Kirish. Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi Ekologiya fanining maqsad va vazifalari Ekologik terminlar



Yüklə 25,47 Kb.
tarix30.09.2023
ölçüsü25,47 Kb.
#150486
1- Ma\'ruza Kirish Ekologiya fanining maqsad va vazifalari


1-mavzu: Kirish. Ekologiya fani, uning maqsad va vazifalari.


Reja



  1. Kirish. Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi

  2. Ekologiya fanining maqsad va vazifalari

  3. Ekologik terminlar

  4. Fanga doir adabiyotlar ro’yxati

Tabiat deyilganda biz o'zimizni o'rab turgan havo, suv, tuproq, tog' jinslari, o'simlik va hayvonotlardan iborat murakkab moddiy borliqni ko'z o'ngimizga keltiramiz. U insonning barcha moddiy va rna 'naviy ehtiyojlarini qondiruvchi yagona manba hisoblanadi. Bu jihatdan uni onaga qiyoslab, bejizga «Ona tabiat» deb ardoqlanmaydi. Hozir inson aqlzakovati tufayli yerdan bir necha milliard yorug'lik yiliga teng keladigan uzoqliklarni «ko'rayotgan» bo'lsa ham bizga rna 'Ium bo'lgan Olamda birortayam yer sayyorasining tabiatiga o'xshash tabiat va hayot shakli mavjudligi aniqlanmagan. Yer tabiati yagonaligini yaqqolroq tasavvur qilish oson bo'lishi uchun quyidagi rna 'lumotlarni keltiramiz. Hozirgi ilmiy ma'lumotlarga qaraganda biz bilgan olam (koinot) bir-biridan bie necha yorug'lik yiliga teng masofalarda joylashgan bie nechta galaktikalardan tashkil topgan. Bu galaktikalarning har biri necha-necha milliard yulduzlardan va boshqa fazoviy unsurlardan iborat ulkan tuzilmalardir. lumladan, bizning Quyoshimiz joylashgan «Somon yo'li» galaktikasida 150 milliarddan ziyod turli o'lchamlaedagi yulduzlar bo'lib, Quyosh undagi o'etacha kattalikdagi yulduzlardan biri hisoblanadi, xolos. Quyosh atrofidagi 9 ta sayyora va boshqa fazoviy jismlar bilan birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi. Bu sistemaning diametri 12 milliard kilometrga teng bo'lib, umumiy massasining 98-99 foizi quyoshda jamlangan. Bizning yer esa mana shu sistemaning o'rtacha kattalikdagi bitta sayyorasidir.
Tabiatning inson vajamiyat uchun ahamiyatijuda katta va turli-tumandir. Uni inson ehtiyojini qondirish jihatlariga qarab, iqtisodiy, ilmiy, sog'lomlashtirish, tarbiyaviy va estetik kabi ahamiyatlarini farqlash mumkin.
Iqtisodiy ahamiyati deyilganda undagi resurslardan (havo, tuproq, minerallar, o'simlik va hayvonlar) turli ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda asosiy moddiy manba sifatida foydalanish tushuniladi. Ma'lumki, inson vajamiyat ehtiyojlarini qondiruvchi barcha mahsulot va xomashyolar tabiiy manbalar hisobiga yaratiladi.
I1miy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, insonning barcha bilimlari negizida tabiat va undagi turli jarayonlarni kuzatish, o'rganish, tahlil etish va ainaliy xulosalar qilish yotadi.
Sog'lomlashtirish ahamiyati deyilganda sof tabiiy unsurlar (musaffo havo, toza suv, unumdor tuproq, bahavo o'rmon)ning va shifo beruvchi tabiiy modda va jarayonlarning inson salomatligiga ijobiy ta'siri tushuniladi. Bundan qariyb ming yil avval yashab o'tgan buy uk o'tmishdoshimiz Abu Ali ibn Sino «Odamlar salomatligi tashqi sharoit bilan chambarchas bog'langan» deganda tabiatni aynan shu xususiyatini nazarda tutgan bo'lishiga shubha qilmasa ham bo'ladi.
Tarbiyaviy ahamiyati deyilganda sof haqiqiy tabiatni kishilarda oliyjanoblik, xushfe'lIik, bag'rikenglik, vatanparvarlik, ulug'vorlik, muloyimlik kabi axloqiy xislatlarni uyg'otish va shakllantirish xususiyatlari tushuniladi. Tabiat qo'ynida yoki teztez u bilan birga bo'lish insonlarning yoshidan qat'i nazar ularda insoniy fazilatlarning kamol topishiga yordam beradi. Jamiyatda kuzatiladigan ruhiy qashshoqlik, loqaydlik, qo'pollik,jahldorlik, rahm-shafqatsizlik, vahshiylik kabi illatlarning avj olish sabablaridan biri ham kishilarni sun'iy (texnogen) muhitga tushib, tabiatdan ajralib qolganliklaridandir.
Tabiatning estetik ahamiyati beqiyosdir. Insondagi barcha go'zallik, mukammallik, musiqa, tasviriy san'at, kuy-navo hislari va ularga bo'lgan ehtiyojlarining negizida tabiat yotadi. Tabiatdagi yam-yashil vodiylar, zilol suvli buloq va soylar, purviqor tog'lar, bepoyon kengliklar, rang-barang gullar, xushovoz va chiroyli qushlar inson uchun faqat moddiy ne'matlar manbaigina emas, balki bitmas-tuganmas ijod, go'zallik, did va ruhiy quvvat manbaidirlar.
Ko'rinib turibdiki, inson ham jismonan, ham ruhan atroftabiiy muhit bilan uzviy bog'liq ekan. U tirik organizm sifatida o'z mavjudligini ta'minlash uchun doimo tabiat bilan modda, energiya va axborot almashib turishga majburdir. Bu degan so'z, inson tabiatni tarkibiy qismi sifatida u bilan birgalikda, uni ichida mavjud bo'la oladi demakdir. Insonning tabiatga ta'siri boshqa faol bo'lmagan mavjudotlar (o'simlik va hayvonot) ta'siriga nisbatan faol va xarakterijihatdan tubdan farq qiladi. Ya'ni, inson ongi tufayU tabiatni o'z ehtiyoji va maqsadiga muvofiq tarzda o'zgartirisb va moslashtiri h imkoniyatiga ega. Tabiat bilan bo'ladigan munosabatlarda insonga faollik va boshqa tirik mavjudotlar orasida yetakcbilik qilisb huquqini beruvchi omil inson ongi ijtimoiy muhitda, ya'ni jamiyatda shakllanadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib insonni ikkita ya 'ni ta biiy va ijtimoiy muhitlarning mahsuli bo lgan bioijtimoiy mavjudot deb atash mumkin. Insonda ham moddiy(tana) va ruhiy (ong) mohiyat mujassamJashgandir. U tirik mavjudot sifatida tabiat mahsuli, ongi tufayli esa ijtimoiy muhitUamiyat) mahsuli hisoblanadi. O'zlarining biologik xususiyatlari, ijtimoiy mavqelari va boshqa sharoitlariga ko'ra turlicha ongga ega bo'lgan kishilar birgalikda kishilikjamiyatini tashkil etadilar. Bundan ko'rinib turibdiki inson tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi bog'lovchi ko'prik vazifasini o'taydi. Bundan yana sbunday xulosa ham kelib chiqadiki inson tabiatni uzviy tarkibiy qismi bo'lganligi uchun ular tashkil etganjamiyat ham tabiatsiz mavjud bo'la olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, tabiat, inson va jamiyat yaxlit bir tizim sifatida faoliyat ko'rsatadilar hamda ular mazkur tizimning tarkibiy qismlari bo'lib hisoblanadilar. Mazkur o'rinda shuni ham esda tutish zarurki, tizimning komponentJaridan biri bo'lmish jarniyal ong tufayli moddiy borliqning eng oliy rivojlangan shakli hisoblanadi.
U bir qator o'ziga xos ichki ijtimoiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Mana shu qonuniyatlarni tizimning boshqa komponent(tabiat va inson)lari rivojiga to'siq bo'lmasligi ekologik jihatdan muhim ahamiya tga ega. Ma 'Iumki, har qanday tizimning barqarorligi komponentlarning o'zaro munosib ravisbda rivojlanishi va ular orasidagi munosabatlar muvozanatlashgan holatda bo'lishini taqozo etadi, aks holda tizim buziladi va asl xususiyatlarini yo'qotadi.
Yuqoridagilardan quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
• Yer sayyorasi va undagi tabiat hamda hayot shakli insonga ma'lum bo'lgan olamda yagonadir;
• tabiiy borliq inson va jamiyatning yagona moddiy negizidir;
• tabiat, inson va jamiyatni yaxlit tizim deb qarab, ularni birgalikda o'rganish zarur;
• bu tizimning biror-bir komponentidagi o'zgarish uning boshqa komponentlarida adekvat tarzdagi ijobiy yoki salbiy o'zgarishlarning yuz berishiga olib keladi.
Mavjud ilmiy manbalarga asoslanib, yer sayyorasi yoshini 4,7 rnlrd yil deb aytish mumkin. Mana shu o'tgan uzoq geologik davr mobaynida yerda o'ziga xos tabiat shakllangan.
Yer tabiatining evolutsion, spiralsimon tadrijiy taraqqiyoti bir necha bosqichlarga bo'linadi va ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega. Tabiatning shakllanishi, evolutsiyasi va asosiy xususiyatlarini o'rganish bilan bir qator tabiiy fanlar shug'ullanadi. Ekologiya fani nuqtayi nazaridan tabiat komponentlari orasidagi va ular ichidagi muvozanat qanday qaror topganligi hamda unijamiyatning tabiatga ta'siri kuchayib borayotgan hozirgi paytda qanday qilib saqlab turish mumkinligi asosiy ahamiyatga ega. Tabiatni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar havo, suv, tog' jinslari, o'simlik va hayvonotlar orasida va tabiatdagi turli modda va energiya almashinuvi jarayonlarida, uzoq geologik davrlar mobaynida o'ziga xos barqarorlik holati yuzaga kelgan. Tabiatdagi mana shu barqarorlik tabiiy yoki ekologik muvozanat deb ataladi. Yerning tabiati o'ziga xos ko'rsatkich va qonuniyatlarga ega bo'igan turli ichki va tashqi ta'sirlarga rna'lurn darajada bardosh bera oladigan murakkab funksional tizimdir. Bu tizimning tashkil etuvchilari, ya 'ni tabiatning tarkibiy qismlari doimo o'zgarish va rivojlanishda bo'lgani tufayli undagi muvozanat ham dinarnik holatda mavjud bo'la oladi.
Tabiatning nozikligi, garchi u ulkan tuzilma bo'lsa ham, unga ta'sir etishning osonligi aynan undagi mana shu muvozanat holati tufaylidir. Chunki, muvozanatdagi tizimni izdan chiqarish uchun uncha ko'p kuch talab etilmasligi hammaga o'rta maktab fizikasidan ayon. Tabiiy muvozanatning izdan chiqishi tabiatning buzilishi demakdir, uning izdan chiqishiga esa, ko'p hollarda insonning tabiatga ko'r-ko'rona, uzoqni ko'zlamay, tabiat qonunlarini mensimay tazyiq ko'rsatishi sabab bo'ladi. Inson o'zining biror-bir ehtiyojini qondirish maqsadida tabiatdan foydalanadi va shu jarayonda uning birorta yoki bir necha kornponentini o'zgartiradi, ko'pincha bu ta'sir jarayoni komponentlararo yoki ular ichidagi muvozanat holatini buzadi.
Demak, tabiat-inson-jamiyat o'ziga xos ichki qonuniyatlar asosida shakllangan tizim bo'lib, bu tizim ham muvozanat holatdagina eng barqaror bo'lishi mumkin. Hozirgi paytda tabiiy tizimdagi muvozanatning barqarorligi tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni qay darajada mutanosiblashganligi va o'zaro kelishilgan tarzda hal etilishi bilan belgilanadi. Demak qisqacha quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
• tabiatni tashkil etuvchi barcha tarkibiy qismlar va undagi jarayonlar o'zaro va ichki dinamik muvozanat holatdagina barqaror mavjud bo'la oladilar;
• bu muvozanat uzoq geologik jarayonlar ta'sirida qaror topgan;
• tabiatning nozikligi va unga ta'sir etishning osonligi, aynan shu muvozanat tufaylidir;
• muvozanatning izdan chiqarilishi uzoq davrlar mobaynida shakllangan tabiatni buzish demakdir. .
Ma'lum bo'ldiki, inson tabiatning tarkibiy qismi sifatida u bilan birgalikda yashaydi. Inson tabiatdan o'z manfaatlari yo'lida foydalanish jarayonida unga turli ta'sirlarni o'tkazadi. Masalan, ozuqa va xomashyo olish maqsadida ko'plab maydonlarda o'zi xohlagan ekinlarni yetishtiradi, yerlarni haydaydi, sug'oradi yoki turli sanoat ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun konlar ochadi. Insonning bunday ishlab chiqarish faoliyatlari turlarini sanab adog'iga yetish qiyin. Insonlar va ulardan tashkil topgan jamiyat mavjudligini taraqqiyotning moddiy negizi hisoblangan tabiatsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Inson tabiat ne'matlaridan va kuchlaridan foydalanuvchi hamda ularni boshqaruvchi kuch sifatida o'zini namoyon qiladi. Insonlarning tabiatga ta'siri boshqa tirik mavjudotlardan tubdan farq qiladi. Insondan boshqa barcha tirik organizmlarning tabiatga ta'siri oddiy tabiiy jarayonlardan iborat bo'lib, tabiat qonunlari orqali boshqariladi va tabiatga kuchli ta'sir ko'rsatmaydi. Insonlar esa ongi. tufayli tabiatga sezilarli ta'sir o'tkaza oladi. Tabiatga insonlarning turli ishlab chiqarish faoliyatlari natijasida o'tkazadigan ta 'sirlari antropogen ta'sirlar deyiladi. Insonning ishlab chiqarish faoliyati jamiyatda kechadi. Shundan kelib chiqib, tabiatga antropogen ta'sirni jamiyatning tabiatga ta'siri sifatida tushunish mumkin. Jamiyat tomonidan tabiatga o'tkaziladigan o'zaro ta'sirlar xarakteri va ko'lamiga qarab turli mualliflar uni bir necha bosqichlarga ajratib o'rganishni taklif etadilar. Misol uchun, ba 'zi bir mualliflar o'ziniki qilib olish. agrar, industrial va noosferadan iborat to'rtta bosqichga ajratsalar, boshqalari biogen, agrar va texnogendan iborat uchta bosqichlarni ko'rsatib o'tadilar. Bu bosqichlar nechtaligi va qanday nomlanishidan qat'i nazar ulardagi bitta umumiylikni payqash mumkin. Bu jamiyatning tabiatga ta'sirini oddiyroq va kuchsizroq darajadan murakkabroq va kuchliroq daraja tomon oshib borishidir. Bunga inson ongining rivoji biJan bog'liq holda mehnat qurollarini va ishlab chiqarish texnoJogiyalarini borgan sari takomillashib borishi asosiy sabab bo'ladi. Bu yerda shuni ham uoutmaslik kerakki, jamiyatniog tabiatga ta'siri kuchayib borgan sari tabiatning jamiyatga aks ta'siri ham kuchayaveradi, ya'oi bu ta'sirlar o'zaro aks ta'sirlar bo'lib, ular jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyot darajasi va ish lab chiqarish munosabatlarining xarakteri bilan belgilanadi.
Insoniyat taraqqiyotining so'nggi bosqichlarida tabiatga antropogen ta'sir beqiyos darajada o'sdi. Bunga sabab, inson ongining rivojlanishi tufayli fan va texnika taraqqiyotining jadallashuvidir. Ikkinchi ming yillikning so'ngi 50-60-yillari ichida yuz bergan ilmiy-texnika inqilobi (ITI) kutilmagan jarayon emas, balki jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga olib o'tuvchi qonuniy zarurat edi. U insoniyat oldida tabiatga ta'sir etishning beqiyos imkoniyatlarini ocbib berdi, u tufayli kishilarning yashash sharoitlari keskin o'zgarib ma'lum darajada yaxshilandi. Bu hol o'z navbatida yer aholisini jadal ko'payishiga, jamiyatning bir qator texnik, iqtisodiy ko'rsatkichlarining yuzlab, minglab marta oshishiga va insonning tabiat ustidan «hukmron»lik qilishiga yo'l ochib berdi.
Yuqoridagi fikrlarning dalili sifatida quyidagi ba'zi ma'lumotlarni keltirish mumkin: so'nggi yuz yil ichida dunyo aholisi salkam 4 barobarga inson yaratgan texnik vositalarning o'rtacha harakat tezligi -100 barobarga; energiya olish miqdori -1000 barobarga; harbiy qurollar quvvati -1000000 barobarga ortdi. Hozirga kelib yer yuzidagi qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlarning - 70 %i, o'rmonlarning - 50 %i, biologik resurslarning - 70 %i, chuchuk suv zaxiralarining - 20 %i insonlar tomonidan o'zlashtirilib foydalanilmoqda. Yiliga yer qa'ridan turli maqsadlarda 120 mlrd. tonna turli minerallar va tog' jinslari qazib olinmoqda, 900 km toza-chuchuk suv Dunyoning eng yirik mintaqalarida aholi sonining oshib borishi (Manba: F.Ramadu. 1998). sarflanmoqda, ekin maydonlariga 500 mln. tonna mineral o'g'it va 4 mln. tonnadan ziyod turli zaharli pestitsidlar qo'llanilmoqda, 3 mlrd. tonna neft mahsulotlari ishlatilmoqda, 250 mingdan ortiq yangi kimyoviy moddalar sintez qilinmoqda. Bunday misollarni yanada ko'plab keltirish mumkin. Hozirga kelib inson tomonidan yaratilayotgan moddalar va amalga oshirilayotgan jarayonlar ko'lami shu darajaga yetdiki, yerda o'ziga xos sun'iy yoki antropogen modda va energiya almashinuvi real voqelikka aylanib qoldi. Ba 'zi hollarda bu jarayon tabiiy jarayonlardan ham ustunlik qilmoqda. Tabiat bilan bo'ladigan munosabatlarda uning qonuniyatlarini pisand etmaslik yoki yetarlicha e'tiborga olmaslik, ITI imkoniyatlaridan ko'pincha bir tomonlama noto'g'ri foydalanish dastavval tabiatda, so'ngra esa jamiyat va inson hayotida bir qator kutilmagan salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. Tabiatdagi va u bilan jamiyat o'rtasidagi muvozanat buziladi. Agar inson tomonidan tabiatga o'tqaziladigan salbiy ta'sirlar kuchli va uzoq day om etsa, tabiat bunday tazyiqqa bardosh bera olmay tezlik bilan tanazzulga uchraydi, inson va jamiyatning moddiy negizi bo'lgan tabiat zaif1ashib asl holatini yo'qotadi. Hozirga kelib, tabiatga insonlarning ta'siri keskin ortishi oqibatida tabiatimizdagi bir qator salbiy o'zgarishlar kuchayib, jamiyatimizning kelajagi xavf ostida qolmoqda. Buni quyidagilarda ko'rish mumkin: sayyoramiz bo'ylab atrof-muhit holati kundan-kunga salbiy tomonga o'zgarib bormoqda, dunyo aholisining yarmi yetarlicha to'yib ovqat yemaydi, uchdan biri toza ichimlik suvi bilan ta'minlanmagan, to'rtdan biri savodsiz, ko'p mamlakatlarda insonlar salomatligi yomonlashib, bolalar o'limi yuqori, turli mintaqalarda har xil urushlar va nizolar avjiga chiqmoqda, inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan ko'plab moddiy ne'matlar kamayib bormoqda. Shunday bir sharoitda insoniyat o'z ishlab chiqarish faoliyatini mukammallashtirish va tabiatga kamroq ziyon yetkazadigan texnologiyalarni tezroq joriy etishga juda sekinlik bilan kirishmoqda. Hozirgi kunda tabiatdan olinayotgan turli xomashyolarning o'rtacha har 100 birligidan faqat 3-4 tasidan foydalaniladi, xolos. Nooqilona foydalanish tufayli keyingi 1.5 ming yil ichida yer yuzasidagi o'rmonzorlar 47 % dan 27 %ga tushib qoldi, quruqlikning 30 %i cho'l va sahrolarga aylandi. Sahro-cho'llar yiliga 6 mln. gektar tezlik bilan kengaymoqda. Yiliga tabiatga chiqarib tashlanayotgan turli chiqindilar miqdori 100 mlrd.tonnadan ko'pni tashkil etmoqda.
So'ngi 100 yil ichida 2 mird. gektar ekin rnaydonlari eroziyaga uchrab ishdan chiqdi. "Tabiatdagi salbiy o'zgarishlar majmui birinchi galda insonlar salomatligiga katta ziyon yetkazmoqda. Aholining umumiy kasallanish darajasi to'xtovsiz o'sib bormoqda, nafas yo'llari, oshqozon-ichak, onkologik, allergik, yurak, qon-tomir va asab kasalliklari ko'payib, yangi nomalum kasalliklar paydo bo'lmoqda. Dunyoni larzaga solib turgan SPID kasalligi borgan sari ko'proq kishilarni o'z domiga tortmoqda. Tabiatdagi salbiy o'zgarishlar oqibatida inson yashash muhitinining yomonlashuvi bilan xarakterlanadigan ekologik muammolar yuz bermoqda.
Bunday muammolar ta'sir doirasining ko'lamiga qarab, shartli ravishda umumsayyoraviy yoki umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarga bo'lish mumkin. Umumsayyoraviy ekologik muammolar sifatida aholining shiddatli tarzda tartibsiz ko'payib borishi xomashyo va energetik resurslarning kamayib borayotganligi, havo, suv, tuproqlarning ifloslanishi bilan bog'liq bo'lgan muammolarni aytib o'tish mumkin.
Dunyo aholisining har mlrd kishiga oshib borishi uchun ketgan vaqt (Manba: F.Ramadu, 2020). Aholi sonining o'zgarishi yillar Davomiyligi, yil
1 dan 2 mlrd.gacha 1850 dan 1925 gacha 75
2 dan 3 mlrd.gacha 1925 dan 1960 eacha 35
3 dan 4 mlrd.gacha 1960 dan 1975 gacha 15
4 dan 5 mlrd.gacha 1975 dan 1987 gacha 12
5 dan 6 mlrd.gacha 1987 dan 2000 gacha 12
6 dan 7 mlrd.gacha 2000 dan 2010 gacha 10
7 dan 8 mlrd.gacha 2010 dan 2020 gacha 10
Shuningdek, Ozon tuynugi, havo tarkibida SO miqdorining oshib borishi, yerda o'rtacha haroratning ortib borishi kabi hollarini ham umumbashariy ekologik muammolar guruhiga kiritish mumkin.
Mintaqaviy ekologik muammolar ta'sir ko'lamiga ko'ra sayyoramizning alohida hududlari yoki davlatlariga xos bolgan muammolardir. Masalan, Markaziy Osiyodagi Orol muammosi, Afrikaning ba'zi hududlaridagi qurg'oqchilik va qahatchilik, G'arbiy Yevropa va Amerikadagi ba'zi kuchli industrlashgan hududlarga xos muammolar mintaqaviy ekologik muammolardir .
Mahalliy ekologik muammolar ta 'sir ko'lamiga ko'ra nisbatan kichikroq hududlarda namoyon bo'ladilar. Bular alohida torroq hududlarga, masalan, shahar, tuman yoki ayrim ishlab chiqarish mintaqasiga xos muammolardir. Ekologik muammolar xususida fikr yuritilganda shuni doimo yodda tutish zarurki, ularni guruhlarga ajratish bu juda shartli bo'lib, ular ma'lum sharoitlarda tezda bir guruhdan ikkinchisiga o'tishi mumkin, ya'ni aslini olganda, ekologik muammolarning katta-kichigi bo'lmaydi, ularning hammasini ham vaqtida oldi olinmasa tabiat va insonga tuzatib bo'lmas darajada zarar yetkazadi. Inson va jamiyatning tabiatga ta'sirining qisqacha tahlili shuni ko'rsatib turibdiki, tabiatni buzuvchi asosiy omil bu insonlarning o'z ehtiyojlarini qondirish jarayonida tabiatga noto'g'ri, nooqilona, uquvsizlarcha munosabatda bo'lishlari ekan. Tabiatga inson salbiy ta'sirining oldini olishning asosiy yo'li tabiat va jamiyat qonuniyatlarini to'g'ri tushunish va ulardan inson rnanfaatlari yo'lida oqilona foydalanishdir. Inson tabiatni maqsadga muvofiq ravishda o'zlashtirish bilan birga tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni ham eng maqbul darajada saqlab turishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa insonda ma'lum ekologik bilimlar tizimi yetarlicha shakllangan bo'lishi zarur. Shuning uchun jamiyatning har bir kishisi u kimligi, qanday vazifani bajarishidan qat'i nazar ekologik bilimlarga ega bo'lishi hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biridir. Yuqoridagi fikrIarni qisqacha quyidagicha izohlash rnumkin:
• insonlar o'zlarining turli ehtiyojlarini qondirish jarayonida tabiatga ta'sir o'tkazadilar;
• insonning tabiatga ta'siri boshqa tirik mavjudotlarnikidan farqli o'laroq uning ongi tufayli boshqariladi;
• insonning tabiatga ongli ta'siri kuchayib borishi bilan tabiatda modda va energiya alrnashinuvining yangi, antropogen turi qaror topadi va u tabiatda kechadigan jarayonlarda sezilarli rol o'ynay boshlaydi;
• tabiatga inson ta'sirining kuchayishi va bu jarayonda tabiat va jamiyat qonuniyatlariga yetarli e'tibor bermaslik yoki ularning buzilishi oqibatida tabiat-jamiyat tizimida salbiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bunday o'zgarishlar inson va jamiyatning hayotiy sharoitlarini og'irlashtiradi va turli ekologik muammolarni keltirib chiqaradi.
• insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida atrof-muhit holatini borgan sari yomonlashib borayotganligi tabiat va jamiyat o'rtasidagi ziddiyatlarning kuchayib borayotganligi bilan izohlanadi;
tabiat va jamiyatdagi salbiy o'zgarishlarning oldini olish va bartaraf etish ko'p jihatdan har bir shaxs va jamiyat a'zolarining ekologik bilim darajasiga bog'liq. Shuning uchun ekologik ta'limni chuqurlashtirish hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan biridir.

Tekshiruv savollari


1. Tabiat nima?
2. Tabiat-inson-jamiyat tizimidagi o'zaro bog'liqlikni tushuntiring?
3. Tabiatga antropogen ta'sirni qanday tushunasiz?
4. Antropogen modda almashinuvi qanday jarayon va uning tabiiy modda almashinuvidan farqi nimada?
5. Tabiiy muvozanat nima va uning qanday ekologik ahamiyati bor?
Yüklə 25,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin