Kimyoviy formulasi



Yüklə 121,34 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.01.2023
ölçüsü121,34 Kb.
#80789
Suv - Vikipediya



Suv
Suv (
kimyoviy formulasi

H
2
O
) — 
hidsiz

rangsiz
, taʼmsiz, 
shaffof
, suyuqlik shaklidagi 
kimyoviy
moddadir
 (normal holatda). 
Yer
 sirtining 71 foizini egallaydi (~1.460 × 10
15
 kg); Yerdagi suv
asosan 
okean

dengiz

koʻl

daryo
 (95,6 %) kabi suv havzalarida, shuningdek 
muzlar

yer osti
suvlari
 (1.6 %) va 
atmosferadagi
 suv 
bugʻlari

bulutlarda
 (0.001 %) yigʻilgan. Bundan tashqari suv
organizmlar
tarkibida ham mavjud.
Suyuq holatdagi suv tomchisi
Qattiq holatdagi suv (
muz
)


Suv kuchli eritgich hisoblanadi. Tabiatda uning tarkibida odatda eritilgan holdagi moddalar
(tuzlar, gazlar) mavjuddir. 
Yerning
geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik
va kimyoviy muhit, 
iqlim
 va 
ob-havoning
shakllanishida suv muhim ahamiyatga ega. Hech qanday
tirik organizm suvsiz hayot kechira olmaydi. Suv qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha
texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir.
Suv tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera —
okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, tuproqlar namini oʻz ichiga
olgan Yerning suvli pusti 1,4— 1,5 mlrd. km³ ni tashkil etadi. Atmosferada suv bugʻ, tuman,
budut, yomgʻir, qor holatida boʻladi. Quruqlikning 10 % ga yaqin qismi muz bilan qoplangan.
Litosferayaa gidrosferadagiga yaqin miqdorda, yaʼni 1—1,3 mlrd. km³ suv bor. Yer mantiyasida
ulkan miqdorda (13—15 mlrd. km³) suv bor. Barcha tirik organizmlardagi suv Yer yuzidagi
daryolar suvining yarmiga teng. Yerdagi hamma suv bir-biri bilan va atmosfera, litosfera,
biosferadagi suv bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi (qarang 
Suv aylanshii
).
Tabiiy sharoitda suv tarkibida doimo erigan tuzlar, gazlar va organik moddalar boʻladi. Ular
miqdori suvning hosil boʻlishiga va sharoitiga bogʻliq. Suvdagi tuz konsentratsiyasi 1 g/kg gacha
boʻlsa — chuchuk, 25 g/kg gachasi — tu zli, undan yuqorisi — shur suv deyiladi. Yogʻin Si,
chuchuk, koʻl va dare Si kam mineralli boʻladi. Okean suvining shoʻrligi 35 g/kg ga yaqin,
dengizniki kamroq, chuchuk suvda N SO", Sa2Q va Mg2Q ionlari koʻproq. Suvning mineralligi
oshgan sari S O, S1~, NaQ va KQ ionlarining konsentratsiyasi koʻpayib boradi.
Tabiiy suvda erigan gazlar — azot, kislorod, karbonat angidrid, asl gazlar, baʼzan, vodorod sulfid,
uglevodlar boʻlishi mumkin. Suvda organik moddalar konsentratsiyasi oz — darelarda oʻrtacha
20 mg/l, Yer osti Sida yanada oz, okean Sida esa 4 mg/l.
Vodorodning 2 ta barkaror izotopi (ʻH va 2H) va kislorodning 3 ta izotopi (|6O, O17, |8O) borligi
tufayli 9 ta turlicha izotopli S maʼlum. Yerdagi barcha suvda tarkibida vodorodning izotopi —
tritiy (3H) boʻlgan 13 — 20 kg „oʻta ogʻir“ suv bor (qarang 
Ogʻir suv
).
Suv keng tarqalganligi va uning insonlar hayotidagi ahamiyati kattaligi tufayli qadimdan hayot
manbai xisoblanadi. Qad. dunyo faylasuflari fikricha, suv hayot uchun zarur boʻlgan 4 unsurning
biridir (olov, havo, tuproq qatori). Shu bilan birga suv sovuqlik va namlik eltuvchisi deb ham
qaralgan. XVIII asrning oxirigacha suvni individual kimyoviy element deb kelindi. 1781—82
yillarda ingliz olimi G. Kavendish Sni ilk bor vodorod va kislorod aralashmasini elektr uchquni
Bulutlar


bilan portlatib sintez qilgan. 1783-yilda francuz olimi A. Lavuazye bu tajribani takrorlab, suvning
vodorod va kisloroddan tarkib topganligini tasdiqladi. 1772-yil francuz fizigi Delyuk suvning
maksimal zichligi 4°da boʻlishini aniqladi. Suvning muhim fizikkimyoviy xossalari 1jadvalda
berilgan.
suv — universal erituvchi. Unda gazlar yaxshi erishsh. Suv elektrolit boʻlganligidan koʻpgina
kislota, asos va tuzlarni eritadi. Suvning oʻzi ham yaxshi eruvchan modda. Vodorod bilan kislorod
qoʻshilib suv hosil boʻlishida issiqlik ajralib chiqadi. 2H2+O2=2H3O reakciyasi 300°
temperaturagacha juda sekin boradi. 550° da portlash yuz beradi.
Suv — nihoyatda barqaror birikma. Suv molekulalari 1000°dan yuqori temperaturada nihoyatda
oz darajada vodorod va kislorodga ajraladi (termik dissotsiatsiya). 2000°da suvning termik
parchalanishi 1,8 %ga, 3092°da 13 %ga, 5000°da 100 % ga yetadi. Suv ultrabinafsha nurlar
(fotodissotsiatsiya) yoki radioaktiv nurlar (radioliz) taʼsirida ham parchalanadi. Suv radioaktiv
parchalanganda H2 va O2 dan tashkari vodorod peroksid hamda bir qator erkin radikallar hosil
boʻladi. Suv birikish va parchalanish reaksiyalariga kirishadi, kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi.
Suv oʻziga xos gʻayrioddiy (anomal) xossalarga ega: sirt tarangligi yuqori, qovushoqligi kichik,
suyuqlanish va qaynash temperaturasi yuqori, suyuq holatdagi zichligi qattiq holatidagidan
katta. Q4°dan yuqori temperaturada ham, undan pastda ham suvning zichligi 1000 kg/m³ dan
past boʻladi. Bu hodisa suvning zichlik anomaliyasi deb ataladi. Toza suvning solishtirma issiqlik
sigʻimi barcha suyuq va qattiq moddalarnikidan katta (4,18 JGʻg); demak, 1 g suvni G isitish
uchun boshqa moddalarni isitishga sarflanadigan issiqlikka nisbatan koʻproq issiklik talab qilinadi.
Bu suvning issiqlik sigʻimi anomaliyasi deb ataladi. Toza suvni ehtiyotkorlik bilan astasekin
sovitib borilsa, u Sdan past trada ham (—33°ga qadar) muzlamasligi mumkin, Bunday „oʻta
sovigan“ suv barkaror boʻlmaydi; uni silkitilsa yoki ichiga biror kristall tashlansa, darxrl muzlab
krladi. Shuningdek, toza suvni astasekin „oʻta isitish“ (Q27°ga qadar) ham mumkinligi aniklangan.
Oʻta isitilgan suv ham barqaror boʻlmaydi; bir oz chayqatilsa, bunday suv juda koʻp miqdorda
bugʻ hosil qilib qayiaydi. Suv molekulasi 2 ta vodorod va I ta kislorod atomidan tarkib topib,
bogʻlar orasidagi burchak 104,5°. Kislorod atomi atrofidagi elektronlarning nosimmetrik
taqsimlanishi natijasida elektron buluti manfiy elektr zaryadining markazi kislorod atomining
musbat zaryadi markaziga mos kelmaydi. Natijada suv molekulasidagi katta elektrik dipol
momenti vujudga keladi. Bu esa suvning qutblanish xossasini namoyon qiladi.
Qutblangan suv molekulasi qutblangan moddalarni yaxshi, qutblanmagan moddalarni esa oz
eritadi. Suvga boʻlgan moyilligiga qarab, funksional guruxlar: gidrofil (suvga tortiluvchi), suv bilan
yaxshi solvatlanadigan, gidrofob (suvdan krchadigan) va difil tuzilishlarga ega boʻladi.
Suv — keng ishlatiladigan modda. Suv kislorod, vodorod, ishqor, nitrat kislota, spirt, aldegid,
soʻndirilgan ohak va boshqa koʻpgina kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish.da ishtirok etadigan
kimyoviy reagentdir. Suv bogʻlovchi materiallar uchun zarur komponent. Kaynatish, eritish,


suyultirish, kristallash uchun texnologik komponent sifatida koʻpgina ishlab chiqarish.
jarayonlarida ishlatiladi. Texnikada elektr va issikdik eltuvchi, bugʻ mashinalarida ish jismi, bosim
uzatuvchi sifatida qoʻllanadi.
Organizmdagi suv barcha oʻsimliklar, tirik organizmlar va mikroorganizmlarda moddalar
almashinuvi uchun zarur asosiy vosita, shuningdek, bir qancha kimyoviy fermentativ
reaksiyalarning substrati hisoblanadi.
Fotosintez jarayonida suv karbonat angidrid bilan birgalikda organik moddalar hosil boʻlishida
qatnashadi va shu bilan birga Yerda tirik organizmlar hosil boʻlishi vositasi hisoblanadi. Suv
toʻqimalar faoliyatini, oziq moddalar va almashinuv mahsulotlari (qon, limfa, oʻsimliklar
sharbati)ning singishini, fizik termoregulyasiyani va hayot faoliyatiga tegishli boshqa jarayonlarni
taʼminlaydi. Organizmlarda juda kup miqdorda suv boʻladi. Odam tanasidagi barcha suyuklik va
toʻqimalar tarkibida massasiga nisbatan 65 % chamasida suv boʻladi. Odam ochlikka bir oydan
ortiqroq chidashi mumkin, lekin suv sizlikka bir necha kundan ortiq chiday olmaydi. Suvda
organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan organik va anorganik moddalar eriydi.
Odamning suvga boʻlgan fiziologik ehtiyoji, iqlim sharoitiga qarab, sutkasiga 3—6 l ni tashkil
etadi.
Sanitariya va xoʻjalikroʻzgʻor ehtiyojlari uchun kup miqdorda suv talab kilinadi. Suv
markazlashgan sistemadan yetarli miqdorda berilgan takdirdagina yuvindi va chiqindilarni suv
kanalizatsiyasi yordamida okizib yuborish mumkin. Aholi yashaydigan joylarning sanitariya
madaniyati suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi (kishi.boshiga sutkasiga l hisobida).
Aholining sogʻligʻi va sanitariya yashash sharoitlariga bevosita yoki bil vosita salbiy taʼsir etishi
xavfining oldini olishda suvdagi kimyoviy moddalarning eng katta belgilangan miqdorda boʻlishi,
ilmiy asoslangan gigiyena normativlari muhim ahamiyatga ega.
Aholi isteʼmol qiladigan suv epidemiologik jihatdan xavfsiz boʻlishi kerak. Suvda kasallik
qoʻzgʻatadigan bakteriyalar va viruslar boʻlmasligi lozim.


"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Suv&oldid=3296556
" dan 
olindi
Suv uch: suyuq, qattiq (
muz
) va gaz (
bugʻ
) holatlarida.
Kimyoviy va fizik xususiyatlari
Suv muammosi
Suv odam hayotida
Oʻzbekistonda suv qadri
Manbalar
Adabiyotlar
Oʻqish uchun
Havolalar


 
Soʻnggi tahrir 10 kun avval
 
Malikxan
 tomonidan amalga oshirildi

Yüklə 121,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin