Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə2/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)


KIRISH


Kimyoviy analiz muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Deyarli barcha kimyo qonunlari kimyoviy analiz usullari yorda- mida topilgan. Turli materiallar, buyumlar, minerallar, Oy tuprog‘i, uzoq sayyora va boshqa osmoniy jismlar hamda ularning tarkiblari kimyoviy analiz usullari orqali aniqlangan. Davriy sis- temadagi bir qator elementlar (argon, germaniy va b.) ham aniq analitik usullar orqali topilgan.
Kimyoviy analiz umumiy, anorganik, organik va fizik-kimyo fanlari kabi mustaqil fanlar qatorida o‘rganiladi.
Kimyoviy analiz fanining vazifasi moddalarning va ular ara- lashmalarining kimyoviy tarkibini (atom, molekula), ularning ich- ki tuzilishini aniqdashga yordam beradigan kimyoviy analiz usul- larini ishlab chiqish hamda nazariy jihatdan asoslashdan iboratdir. Analiz qilishdan avval moddani identifikatsiya qilish, ya’ni uning sifat tarkibini aniqlash masalasi hal qilinadi, so‘ngra moddaning miqdoriy tarkibini aniqlashga o‘tiladi.
Kimyoviy analiz moddaning kimyoviy tarkibi, miqdori va uning tuzilishini aniqlash usullari haqidagi fandir. Uning vazifasi kimyo fanining nazariy asoslarini keng miqyosda o‘rganish asosi- da analizning yangi usullarini ishlab chiqish va ularni amalda tat- biq etishdan iborat.
Kimyoviy analizning nazariy asoslarini tabiat qonunlari, jum- ladan, D.I. Mendeleevning davriy qonuni, modda massasi va energiyaning saqlanish qonuni, modda tarkibining doimiyligi qo- nuni va massalar ta’siri qonunlari tashkil etadi.
Kimyoviy analiz fizika, organik kimyo, anorganik kimyo, fizik va kolloid kimyo, elektrokimyo, kimyoviy termodinamika, eritma nazariyalari, informatika nazariyasi va boshqa ko‘pgina fanlar bi- lan chambarchas bog‘langan.
Biror moddaning tabiatini va uni tashkil etgan elementlarning miqdorini aniqlash uchun oldin uning sifat tarkibi, so‘ngra mod- daning miqdoriy tarkibi aniqlanadi. Shunday qilib, kimyoviy ana- liz sifat va miqdoriy analizlarga bo‘linadi.
Kimyoviy analiz kriminalistikada ham keng qo‘llaniladi. U arxeologiyada, dunyo okeani va atmosferasini o‘rganishda, yangi kosmik apparatlar yaratishda, quyosh sistemasidagi planetalarning
atmosferasini va tuprog‘ining tarkibini o‘rganishda muhim ahami- yat kasb etadi.
Qurilish materiallarining asosi hisoblangan silikatlar va qo- vushtiruvchi moddalar murakkab kimyoviy tuzilishga ega va tarkibida SiO2, Fe2O3, FeO, Al2O3, CaO, MgO, K2O, Na2O va boshqalar bo‘ladi. Shuning uchun ularni analiz qilishda kimyoviy analiz kompleks usullardan foydalaniladi. Ulardan qanday mah- sulot ishlab chiqarish mo‘ljallanganiga qarab xomashyo tarkibi o‘zgartiriladi. Mineral xomashyo tekshirilganda uning asosiy kom- ponentlari miqdoriy aniqlanadi. Masalan, deraza oynalari ishlab chiqarishda xomashyo tarkibida FeO va Fe2O3 ning miqdori 0,1% dan oshmasligi kerak, aks holda shisha sariq yoki yashil rangli bo‘lib qoladi.
Kimyoviy analiz qo‘lda, avtomatlashtirilgan (yarim avtomat) va avtomatik usullarda bajariladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish- da, asosan, kompleks avtomatlashtirilgan texnologiyalarda av- tomatik analiz usulidan foydalanilmoqda.
Atrof-muhitni muhofaza qilishda kimyoviy analizning ekspress usullaridan foydalaniladi. Masalan, suvda va havoda zaharli ara- lashmalar paydo bo‘lganda darhol uni yo‘qotish va oldini olish talab qilinadi. Yadro reaksiyalari, oziq-ovqatlar va boshqalar o‘rganilayotganda tezlik bilan analiz o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Kimyoviy nazoratni avtomatik usulda bajarish inson mehnatini yengillashtiradi, mahsulot tannarxini arzonlashtiradi, mahsulot ishlab chiqarilishining uzluksiz nazorat qilib turilishini va ishlab chiqarishning texnologik parametrlari bir xil me’yorda saqlanishi- ni ta’minlaydi yoki kerakli yo‘nalishga o‘zgartiradi.
Fizik-kimyoviy analiz usullari kimyoviy reaksiyalar vaqtida sodir bo‘ladigan fizikaviy o‘zgarishlarni aniqlashga asoslangan. Masalan, kolorimetrik analizda tekshirilayotgan modda tarki- bidagi ion va molekulalar rangli eritmadan o‘tganda qaysi nurning yutilishiga qarab modda tarkibi haqida fikr yuritiladi. Xromato- grafik analizda modda tarkibidagi ionlar kolonkadagi adsorbentga turlicha yutilishi va rangi bir-biridan ajralishiga qarab tekshirila- yotgan moddada qanday ionlar borligi aniqlanadi. Analizning fizikaviy va fizik-kimyoviy usullari aniqlik darajasidan tashqari turli xil asboblar yordamida bajarilishi bilan ham kimyoviy ana- lizdan farq qiladi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin