Kirish. Fanning maqsad va vazifalari, O’rganish obekti. Yer yuzi litosfera plitalari



Yüklə 18,43 Kb.
səhifə1/2
tarix11.05.2023
ölçüsü18,43 Kb.
#111597
  1   2
129564 1. KIRISH


    1. KIRISH. FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI, O’RGANISH OBEKTI. YER YUZI LITOSFERA PLITALARI

Tayanch so’z va iboralar: materik, qit’a, Yerning ichki energiyasi, vulkan konuslari, tabiiy resurs, dengizlar, litosfera plitalari, mantiya, vulkanlar va zilzilalar, Pangeya, Lavraziya, Gondvana.
Ma’lumki, eng qadimgi fanlardan biri hisoblanuvchi geografiya boshqa fanlar orasida o’zining o’rganish obekti sifatida geografik qobiq olinadi, uning ulkanligi, murakkabligi bilan alohida o’rin tutadi. Ilk bosqichlarda fanning maqsadi Yerning asosiy o’lchamlari, quruqlik va okeanlarning maydoni, Yer yuzasida ro’y beradigan har xil hodisa va voqealarni o’rganish bo’lsa, keyinchalik aniq ma’lumotlarning to’planib borishi bu hodisa va voqealarning vujudga kelish sababalarini aniqlash, shu asosda hududiy tabiiy geografik tizimlarning rivojlanishini baholash va bashorat etishga qaratiladi hamda shu yo’nalish asosiy vazifaga aylanadi.
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasining asosiy maqsadi, dialektik qonuniyatlarga tayangan holda Yer yuzasi tabiiy landshaftlarini o’rganish, ularning tarqalishi va shakllanishiga mahalliy, hududiy va planetar jarayonlar ta’sirini tahlil etish hisoblanadi. Tabiiy landshaftlar esa litosfera, gidrosfera va atmosferaning bir qismini o’z ichiga oluvchi geografik qobiqda shakllanadi va rivojlanadi. Geografik qobiqning tarkibiy qismlari doimo bir-biri bilan uzviy bog’langan va alohida bir butun yaxlit tizimni vujudga keltiradi. Bu muhitda qariyb hamma kimyoviy elementlarni uchratishimiz mumkin, shu yerda Quyoshning nuri issiqlik energiyasiga aylanadi. Yerning ichki energiyasi bilan birgalikda geografik qobiqdagi kimyoviy elementlar atomlarining harakatini (migrasiyasini) ta’minlaydi va ularning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishiga olib keladi. Bunday harakat doimo to’xtovsiz ro’y beradi va landshaftlarning dinamik holatini belgilab beradi. Bu jarayonni aniglab yetish hisobigagina tabiiy resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratiladi.
Ma’lumki, quruqlik materik va orollardan iborat. Yer po’stining kontinental tipdagi yirik bo’lagiga materik deyiladi. Uning asosiy qismi dengiz sathidan yuqorida materik sayozligi (shelf) esa dengiz sathidan pastda joylashgan. Geologik tuzilishi va shakllanish tarixiga qarab quruqlikda oltita materik yoki kontinent ajratiladi. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antraktida va Avstraliya. Shu bilan birga avval yangi kashf etilgan yerlar qit’alar deb yuritilgan. Shu bois qit’a nomlari: Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika, Antraktida va Avstraliya ham saqlanib qolgan.
Quruqliklarning materiklardan kichik qismlari, ya’ni hamma tomoni suv bilan o’ralgan quruqliklar orollar deb ataladi. Orollarning ko’pchiligi materik sayozligida joylashadi, materiklarning bir qismlari hisoblanadi va shu sababli materik orollari deb ham ataladi.
Okeanlardagi qirg’oqdan uzoqda joylashgan ko’pdan-ko’p mayda orollar okean ostidan otilib chiqqan vulkanlardan hosil bo’lgan, bunday orollar vulkan orollari deb ataladi. Issiq mintaqalarda vulkan konuslari va suv osti qirlari ustida marjon organizmlari to’planadi va marjon orollarini hosil qiladi. Vulkan va marjon orollari materik orollaridan farqli ravishda mustaqil orollar hisoblanadi.
Hozirgi geologik davrda materiklar va orollardan iborat barcha quruqlik maydoni 149 mln. km2 butun Yer yuzasi maydonining 29,2% ini tashkil etadi. Yer yuzasining 361 mln. km2 qismini yoki 70,8% ini Dunyo okeani ishg’ol qiladi.
Okean suvi quruqlik ichkarisiga kirib borib, dengiz, qo’ltiq va bo’g’izlarni hosil qiladi, bular o’z navbatida materiklardan yarim orol va orollarni ajratib turadi. Dengiz va qo’ltiq terminlarining ishlatilishi tarixiy sharoitlarga bog’liq ravishda juda xilma-xildir. Bir xil joyda uncha katta bo’lmagan suv havzalari dengiz deb ataladi, masalan, Marmar dengizi, boshqa bir joyda juda katta suvliklarni qo’ltiqlar deb ataladi, masalan, Meksika, Gudzon, Bengaliya, Karpentariya qo’ltiqlari. Ko’p hollarda katta ko’llarni ham dengiz deb yuritiladi, chunonchi Kaspiy, Orol, O’lik dengizlari va h.k.
Dengizlar materiklarga nisbatan joylashishi va okeanlar bilan tutashib turish xarakteriga qarab chekka, materik ichi qismidagi va o’rta dengizlarga bo’linadi. Chekka dengizlar okeanlar bilan katta masofada tutashgan bo’lib, undan orollar va yarim orollar orqali ajralib turadi, shuning uchun ham bunday dengizlar chegarasi shartli bo’ladi. Chekka dengizlarni materik sayozligida joylashgan dengizlarga (Barens, Kara, Laptevlar, Chukotka, Shimoliy, Sariq dengiz va h.k.) hamda materik yonbag’rida joylashgan dengizlarga (Sharqiy va Janubiy Osiyo dengizlari, Biskay qo’ltig’i, Bofort dengizi) bo’lishi mumkin.
“Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursi geografiya fanlari tizimidagi o’quv fani bo’lib, Yerning geografik qobig’i va tabiiy majmualarini o’rganadi. Bu kurs yer sharqidagi materiklar va okeanlarning tabiatini, uning tarkibiy qismlarini, ularda sodir bulayotgan tabiiy jarayonlarni o’zaro bir-biriga bog’liq holda o’rganadi. Shu bilan birgalikda bu kurs barcha materiklar va okeanlarning ularga tutash qismlari bo’lgan dengizlar va orollar bilan birgalikda o’rganiladi. Bunda quruqlikka asosiy e’tibor beriladi, okeanlar va dengizlar esa asosan ularning materiklar tabiiy sharoitining shakllanishidagi ahamiyati, aholining hayoti va faoliyatiga ta’sir nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.

Yüklə 18,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin