Kirish bob. Xufyona iqtisodiyotning tarkibi, sabablari va oqibatlari


O‘zbekistonda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi chora-tadbirlar



Yüklə 128,7 Kb.
səhifə6/6
tarix30.05.2022
ölçüsü128,7 Kb.
#60011
1   2   3   4   5   6
makroiqtisodiy taxlil

2.1 O‘zbekistonda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi chora-tadbirlar


O‘zbekistonda soliq to‘lovchilarning soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashlari natijasida soliqlarning undiriluv (yig‘iluv)chanlik darajasi yaxshi emas. U taraqqiy etgan mamlakatlardagi darajadan ancha past. Aslida, hisoblangan soliq summalari o‘z vaqtida budjetga to‘liq o‘tkazilishi kerak. Ammo amaliyotda bu vazifani to‘liq uddalashning iloji bo‘lmayapti. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlariga nisbatan moliyaviy jazo qo‘llaniladi. Moliyaviy jazo qo‘llanilmasa, o‘rnatilgan tartib-qoida buzilaveradi, unga qat’iy va to‘liq rioya qilmaslik davom etaveradi, natijada majburiyat va soliq to‘lash burchi bajarilavermaydi.
Soliqlarning undiriluv (yig‘iluv)chanlik darajasi nisbatan past bo‘lsa, moliyaviy jazoning darajasi, aksincha nisbatan yuqori bo‘lishi kerak. Uning ana shunday darajasi soliqlarning undiriluv (yig‘iluv)chanlik darajasining ko‘zlangan darajasiga yetgunga qadar saqlanib turmog‘i lozim. Unga erishilganidan keyin moliyaviy
jazoning darajasi, ma’lum bir muddatda saqlanib turilganidan so‘ng, pasaytirilishi mumkin.
Davlat soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan haddan tashqari qattiq moliyaviy jazolarni qo‘llashdan manfaatdor emas. Davlat soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan ta’sirchan moliyaviy jazolar tizimini qonuniy tarzda joriy etishi lozim bo‘ladi. Ashaddiy bo‘lmagan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan sharoitga va ularning moliyaviy holatlaridan kelib chiqib, moliyaviy jazo summalarining undirilish muddatlarini ta’sirchan tarzda ortga surish, moliyaviy ahvolini yaxshilab olishga imkon berish, bir- ikki marta “kechirish”, shu bilan birga ashaddiy soliq to‘lashdan bo‘yin tovlovchini aniqlab, unga nisbatan qattiq moliyaviy jazo qo‘llash orqali boshqalarga namuna qilib ko‘rsatish choralari amalga oshiriladi.
Ammo soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlar uchun juda ham kam miqdorda moliyaviy jazo qo‘llanishi hech qanday samara bermaydi va uning samaradorligini va ta’sirchanligini yo‘qqa chiqarishi mumkin92. Jahon tajribasi ko‘rsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda soliqni o‘z vaqtida to‘lamaslik va ularni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari uchun qattiq moliyaviy jazo, hatto jinoiy ishlar qo‘zg‘atiladi. Masalan, taniqli sport ustalari, san’atkorlarning soliqni o‘zvaqtida to‘lamaganliklari yoki undan bo‘yin tovlaganliklari uchun butun dunyo ommaviy axborot vositalarida sharmanda qilinganliklari va jinoiy ishlar qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida bot-bot xabarlar tarqatiladi. Masalan, o‘z vaqtida mashhur nemis tennischisi B.Bekker 1992-1996 yillar mobaynida olgan daromadlarining bir qismini soliq tashkilotlariga kamaytirgan holda ko‘rsatganligi uchun sud unga nisbatan shartli ravishda 2 yil qamoq jazosi belgilangan. Italiyalik mashhur tenor L.Pavarotti soliq qonunchiligiga qisman rioya etmaganligi uchun soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanib, ommaviy axborot vositalari orqali butun dunyoga sharmandai sharmisor qilingan. Mashhur kinoaktrisa S. Lorenga nisbatan ham shunday munosabat bildirilgan edi93. Yaqin yillar ichida mashhur futbolistlar Leonel Messi, Krishtian Ronaldular ham soliq to‘lashdagi xatoliklari uchun jazoga tortilish xavfi ostida soliq va jarimalarni to‘lab qutilib qolishgan edilar.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi soliq to‘lovchining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan majburiyatini soliq majburiyati, deb e’tirof etib, uning tizimini belgilab beradi. Shunga mos ravishda soliq to‘lovchi tomonidan ushbu majburiyatlar tizimini buzish bilan bog‘liq huquqshunoslik sodir etilganda qo‘llaniladigan jazo tizimi umumiy shartlari ham Soliq kodeksida belgilangan. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik boshqa turdagi huquqshunosliklar uchun qo‘llaniladigan jazo bilan choralaridan farq qiladi. Ushbu toifaga kiruvchi huquqshunosliklar faqat ma’muriy yoki jinoiy jazo bilan chegaralanmaydi. Soliqqa oid huquqshunoslik uchunqo‘shimcha ravishda moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi

O‘tgan yilning sentabr oyidan boshlab valyuta almashuv kursi bozordagi xorijiy valyutaga bo‘lgan joriy talab va taklif holatidan kelib chiqib shakllanib kelmoqda.


Valyuta kursining o‘zgarishi oldingi yillarda kuzatilgan doimiy devalvatsiya tendensiyasidan farqli ravishda, joriy yilda ichki va asosan tashqi omillar ta’sirida shakllanib, turli yo‘nalishdagi dinamikaga ega bo‘lmoqda.
2018 yilning yanvar-iyul oylarida valyuta kursi dinamikasi asosan mavsumiy omillar ta’sirida shakllandi.
Xususan, yanvar oyida eksport va xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining nisbatan kam bo‘lganligi sharoitida milliy valyuta almashuv kursi 8139 so‘m/dollardan 8189 so‘m/dollargacha pasaydi.
Shu bilan birga, mart-iyul oylarida eksport va boshqa manbalardan valyuta tushumlarining oshishi natijasida so‘mning almashuv kursi teskari dinamikaga ega bo‘lib, birinchi avgust holatiga 7782 so‘m/dollargacha qadri oshdi.
Bundan tashqari, chet el valyutasidagi kreditlar hajmining tez sur’atlarda o‘sishi va depozitlar dollarizatsiya darajasining pasayishi ichki valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo‘lgan talabni qisman qondirilishiga xizmat qildi. Shuningdek, milliy valyutadagi muddatli va jamg‘arma depozitlar hajmining oshishi ham so‘m almashuv kursining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Joriy yilning avgust oyidan boshlab almashuv kursi dinamikasiga tashqi omillar, ayniqsa asosiy savdo hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlar milliy valyutalarining qadrsizlanishi (Rossiya – 19 foiz, Qozog‘iston – 17 foiz, Xitoy – 9 foiz, Turkiya – 56 foiz) ta’siri kuchaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu davlatlar valyutalari kurslarining keskin o‘zgarishi so‘m almashuv kursiga bir oydan uch oygacha bo‘lgan muddatdan keyin o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Natijada so‘mning real almashuv kursi ushbu davlatlar valyutalariga nisbatan qadri sezilarli darajada oshdi (Rossiya rubliga nisbatan 29 foizga, Qozog‘iston tangasiga nisbatan 22 foizga, Turkiya lirasiga nisbatan 67 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 14 foizga).
Ushbu holat mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini pasaytirib, ichki valyuta bozoridagi talab va taklif darajasiga ta’sir etmoqda.
Birinchidan, yuqorida qayd etilgan valyutalarning keskin devalvatsiyasi tashqi bozorlarda mahalliy eksportchilar mahsulotlarini qimmatlashuviga olib kelib, ularning valyuta tushumlarini qisqartirdi.
Ikkinchidan, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar narxlarining chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlar narxlariga nisbatan raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu, o‘z navbatida, chetdan import qilishni rag‘batlantirgan holda, xorijiy valyutaga qo‘shimcha talabni keltirib chiqarmoqda.
Uchinchidan, jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro pul o‘tkazmalarining asosiy qismi to‘g‘ri keladigan davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi, ushbu davlatlardan mamlakatimizga yuboriladigan pul o‘tkazmalari hajmining kamayishiga olib keldi.
Yuqorida keltirilgan omillar ta’sirida 2018 yilning avgust oyidan boshlab so‘m almashuv kursining ichki valyuta bozoridagi sharoitlarga javoban o‘zgarishi kuzatilib, joriy yilning 18 sentabr kuni 8062 so‘m/dollarni* tashkil etdi (yil boshida – 8139 so‘m/dollar).
Valyuta birjasi savdolaridagi so‘mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi o‘zgarishi dinamikasi

Shu bilan birga, 2018 yilning qolgan oylari so‘m almashuv kursining yil boshidagi darajasiga nisbatan keskin o‘zgarishi kutilmayapti.


Valyuta kursining joriy dinamikasi tashqi omillar ta’sirini yumshatib, iqtisodiyotimizni o‘zgaruvchan tashqi sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Xususan, Xalqaro pul o‘tkazmalari va eksportdan tushadigan tushumlarning kamayishi sababli yuzaga keladigan yo‘qotishlar, almashuv kursi pasayishi natijasida uning so‘mdagi ekvivalentining oshishi hisobiga ma’lum darajada qoplanadi.
Markaziy bank tomonidan kelgusida ham, almashuv kursining fundamental trendiga ta’sir etmagan holda, uning keskin tebranishlarini oldini olish maqsadida, ichki valyuta bozorida intervensiyalar amalga oshirib boriladi.
Markaziy bankning ichki valyuta bozoridagi ishtiroki oltin-valyuta rezervlari hajmini oshirish yoki ulardan valyuta almashuv kursini ma’lum darajada ushlab turish uchun foydalanish maqsadlarini ko‘zlamaydi. Avval ta’kidlanganidek, Markaziy bank “oltin-valyuta rezervlar neytralligi” tamoyiliga amal qilishni davom ettiradi.
Bunda, Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotish, ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan oltin hajmi doirasida likvidlikni sterilizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Intervensiyalar hajmi ichki valyuta bozoriga kelib tushadigan xorijiy valyuta tushumlarining mavsumiyligi ta’sirida oylar orasida o‘zgarishi mumkin.
Milliy valyutaning qadrsizlanishi ichki narxlar shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘m almashuv kursining bir foizga qadrsizlanishi yillik inflyatsiya sur’atini o‘rtacha 0,2 foiz bandga tezlashishiga olib keladi.
Tashqi omillar o‘zgarishi va so‘m almashuv kursi dinamikasining inflyatsiya darajasi hamda inflyatsion kutilmalarga ta’sirini kamaytirish maqsadida pul-kredit siyosati yo‘nalishlariga tegishli o‘zgartirish kiritish masalasi Markaziy bank Boshqaruvining joriy yil 22 sentabridagi yig‘ilishida muhokama qilinadi

Xulosa
Yashirin iqtisodiyot xufiya iqtisodiyot — ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar toʻlanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlari. Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab boʻlmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, isteʼmol jarayonlari — iqtisodiy munosabatlar boʻlib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. Yashirin iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud.


YA.i. murakkab koʻp bosqichli hodisa, uning tur va shakllari xilmaxil. Yashirin iqtisodiyot maqsadi, faoliyati va iqtisodiyijtimoiy oqibatlariga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi: 1) jinoiy iqtisodiy faoliyat. Bu mutlaqo maʼn etilgan, qonun yoʻli bilan taʼqib etiladigan ishlar bilan shugʻullanish, mas, narkobiznes, pornobiznes, qurol biznesi va h.k.; 2) gʻayriqonuniy, gʻayriiqtisodiy usullar bilan daromadlarni qayta taqsimlab oʻzlashtirib olish, mas, oʻgʻirlik, bosqinchilik, reket, poraxoʻrlik; 3) ikkilamchi iqtisodiyot — kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf beradigan, lekin rasman ruxsat etilmagan va davlat roʻyxatidan oʻtmagan iqtisodiy faoliyat. Ularga yashirin tadbirkorlik, 1—2 va 5—10 kishi band boʻlgan yashirin kichik korxonalar faoliyati kiradi. Yashirin tadbirkorlik xizmati koʻrsatish, q.x., qurilish, savdo, kiyimkechak ishlab chiqarishda keng tarqalgan; 4) rasman ruxsat etilgan faoliyat bilan birga qoʻshimcha ravishda yashirin ishlab chiqarishga qoʻl urish, ochiq ishlaydigan korxonalarda qoʻshimcha ravishda hisobga kirmagan mahsulot chiqarib, uni yashirin sotish; 5) mansabni suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy xattiharakatlar. Bular jumlasiga davlat idoralaridagi poraxoʻrlik, yashirin lobbizm, mansabdan foydalanib subsidiyalar olishni kiritish mumkin; 6) qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat, bu iqtisodiyot davlat sektoriga xos boʻlib, davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi davlat sektoridagi qoʻshib yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan haq olish va boshqalar Yashirin iqtisodiyot dagi ijtimoiy zararli faoliyat davlat tomonidan qatʼiyan taqiqlanadi, hamma choralar bilan unga qarshi kurash olib boriladi, ijtimoiy foydali faoliyatning (norasmiy boʻlsada kishilar talabehtiyojlarini qondiradi) oshkoralikka chiqishi iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantiriladi.
YA.i. miqyosi yashirin iqtisodiy aylanma, yaʼni ruxsat etilmagan tovar va xizmatlarni yaratish va ularni sotish hajmi bilan belgilanadi. Aylanma xufiyona boʻlganidan uning aniq hisobkitobi boʻlmaydi. Buning oʻrniga uni taxminan baholash usuli qoʻllaniladi. Ayrim hisobkitoblarga koʻra, oʻtgan asr oxirlarida Yer yuzidagi yashirin iqtisodiy aylanma 8 trln. dollarga yoki jahon yalpi mahsulotining 27,5% ga teng boʻlgan. BiroqYa.i. miqyosi turli mamlakatlarda farqlanadi. Yashirin iqtisodiyot eng rivojlangan mamlakatlarga Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari kiradi. Mas, 1999-yil Misr va Nigeriyada u yalpi ichki mahsulotning 70% ga teng boʻldi. Yashirin iqtisodiyot hissasi eng kam boʻlgan mamlakat Osiyoda Yaponiya (1—2%), Gʻarbiy Yevropada Shveysariya hisoblanadi. MDH mamlakatlarida Yashirin iqtisodiyot darajasi oʻrtacha. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, mas, AQSH va Italiyada Yashirin iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi tegishlicha 6,4 va 11,4% ni tashkil etdi (1997).
21-asrga kelib iqtisodiyotining globallashuvi oqibatida Yashirin iqtisodiyot milliy doiradan chiqib xalqaro darajaga koʻtarildi. Yashirin iqtisodiyot globallashuvi bu bir mamlakatdagi Yashirin iqtisodiyot boshqa mamlakatga koʻchirilishida, nojoʻya biznes ishlari bilan shugʻullanuvchi xalqaro firmalarning paydo boʻlishida koʻrinadi. Bunga misol qilib xalqaro narkobiznesni, yashirin qurol savdosini, ishchi kuchining yashirin migratsiyasini uyushtirishni, offshor zonalar orqali gʻayri qonuniy yoʻllar bilan topilgan pulni "halollab" olish kabilarni koʻrsatish mumkin. Bular xalqaro hamjamiyatga katta xatar tugdiradi. Pulni chet mamlakatga yashirin chiqarib "halollab" olishga qarshi kurash maqsadlarida xalqaro hamjamiyat maxsus tashkilot — Xalqaro moliyaviy harakatlar guruhini tashkil etgan

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati




    1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T., O‘zbekiston, 2017.

    2. O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuni. 2000 yil 15 dekabr

//http://parliament.gov.uz/uz/laws/adopted/97/3498/

    1. O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalash- tirishga va ommaviyqirg‘inqurolini tarqatishni moliyalash- tirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun. 2004 yil 26 avgust (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 43- son, 451-modda; 2007 y., 17-18-son, 172-modda; 2009 y., 17- son, 210-modda; 2013 y., 1-son, 1-modda; 2016 y., 17-son, 173- modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019 y., 03/19/516/2484-son)// https://lex.uz/docs/283717

    2. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi

kurash to‘g‘risida”gi qonuni. 2017 yil 3 yanvar,O‘RQ-419-son.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-4848-sonli Farmoni.

Yüklə 128,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin