2. KIMYOVIY ELEMENTLAR DAVRIY QONUNI. ATOM TUZILISHI. YADRO REAKSIYALARI 2.1. KIMYOVIY ELEMENTLAR DAVRIY QONUNI VA SISTEMASI Davriy jadvalda elementlarning xossalari, asosan, quyidagi tartibda o‘zgarib boradi:
Xossalar
Guruhlar bo‘yicha yuqoridan pastga tomon
Davrlar bo‘yicha chapdan o‘ngga tomon
Metallik
Kuchayadi
Susayadi
Metallmaslik
Susayadi
Kuchayadi
Qaytaruvchilik
Kuchayadi
Susayadi
Oksidlovchilik
Susayadi
Kuchayadi
Elektronga moyillik
Susayadi
Kuchayadi
Ionlanish energiyasi
Kamayadi
Ortadi
Nisbiy elektr manfiylik
Kamayadi
Ortadi
Atom radiusi
Ortadi
Kamayadi
2.1. 1869 yilda D.I.Mendeleev ta'riflagan davriy qonun «elementlarning xossalari ular atom "og‘irliklari" ortib borishi bilan davriy ravishda o‘zgaradi» degan xulosaga olib kelardi. Hozirgi vaqtda davriy qonun «elementlarning xossalari ular yadro zaryadlarining ortib borishi bilan davriy ravishda o‘zgarib boradi» degan xulosaga olib keladi. Bunday ta'riflar berilishining sababi nima?
2.2. Guruhlarda yuqoridan pastga tomon elementlarning a) metallik, b) metalmaslik, c) qaytaruvchilik va d) oksidlovchilik xossalari qanday o‘zgaradi? (Javob: a va c - ortadi; b va d - kamayadi).
2.3. Davrlarda chapdan o'ngga elementlarning a) metallik, b) metallmaslik, v) qaytaruvchilik va g) oksidlovchilik xossalari qanday o‘zgaradi? (Javob: a va v - kamayadi; b va g - ortadi).
2.4. Li, Na, K, Rb, Cs, Fr qatorida elementlarning a) elektr manfiyligi, b) ionlanish potensiali va c) atom radiusi qanday o‘zgaradi? (Javob: a, b - kamayadi; va c - ortadi). 2.5. Na, Mg, Al, Si, P, Br qatorida elementlarning a) atom radiuslari; b) elektr manfiyliklari; c) ionlanish potensiallari qanday o‘zgaradi? (Javob: a - kamayadi; b va c - ortadi).
2.6. Be, B, C, N, O, F qatorida elementlar oddiy moddalarining a) metalligi; b) oksidlovchiligi; c) elektronga moyilligi qanday o‘zgaradi? (Javob: a - kamayadi; b va c - kuchayadi).
2.7. B2O3, Al2O3, Ga2O3, In2O3 oksidlarning a) asoslik va b) kislotalik xossalari qanday o‘zgaradi? (Javob: a - kuchayadi; b - susayadi).