Kimyo. Masala va mashqlar to



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə63/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

M=152-40=112. 40 - Ca; 112 - Cd.
M=152-88=64, 88 - Sr; 64 - Cu.
M=152-137=15. 137 - Ba; 15 - bunday metall yo‘q.
M=152-52=100. 52 - Cr; 100 - bunday metall yo‘q.
Demak, masalaning shartini kalsiy va kadmiy, hamda stronsiy va mis karbonatlari qanoatlantiradi.
Tekshirish:
CaCO3=CaO+CO2;
CdCO3=CdO+CO2.
CuCO3= CuO+CO2.
SrCO3= SrO+CO2
.
Har ikkala holda ham ajralib chiqayotgan gazning miqdorlari teng, karbonatlarning molyar massalari yig‘indilari ham teng.
14.5. Birikmalarida +2 va +3 oksidlanish darajalariga ega bo‘lgan ikkita metall aralashmasining 11,9 g massasi mo‘l xlorid kislotada eritilganda 8,96 l gaz ajralgan. Agar metallardan birining atom massasi ikkinchisinikidan 2,4 marta katta va aralashmadagi ular atomlari soni nisbati 2:1 bo‘lsa, aralashma tarkibidagi metallarni aniqlang.
Yechish: Metallarni va ularning molekulyar massalarini M(M2+) va M(Me3+) deb belgilab, v=m/M formula va reaksiya tanglamalarini hisobga olib, quyidagi tenglamalar sistemalarini tuzamiz:
M+2HCl=MCl2+H2; 2M+6HCl=2MCl3+3H2.
m1+m2=11,9. M1: 22,4=v1M1:a; a=22,4v1.
v1M+v2Me=11,9. M2: 67,2=v2M2:b; b=33,6·v2. a+b=8,96 yoki
v1M+v2Me=11,9
22,4v1+33,6v2=8,96.
Masalaning shartiga ko‘ra berilgan qo‘shimcha ma'lumotlar asosida quyidagi to‘rtta tenglamalar sistemalarini tuzish mumkin.
v1M1+v2M2=11,9 v1M1+v2M2=11,9
a 22,4v1+33,6v2=8,96 b 22,4v1+33,6v2=8,96
M1=2,4M2 2,4M1=M2
v1=2v2. v1=2v2.
v1M1+ v2M2=11,9 v1M1+v2M2=11,9
c 22,4v1+33,6v2=8,96 d 22,4v1+33,6v2=8,96
M1=2,4M2 2,4M1=M2
2v1=v2. 2v1=v2.
Mazkur tenglamalar sistemalarini yechishni masala shartini qanoatlantiradigan c sistema misolida qarab chiqamiz:
22,4v1+33,6v2=8,96
tenglamaga 2v1=v2 tenglamadagi qiymatni qo‘ysak:
22,4v1+33,62v1=8,96; v1=0,1 mol, v2=0,2 mol
bo‘ladi.
v1M1+v2M2=11,9 tenglamaga M1=2,4M2 tenglamadagi va hisoblangan qiymatlar qo‘yilsa: 0,1·2,4M2+0,2M2=11,9; M2=27, M1=65 kelib chiqadi. Demak, reaksiyaga rux (65) va alyuminiy (27) olingan ekan.
a sistema yechilganda M2=27,4 va M1=65,75; b sistema yechilganda M1=23,66 (bunday ikki va uch valentli metall yo‘q) va M2=56,8; d sistema yechilganda M1=20,5 va M2=10,2 kelib chiqadi. Demak, bu uch sistema masala shartini qanoatlantirmaydi.
14.6. Tarkibida 31,58 % kislorod bo‘lgan 50 g metall oksidi vodorod atmosferasida qizdirilganda 38 g qoldiq qolgan. Reaksiya uchun qaysi metall oksidi olingan? Qoldiqning tarkibi qanday?
Yechish: MexOy+yH2xMe+yH2O. Modda tarkibida 31,58 % kislorod bo‘lsa, undagi ikkinchi tarkibiy qism  metallning massa ulushi: Me=10031,58=68,42 %.
Ar=17,33·2=34,66 bunday metall yo‘q. Ar=17,33·3=52 bu - xrom. Demak, Cr2O3 haqida gap bormoqda.
Reaksiya tenglamasini tuzsak va qoldiq massasi qiymatidan foydalansak: Cr2O3+3H22Cr+3H2O. M=50-38=12 g
kelib chiqadi. Dastlabki moddaning massasi 12 g ga kamaygan va bu kamayish kislorodning suv bug‘lariga bog‘lanib chiqib ketishi bilan bog‘liq. Qoldiqning tarkibi haqida xulosa qilishdan oldin, reaksiya tenglamasi asosidagi qoldiqning massasini topamiz:
152:104=50:x; x=32,24 g.
Bu qiymat masala shartidagi qoldiq bilan mos emas, demak, qoldiq tarkibida parchalanmay qolgan oksid bor. Uning massasi: 104:3·16=x:12; x=26 g. Demak, qoldiq tarkibida 26 g xrom va m=38-26=12 g Cr2O3 bor ekan.
14.7. Kristall holdagi mineral tarkibida 52,684 % alyuminiy, 46,786 % kislorod, 0,419 % xrom, 0,079 % kremniy, 0,009 % kalsiy, 0,0043 % natriy; 1,1·10-4 % berilliy, 7,4·10-5 % temir va juda oz miqdorlarda boshqa elementlar bo‘lsa, mineralning eng oddiy formulasi qanday bo‘ladi?
Yechish: Masala shartida berilgan qiymatlar asosida mineralning oddiy formulasi tarkibi quyidagicha bo‘ladi deb taxmin qilinishi mumkin: AlmOnCroSipCasNaxBeyFez. Masala shartiga ko‘ra o,r,s,x,y,z larga to‘g‘ri keladigan elementlarning massa ulushlari kichik bo‘lib, Al+O=99,466 % ni tashkil etadi. Demak, mineralning asosiy tarkibiy qismini Al va O tashkil etgan, deyish mumkin.

Qolgan elementlar shu mineralga aralashgan kirishmalar, deb qaraladi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin