Kirish I. Bob. Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy siyosati


Mutaxassislar e’tiborini quyidagi dolzarb vazifalarga qaratishni istardik



Yüklə 137,5 Kb.
səhifə10/11
tarix17.05.2023
ölçüsü137,5 Kb.
#115607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy siyosat sohasidagi tajriba va O’zbekistonda ulardan foydalanish yo’llari.

Mutaxassislar e’tiborini quyidagi dolzarb vazifalarga qaratishni istardik:
mehnat va ijtimoiy munosabatlarni alohida tartibga solishga yo‘naltirilgan mehnat qonunchiligini yanada takomillashtirish;
mehnat sohasidagi asos soluvchi tamoyillar va huquqlarni 40 soatlik ish haftasi, yillik haq to‘lanadigan ta’til, onalikni muhofaza qilish va migrant mehnatkashlarning asosiy huquqlarini himoyalashni kiritish bilan kengaytirish;
transmilliy korporatsiyalar xodimlariga bir xil qiymatga ega bo‘lgan mehnat uchun teng haq to‘lash tamoyiliga rioya qilish;
mehnatni ilmiy asoslangan me’yorlashtirishni qayta tiklash;
XMT vakolatini inobatga olib, mehnat sohasini boshqarishda boshqa xalqaro institutlar rolini qayta ko‘rib chiqish, XMT doirasida nazorat mexanizmi va texnik hamkorlik imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish;
barcha uchun butun umri mobaynida (“bir umrlik ta’lim”) kasb ta’limiga ega bo‘lishni soddalashtirish;
mehnat sohasini boshqarishda davlat organlari, kasaba uyushmalari va uch tomonlama institutlar harakat sohasini aniq chegaralash;
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori standartlari, ish vaqti va dam olish vaqti me’yorlarini qat’iy nazorat qilish;
mehnat shartnomalarini digitalizatsiya qilishni joriy etish;
ijtimoiy himoyani noan’anaviy bandlikning barcha shakliga keng yoyish;
kasaba uyushmalari va ish beruvchilar uyushmalarining uch tomonlama tuzilmalardagi qonuniy vakilligi muammosini hal etish maqsadida mehnat sohasini boshqarish borasida ijtimoiy sheriklarning roli va o‘rnini qayta ko‘rib chiqish[7].
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, mehnatkashlar huquqlarini himoya qilish, ularga munosib turmush sharoiti yaratish bugungi dunyoning eng insonparvar qadriyatlaridan biriga aylandi. Oddiy odamlar orzu-istagi, dardu tashvishini o‘zida jamlagan bu ezgu qadriyat yangilanayotgan yurtimiz siyosati bilan hamohang ekanligi har birimizni quvontiradi, albatta.
O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. 
Muxtasar aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamkor tashkilotlar ishtirokida“Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi mohiyatida ham aynan shu muddao mujassam topgan.
Biz nimalarni maqsad qilmoqdamiz? Eng avvalo, Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni rejalashtirmoqdamiz.
Maqsadga ko‘ra, mazkur anjuman ijtimoiy-mehnat masalalarini hal etishda bevosita qatnashayotgan ishtirokchilarning taklif va mulohazalari hamda tajribalarini konstruktiv muhokama qilish, o‘zaro fikr almashishlari uchun xalqaro platforma vazifasini o‘taydi. Bu format shak-shubhasiz,O‘zbekistonning ochiqligini, faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro va chet el tajribalarini o‘rganish asosida aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha vazifalarni hal etishga tayyorligini ham namoyish etadi.
Shuni alohida aytish kerakki, mazkur g‘oya Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT), Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (XKK), Umumevropa kasaba uyushmalari mintaqaviy kengashi (UYEKUHK), Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Va uning ishida mazkur tashkilotlar mutasaddilari, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiyot va huquq sohasidagi milliy va chet ellik ekspertlar qatnashishi kutilayotir[12].
Forum o‘z dasturida mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar, ta’lim, ijtimoiy infratuzilma, arzon uy-joylar, ish joylaridagi mehnat sharoitlari, davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchi hamkorligi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun ishtirokchilarning bevosita joylarga safar uyushtirilishini ham ko‘zda tutgan. Qolaversa, anjumanda yalpi majlislardan tashqari, aholining real daromadlari va bandligini izchil oshirish orqali faol ijtimoiy himoya, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘nalishidagi davlat tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholining yashash sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi arzon uy-joylar qurilishi, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish istiqbollari, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha munozaralari ham rejalashtirilgan.
Dasturda, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining mehnatkashlar faoliyati Byurosi (ACTRAV) shafeligida Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari yetakchilari uchrashuvi ham o‘tkaziladi[13].

Yüklə 137,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin