Kiberxavfsizlik fanidan


Tarmoqlararo ekran texnologiyasi



Yüklə 27,72 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü27,72 Kb.
#193090
1   2
Kiber amaliy-3

Tarmoqlararo ekran texnologiyasi.
Tarmoqlararo ekran — himoyalash vositasi bo‘lib, ishonchli tarmoq, va ishonchsiz tarmoq orasida ma’lumotlarga kirishni boshqarishda qo‘llaniladi. Tarmoqlararo ekran ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning axborot zahiralarini himoyalash strategiyasi sanaladi. Ya’ni tashkilot tarmog‘i va Internet orasida qo‘riqlash vazifasini bajaradi. Tarmoqlararo ekranning asosiy funksiyasi ma’lumotlarga egalik qilishni markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan iborat. Tarmoqlararo ekran quyidagi himoyalarni amalga oshiradi: o‘rinsiz trafiklar, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimini taqiqlash; qabo‘l qilingan trafikni ichki tizimlarga yunaltirish; ichki tizimning zaif qismlarini yashirish bilan Internet tomonidan uyushtiriladigan xujumlardan himoyalash; barcha trafiklarni bayonlashtirish; ichki ma’lumotlarni, masalan tarmoq topologiyasini, tizim nomlarini, tarmoq uskunalarini va foydalanuvchilarning identifikatorlarini Internetdan yashirish; ishonchli autentifikatsiyani taьminlash. Ko‘pgina adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmauer yoki FireWall deb yuritilgan. Umuman bo‘larning xammasi yagona tushunchadir. Tarmoqlararo ekran — bu tizim, umumiy tarmoqni ikki qismga ajratib, tarmoqlararo himoya vazifasini o‘taydi va ma’lumotlar paketining chegaradan o‘tish shartlarini amalga oshiradigan qoidalar to‘plami hisoblanadi. Odatda tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni global tarmoqlardan, ya’ni Internetdan himoya qiladi. SHuni aytish kerakki, tarmoqlararo ekran nafaqat Internetdan, balki korporativ tarmoqlardan xam himoya qilish qobiliyatiga egadir.
1-rasm. Firewallga asosida qurilgan tarmoq tuzilishi

Har qanday tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni to‘liq himoya qila oladi deb bo‘lmaydi. Internet xizmati va hamma protokollarning amaliy jihatdan axborotlarga nisbatan himoyasining to‘liq bo‘lmaganligi muammosi bor. Bu muammolar kelib chiqishining asosiy sababi Internetning UNIX operatsion tizim bilan bog‘liqligida. TCP/IP (Transtnission Control Protokol/lnternet Protocol) Internetning global tarmog‘ida kommunikatsiyani ta’minlaydi va tarmoqlarda ommaviy ravishda qo‘llaniladi.
2. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash muammolari va tarmoq hujumlarga qarshi samarali himoya yechimlari

Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga kiritilgan kompyuter va axborot texnologiyalari, telekomunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Internet xizmatlaridan foydalanish rivojlanmoqda va modernizatsiyalashmoqda. Jamiyatimizning barcha sohalariga kundalik hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish istiqboldagi maqsadlarimizga erishishni ta’minlaydi. Har bir soha faoliyatida Internet tarmog‘idan foydalanish ish unumdorligini oshirmoqda.
Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan yutish imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va uning zamirida davlat boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi. Tarmoqdan samarali foydalanish demokratik axborotlashgan jamiyatni shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tezkor natijaga ega bo‘linadi.
Biroq tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Ish faoliyatini tarmoq bilan bog‘lagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari ma’lumot almashish uchun tarmoqqa bog‘lanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratishi kerak. Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotni ishonchli tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vositalar va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirish orqali amalga oshiriladi. Tarmoq xavsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan vosita xavf-xatarni tezda aniqlashi va unga nisbatan qarshi chora ko‘rishi kerak. Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko‘p turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga bo‘linadi:
axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o‘zgartirish.
Amaliy topshiriq
Win + R tugmachalarini bosamiz va buyruq satriga firewall.cpl buyrug’ini kiritamiz.

Hamda ok tugmasini bosganimizdan keyin bizning ekranimizda

Shunaqa oyno hosil bo’ladi va belgilangan joyni bosamiz va bizda quyidagi oyna hosil bo’ladi.

Shunaqa oyna hosil bo’lgandan keyin yana belgilanga joyni bosamiz.

Hosil bo’lgan oynadan yana belgilangan joyni bosib davom etamiz.Belgilangan joyni bosganimizdan keyin hosil bo’lgan oynadan next tugmasini bosib davom etaveramiz toki

Shunaqa oyna hosil bo’lmaguncha,va oxirgi oynani ham o’z ism va guruhimiz yordamida to’ldiramiz va ushbu finish tugmani bosamiz va bizda
shunaqa oyna hosil bo’ladi. Biz yaratgan qoidaning ishlashiga ishonch hosil qilish uchun Google Chrome ni ochamiz. Yaratilish paytida biz ushbu dasturning ishlashini to'sib qo'yganimiz sababli, dastur tarmoqlararo ekran tomonidan bloklanganligi to'g'risida ogohlantiruvchi oynaga ega bo'lamiz.

Biz demak portlarni bloklashga erisha oldik.
Yüklə 27,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin