Kiberxavfsizlik asoslari fanidan 5- mustaqil ishi


Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi



Yüklə 161,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix07.01.2024
ölçüsü161,88 Kb.
#210106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-MUSTAQIL ISH

1.2.Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi.
Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlariga imkon beradi. 
Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis 
burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini taminlaydi. Simsiz tarmoqlar 
odamlarga o’zlariga qulay va xoxlagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki 
Web-sahifalarni ko’zdan kechirishlariga imkon beradi.
Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati 
bog’lanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter 
qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA), 
noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar taalluqli. Odatda uyali 
telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi, ammo eng yangi 
telefonlar va hatto naushniklar ma’lum hisoblash imkoniyatlariga va tarmoq 
adapterlariga ega. Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz 
tarmoqlarga ulanish imkoniyatini taminlaydi.
Bog’lanish taminlanadigan fizik hudud o’lchamlariga bog’liq holda simsiz 
tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi:


- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN);
- simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN);
- simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN):
- simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).
Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo’lmagan masofasi bilan (17 
metrgacha) ajralib turadi va katta bo’lmagan binoda ishlatiladi. Bunday 
tarmoqlarning xarakteristikalari o’rtacha bo’lib, uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan 
oshmaydi.
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDA sida va uning shaxsiy kompyuterida 
yoki noutbukida malumotlarni simsiz sinxronlashni taminlashi mumkin. Xuddi shu 
tariqa printer bilan simsiz ulanish taminlanadi. Kompyuterni tashqi qurilmalar 
bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo’qolishi yetarlicha jiddiy afzallik bo’lib, 
buning evaziga tashqi qurilmalarning boshlang’ich o’rnatilishi va keyingi, 
zaruriyat tugilganda, joyining o’zgartirilishi anchagina osonlashadi.
Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning ichida va tashqarisida, ishlab chiqarish 
binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini taminlaydi. Bunday 
tarmoqlardan foydalanuvchilar odatda noutbuklarni, shaxsiy kompyuterlarni va 
katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir protsessorli va katta 
ekranli PDAlarni ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida 
yoki binoning boshqa xonalarida bola turib foydalanashi mumkin. Bu xizmatchiga 
oz vazifalarini samarali bajarishga imkon beradi. Simsiz lokal tarmoqlar 
uzatishning 54Mbit/sgacha tezligida barcha ofis yoki maishiy ilovalar talablarini 
qondirish imkoniga ega. Xarakteristikalari, komponentlari, narxi va bajaradigan 
amallari bo’yicha bunday tarmoqlar Ethernet xilidagi ananaviy simli lokal 
tarmoqlariga o’xshash.
Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo’yicha shaharga teng bo’lgan hududga xizmat 
qiladi. Aksariyat xollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etiladi, 
bazida esa mobillik zarur bo’ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy 
bino va masofadagi klinikalar orasida malumotlarni uzatishni taminlaydi. Yoki 
energetik kompaniya bunday tarmoqdan shahar masshtabida foydalanib, turli 
tumanlardan beriladigan ish naryadlaridan foydalanishini taminlaydi. Natijada, 
simsiz regional tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga to’playdi 
yoki mobil foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni 
o’rnatishga imkon beradi.
Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda infraqizil 
texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan 
katta bo’lishini taminlaydi.
Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki hatto kontinent 
masshtabida foydalanishni taminlash bilan ishlanishini taminlaydi. Iqtisodiy 
mulohazalarga tayangan holda, telekommunikatsiya kompaniyalari ko’pgina 
foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni taminlovchi simsiz global 
tarmoqning nisbatan qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday yechimning 
xarajati barcha foydalanuvchilar o’rtasida taqsimlanadi, natijada abonent tolovi 
unchalik yuqori bo’lmaydi.
Simsiz global tarmoq xarakteristikalari nisbatan yuqori emas, ma’lumotlarni 


uzatishning tezligi 56 Kbit/s ni, bazida 170 Kbit/s ni tashkil etadi.
Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni, elektron pochta 
xabarlarini uzatish va qabul qilishni, foydalanuvchi uydan yoki ofisdan tashqarida 
bo’lganida korporativ ilovalardan foydalanishni taminlovchi ilovalardir. 
Abonentlar, masalan, taksida ketayotganlarida yoki shahar bo’yicha sayr 
qilinayotganlarida ulanishni o’rnatishlari mumkin. Umuman, simsiz global 
tarmoqdan foydalanuvchilar hududiy chegaralanmaganlar.
Simsiz tarmoq tuzilmasi. Simsiz tarmoqlarda simli tarmoqda ishlatiladigan 
komponentlar ishlatiladi. Ammo, simsiz tarmoqlarda axborot havo muhiti 
(medium) orqali uzatishga yaroqli ko’rinishga o’zgartirilishi lozim.
Foydalanuvchilar. Simsiz tarmoq foydalanuvchiga xizmat qilishligi sababli, 
foydalanuvchiga simsiz tarmoqning muhim qismi sifatida qarash mumkin. 
Foydalanuvchi simsiz tarmoqdan foydalanish jarayonini boshlaydi va uning o’zi 
tugallaydi. Shu sababli unga "oxirgi foydalanuvchi" atamasi joiz hisoblanadi. 
Odatda, foydalanuvchi simsiz tarmoq bilan o’zaro aloqani taminlash bilan bir 
qatorda, muayyan ilovalar bilan bog’liq boshqa vazifalarni bajaruvchi kompyuter 
qurilmalari (computer device) bilan ish ko’radi.
Mobillik - simsiz tarmoqning eng sezilarli afzalliklaridan biridir. Masalan, mobillik 
xususiyatidan qandaydir bino bo’yicha xarakatlanuvchi va o’zining PDAsi 
yordamida elektron pochtani oluvchi yoki jo’natuvchi odam foydalanadi. Bu holda 
PDA simsiz tarmoq infratuzilmasiga uzluksiz yoki tez-tez tiklanuvchi ulanishni 
taminlashi lozim.
Kompyuter qurilmalari. Kompyuter qurilmalarining (bazida ularni mijozlar deb 
atashadi) ko’pgina xillari simsiz tarmoq bilan ishlayoladi. Bazi kompyuter 
qurilmalari foydalanuvchilar uchun atayin qurilgan bo’lsa, boshqalari oxirgi tizim 
hisoblanadi. [4]

Yüklə 161,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin