Kinematika



Yüklə 53,92 Kb.
səhifə1/2
tarix08.04.2023
ölçüsü53,92 Kb.
#95159
  1   2
Qayta Masalalar


  1. Velosipedchi tinch holatidan boshlab birinchi 4s davomida 1 m/s2 tezlanish bilan o’tdi; so’ngra 0,1 min davomida tekis harakatlandi va oxirgi 20 m masofada tekis sekinlanuvchan harakat qilib, to’xtadi. Butun harakat davomidagi o’rtacha tezlikni toping.

  2. Chang’ichi 0,3 m/s2 tezlanish bilan harakatlanib, uzunligi 100 m bo’lgan qiyalikni 20 s ichida o’tdi. Chang’ichining qiyalik boshi va oxiridagi tezliklari qanday?

  3. Metropolitenning ikkita stantsiyasi orasidagi masofa 1,5 km. Bu masofaning birinchi yarmini poezd tekis tezlanuvchan (a1=0,13 m/s2), ikkinchi yarimini tekis sekinlanuvchan (a2=-0,13 m/s2) harakat bilan bosib o’tdi? Poezdning maksimal tezligi nimaga teng.

  4. Ikkita jism bir nuqtadan vertikal yuqoriga, orasida 2 s interval bilan otildi. Ikkala jismning boshlang’ich tezligi bir xil va 20 m/s ga teng. Jismlar qanday balandlikda uchrashadi.

  5. Erkin tushishning oxirgi sekundida jism o’z yo’lining yarimini bosib o’tdi. U qanday balandlikdan va qancha vaqtda tushgan?

  6. 120 ayl/min bilan aylanayotgan maxovik 1,5 min vaqtdan keyin to’xtaydi. Maxovikning aylanma harakatini tekis sekinlanuvchan deb hisoblab, uning burchak tezlanishini va to’liq to’xtaguncha necha marotaba aylanishini toping?

  7. 25 m balandlikda joylashgan balkondan gorizontga nisbatan 30o burchak ostida 15 m/s tezlik bilan koptok otildi. Koptokning gorizontal yo’nalishdagi uchib borish uzoqligi hamda yerga tushish paytidagi tezligi aniqlansin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.

  8. Harakatning birinchi sekundi oxiridagi g’ildirak radiusi bilan to’liq tezlanish yo’nalishi orasidagi burchakni toping. G’ildirak radiusi 10 sm. U 3,14 rad/s2 o’zgarmas burchak tezlanish bilan aylanayapti.

  9. Gorizontga 450 burchak ostida 20 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan jismning tezlik vektori qanday h balandlikda gorizont bilan 300 burchak hosil qiladi? Havoning qarshiligini hisobga olmang.

  10. Ikkita jism biron nuqtadan bir xil 10 m/s boshlang’ich tezlik bilan gorizontga har xil burchak ostida otildi 450 va 300 jismlar orasidagi masofa 2 s dan so’ng nimaga teng bo’ladi.

  11. Ko’chmas blok orqali o’tkazilgan ipga massasi 0,3 va 0,34 kg bo’lgan yuklar osilgan. Harakat boshlangandan keyin 2 s o’tgach har qaysi yuk 1,2 m dan yo’l o’tdi. Erkin tushish tezlanish kattaligini toping. Ipning massasi va blokga ishqalanishini hisobga olmang.

  12. 40 g va 10 g bo’lgan ikkita sharcha gorizontal sterjenga kiydirilgan va 20 sm uzunlikdagi ip bilan o’zaro bog’langan. Sterjen 10 rad/s burchak tezlik bilan aylanganda sharchalar sterjenda sirpanmay turgan bo’lsa, ipning taranglik kuchini toping.

  13. Radiuslari 4 va 6 sm bo’lgan 10 va 12 kg massali ikkita bir jinsli shar massasi 2 kg va uzunligi 10 sm li bir jinsli sterjeng’ bilan ulangan. Shu sistemaning og’irlik markazini toping.

  14. Uzunligi 1 m va massasi 5 kg bo’lgan sterjen ikkita o’zaro parallel, bir xil uzunlikdagi ipga gorizontal holda osib qo’yilgan. Sterjenga bir uchidan 0,25 m masofada 10 kg massali yuk mahkamlab qo’yilgan. Iplarning tarangliklarini aniqlang.

  15. Radiusi a/4 bo’lgan dumaloq teshik ochilgan, tomonlari a ga teng bir jinsli kvadrat plastinkaning og’irlik markazi aniqlansin.

  16. Massasi 12 t bo’lgan trolleybus balandligi 12 m va uzunligi 180 m bo’lgan tepalikka 6 m/s tezlikda yaqinlashmoqda. Agar oxirgi tezlik 10 m/s, qarshilik koeffitsienti 0,03 ga teng bo’lsa, shu tepalikka ko’tarilishda dvigatelg’ qanday minimal quvvat istehmol qiladi? Dvigatelning foydali ish koeffitsienti 90%.

  17. Radiusi R bo’lgan shar Yerda tinch turibdi. Sharning yuqorigi nuqtasidan o’lchami sharning o’lchamidan ancha kichik jism tinch holatdan sirpanmoqda. Yer sirtidan qanday h1 balandlikda jism shardan ajraladi?

  18. Gorizontal yo’nalishda v0=10 m/s tezlik bilan uchayotgan m massali snaryad m1 va m2 (m2=3m1) massali ikkita bo’lakka bo’lindi, ular snaryadning dastlabki yo’nalishiga nisbatan 600 burchakka og’adi. Bo’laklarning harakat tezligi nimaga teng.

  19. Uzunligi 3 m va massasi 120 kg bo’lgan qayiq tinch suvda turibdi. qayiqning boshi va oxirida massalari 60 va 70 kg bo’lgan ikki kishi o’tiribdi. Agar ular turib yurib o’rinlarini almashishsa, qayiq qancha masofaga siljiydi?

  20. Ikkita shar bir-biriga tegib turadigan qilib bir xil uzunlikdagi parallel iplarga osilgan sharlarning massalari 0,2 va 0,1 kg. Birinchi sharning markazini 4,5 sm ga ko’tarib, qo’yib yuboradilar. Agar to’qnashuv elastik bo’lsa, sharlar to’qnashgandan keyin qanday balandlikka ko’tariladi.

  21. Uchta bir xil tutash idishda simob bor. Chap tomondagi idishga balandligi 102 mm bo’lgan suv, o’ng tomondagi idishga balandligi 153 mm bo’lgan suv quyilgan, o’rta idishdagi simob ustuni qancha balandlikka ko’tariladi?

  22. Ko’ndalang kesim yuzi S bo’lgan tsilindr shaklidagi idishga suv quyilgan bo’lib, unda ichida qo’rg’oshin sharcha o’rnashib qolgan muz parchasi suzib yuribdi. Muz parchasining sharcha bilan birgalikdagi hajmi V ga teng bo’lib, uning 1/20 qismi suvdan chiqib turibdi. Muz erigandan keyin suv sathi qanday h balandlikka tushadi? s=1 g/sm3, m=0.9 g/sm3, q=11.3 g/sm3.

  23. U-shaklidagi trubka shishalaridan birining diametri boshqasinikidan 2 marta katta. Trubkaga simob solindi, so’ngra uning ingichka naychasiga suv solindi. Agar suv ustunining balandligi 50 sm bo’lsa, naychalardagi simob sathlari qanday o’zgaradi?

  24. Velosipedchi bir shahardan boshqa shaharga borishda yo’lning birinchi yarimida v1=12 km/soat, qolgan vaqtning yarimida v2=6 km/soat tezlik bilan yurib, so’ngra v3=4 km/soat tezlik bilan yo’lning qolgan qisminini piyoda bosib o’tdi. Velosipedchining butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini aniqlang.

  25. R radiusli blok orqali ip o’tkazilgan bo’lib, bu iplarning uchlariga yuklar osilgan. Yuklar bir hil satxdan boshlab
    Yüklə 53,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin