustaqil ishlash uchun berish
mumkin.
KIMYOVIY TUSHUNCHALAR HOSIL QILISH.
Kimyo o'qitish jarayonida o'quvchilarning umumlashtirilgan bilim va tushunish shakli tushunchalar orqali bo'ladi. Tushunchalar: element, modda, kimyoviy reaksiya, kimyoviy qonuniyatlar bo'lishi mumkin.
Kimyo o'qitishning asosiy vazifasi kimyoviy qonunlarni va o'zgarishlarni tushuntirishdir. Bunda asosan ko'rish, fikrlash va tasvirlash rol o'ynaydi. Birinchi tushunchalar maktabda tajriba orqali o'rganiladi, keyin esa ularning sifat va miqdoriy o'zgarishlari o'rganiladi. Kimyoviy tushunchalarni mukamallashtirish uchun moddalarning sifat o'zgarishlariga xarakteristika va reaksiyalarga e'tibor berish kerak, bu yerda stexiometrik qonuniyatlarga e'tibor berish kerak. Kimyoviy tushunchalar nazariy va emperik bo'ladi. Metodist kimyogarlar quyidagilarni taklif etadilar.
Element haqida tushuncha: Atom, elementning davriy jadvaldagi o'rni, element belgilari va xossalari, element birikish shakllari va xokazo. Modda haqida tushuncha:moddalar tarkibi, tuzilishi, xossasi, ishlatilishi, tarqalishi va hosil bo'lishi, ularni aniqlash, moddalar klassifikatsiyasi. Dispers sistemalar va holatlar tushunchasi toza modda va aralashmalar, faza holatlar, eruvchanlik va dissoziatsiya, erituvchilar, qotishmalar, muvozanat kiradi. Kimyoviy reaksiyalar tushunchalari energetikasi haqida ko'rsatkichlar, mexanizmlar, tezlik, tiplar va kimyoviy reaksiyalar xillari kiradi. Kimyoviy bog'liqliklar va o'zaro bog'liqligi. Stexiometrik qonuniyatlar, tuzilish va struktura bog'liqligi, moddalar va zarrachalar xossalarining tuzilishga bog'liqligi, kimyoda analogiya va gomologiya, elementlarning tabiatda aylanishi.
Kimyoviy bilish va o'quv faoliyati ko'pincha o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga bogliq. O'qituvchi tushunchalarni o'rgatishda o'quvchilar faoliyatiga raxbarlik qiladi. O'quvchilar esa tushunchalarni o'rganib, ularni amaliyotda qo'llashi kerak.
8 sinfda moddalarning elektron tuzilishi qonunlari qaraladi (kimyoviy bog'lar fizikadan ilgari o'tilgandir). Kimyoviy bog'larni chuqurroq bilish kvant-mexanik elementlar ham kiritiladi, bog'larni hosil bo'lish mexanizmlariga e'tibor beriladi.
Butlerov tuzilish nazariyasi qoidasini aytgach u elektron va fazoviy tushunchalar bilan boyitiladi, fazodagi o'rni uglevodorodlarda, gibridlanish va molekula geometriyasi tushunchalari ham berib turiladi. Galogen kislorodli moddalar misollarda atomlarning molekulasidagi o'zaro ta'siri ham ochiladi, moddalar strukturasi tushunchasi kengaytirilib geometrik izomeriya orqali moddalarning xossalarining tuzilishga bog'liqligi tushuntiriladi.
Keyinchalik termokimyo, kimyoviy reaksiya kinetikasi, elektrolitik dissoziaziyalar o'rgatiladi. Oxirgi umumlashtirish darslarida davriy qonun va yetakchi nazariyalar orqali umumiy bilimlarning klassifikaziyasi o'tqaziladi.
Kimyoni o'rgatishda quyidagilarga e'tibor beriladi:

  1. Kimyoviy elementlar haqida umumiy bilimlar sistemasi, ularning hosil qilgan birikmalar va ularning o'zgarishi, ayrim kimyoviy o'ziga xosligi, kimyoviy bilimni bilishda atrof muhit va ularning qonunlarini o'rganish.

  2. Tabiatning kimyoviy surati uni ilmiy materialistik bilimlar asosida bilish.

  3. Kimyoviy texnologiya va sanoatning asosiy komponentlari, politexnik tarbiya.

  4. Mamlakatni kimyolashtirish, sanoat va fan orasidagi bog'liqlikni tushuntirish.

  5. Kimyoviy reaksiyalar, modellashtirish, tahlil va sintezlar. Fan tilida gapirish, kimyoviy laboratoriyalarda tajriba va operatsiyalarni bilish, o'quvchilarni mehnatga tayyorlash.

8 sinfda yilning o'rtasiga borib nazariy, abstraktiv fikrlar berilishi kerak bo'ladi, bu vaqtda nazariya va amaliyot, hamda uyinli darslar orqali dars o'tqazish kerak. Ko'pincha o'quv jarayoni asta-sekinlik bilan murakkablashtirib borish kerak, o'quvchilarda mustaqil ishlashga, qiziquvchanlikka hamda faollikka undash kerak.
Tayanch iboralar:
Metallar, metalmaslar, davriy qonun, galogenlar, azot, uglerod podgruppasi.


Tekshiruv savollari:
1. Metallar va metalmaslarni xossalarini farqlang.
2. “Galogenlar”, ”Azot podgruppasi”, ”Uqlerod podgrurrasi”, ”Metallarning umumiy xossalari” mavzularini echish uslublariga misollar keltiring.


Adadiyotlar:
1. I.N.Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. N. 1966 y.
2. Yosh ximik enziklopedik lugat. N. 1990 y
3. NVO’MOI. Ibrat 1-5. N. 1991 y.
4. Yu.V.Pletner, V.S.Polosin. Ximiya o’qitish metodikasidan praktikum. N. 1981 y.
5. V.I.Sushko. Maktabda kimyo. T. 1991 y.


16-MAVZU: o'rta maktab kimyo kursida davriy qonun va d.i.mendeleev elementlar davriy jadvali. atomlar tuzilishini jadval va sistema orqali tushuntirish.


REJA :



  1. Davriy qonun va elementlar davriy jadvali mavzusini yoritish metodikasi.

  2. s, p, d, f qavatlari, atom haqidagi tushunchani davriy qonun va jadvalga asoslanib yoritish.

Asosan dars berish bilim berish, tarbiyalash va bilimni rivojlantirish aspektlariga asoslangan. Bilim berish aspekti:bu tabiat qonuni, hamda kimyoni o'rganishning metodik asosi, hamda kimyoni o'rgatish uslubidir. Hozirgi vaqtda kimyoning qaysi qismini qaramasak uning asosida davriy qonun turadi. Uning o'rta maktab kimyosida o'rganilishi to'g'ri rejalashtirilgan, u oldin ham emas, kech ham emas. Kimyo dasturida bilim olishga tegishli talablar birinchidir. Mavzuni boshlashdan oldin o'qituvchi oldingi o'tilganlarni o'quvchilarga eslatadi, chunki "davriy qonun va elementlar davriy jadvali" umumlashtiruvchi xarakterga ega. Shu sababli quyidagi bilimlar qaytariladi:



  1. Kimyoviy element atomi haqida tushuncha, uning nisbiy atom massasi, valentlik.

  2. Oddiy va murakkab modda haqida tushuncha.

  3. Kislorod kimyoviy element haqida tushuncha va valentligi.

  4. Vodorod elementi haqida va uning valentligi haqida tushuncha.

  5. Metall va metalmaslarning xossalari haqida umumiy tushuncha.

  6. Oksidlar haqida tushuncha (asosli va kislotali).

  7. Gidroksidlar haqida tushuncha

  8. Metallar, asosli oksidlar va asoslar, hamda metalmaslar, kislotali oksidlar, kislotalar orasidagi genetik bog'lanishlari haqidagi tushuncha.

Mavzu mazmunining tuzilishi dasturda asosan tarixiy-logik yaqinlashish orqali yozilgan. Boshlang'ich davrda D.I.Mendeleyev taklifi elementlar va moddalarning xossalarining elementlar atom og'irligiga bog'liqligiga asoslangan, keyinchalik element atomlari tuzilishiga bog'liqligi asos qilingan. Bunday yondoshish, birinchidan o'quvchilarning izlanuvchanligiga sharoit tug'diradi, o'quv jarayonini faollashtiradi. Maktab dasturida mazmunning quyidagi tuzilishi asos qilib olingan.
Birinchidan, o'quvchilarga yetmayotgan bilimlar beriladi, bu esa davriylik hodisasini tushunishga yordam berishi kerak. Metallar va metalmaslar bilimlari umumlashtiriladi, galogenlar (metalmaslar) misolida amfoterlik va bir-biriga o'xshash gruppalar, hamda ishqoriy metallar va inert elementlar umumlashtiriladi.
Keyingi etap - atom massasi o'sishi bilan qatorda joylashgan elementlar xossalarining davriy ravishda qaytarilishi tahlil qilinadi va Mendeleyev taklif etgan qonuniyat tushuntiriladi.
Keyingi etap - tuzilishi o'rganiladi va olingan bilimlarni davriylik hodisasi bilan bog'lanishligi ko'rsatiladi.
Keyin oldingi ikki bosqichda olingan bilimlar materiali davriy sistema strukturalariga asoslanib chuqur sintez qilinadi, shu davriy jadval asosida elementlar va ularning birikmalarining xossalarini bashorat qilishga o'rgatiladi.
Mavzu oxirida Mendeleyev hayoti va ilmiy ishlari qarab chiqiladi.
Mendeleyev o'zining qonuniyatlariga ayrim elementlar xossalarini yig'ib, bir xil xossalarini aniqlab va ayrim gruppalarga joylab taklif etadi. Oldin u ma'lum elementlarni oltita gruppaga bo'ldi

- Ca=40 Sr=87,6 Ba=137


Na=23 K =39 Re=85, 4 Cs=133
F =13 Cl=35,5 Br=80 J=127
O =16 S =32 Se=79, 4 Te=128
N =14 P =31 As=75 Sb=122
C =12 Si=28 - Sn=118

Bu bosqichni tushuntirish uchun qisqa tabiiy ishqoriy metallar, galogenlar va inert elementlar xarakteristikalari kiritiladi. Elementlar atom massalari og'irligini oshishi bo'yicha joylashtirilgach, ular tartib bilan nomerlanadi va tartib nomerlarining fizikoviy ma'nosini anglatadi. Ayrim elementlarning nisbiy atom massalarining og'irliklarining nisbatan buzilishiga qarab chiqilgach, izotoplar qarab chiqiladi. Faqat shundan keyin davriy jadval strukturasi davriy qonunning grafik tuzilishi orqali o'rgatiladi. Shundan keyin hamma davriy jadvaldagi qonuniyatlar atomlarning tuzilishi nazariyasi orqali o'rganiladi.


Davriy jadvaldan foydalanib, o'quvchilar elementlar va oddiy moddalar xossalarini o'zaro solishtiradilar, yuqori oksidlar va gidrooksidlar formulalar tuza ola boshlaydilar, ularning xossalarini bashorat qiladilar, uchuvchan vodorodli birikmalarining formulalarini tuzadilar, hamda davriy jadvalga asoslanib genetik reaksiyalar tenglamalari yozilishi mumkin.
Bilimi mustahkam bo'lgan o'quvchilar mustaqil ish vaqtida dasturlashgan qo'llanmalarni ham yecha boshlaydilar. Davriy qonunni yaxshi o'zlashtirish uchun har xil qiziqarli masalalar bashorat etuvchi xarakterli masalalar ham taklif etiladi.
Mavzuning tarbiyalovchi aspekti. O'quvchilar bu mavzu yordamida fan va sanoatdagi ahamiyatini tushunishi kerak, kimyoviy elementlar va moddalar material birligi o'rganiladi, sifat o'zgarishini miqdoriy o'zgarishi yo'nalishi beriladi. Mendeleyev hayoti ham bolalarda olim mehnati haqida fikr bera oladi. Shu vaqtda o'qituvchi olim hamkasblari xotiralarini, davriy qonuniyat ochilishi haqida so'zlashi kerak. Bu tushuntirilgan qonun tabiat qonuni ekanligi va ko'pgina izlanishlar, katta mehnat orqali ochilganini aytish kerak. Bunda asos bu davriy qonun, uning grafikadagi asosi bu davriy jadval ekanligini aytish kerak. D.I.Mendeleyev qoldirgan boyliklar, asarlar darsdan tashqari ishlarda qarab chiqilsa yaxshi bo'lar edi.
Davriy qonunni o'rganish problemali yondoshish orqali o'tqaziladi. Birinchi etapda elementlar metall va metalmasga bo'linadi, ayrim elementlarni aniqlashda xossalari ham tekshiriladi. Ikkinchi etap metalldan metalmasga o'tishi, inert gazlarga o'tish, ayrim atom og'irliklarini o'zgarishi, argon-kaliy sabablari aytiladi. Uchinchi etap gruppalar ichidagi qo'shimcha gruppalar tushuntiriladi. To'rtinchi bosqich davriylik haqidagi bilimlar rivojlantiriladi.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin