Kenjayev Zuhriddin


Topshiriq: O`zbekistonning noyob tabiatini ranglar orqali ko`rsatish. MMIBDO‘



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə33/42
tarix24.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#160487
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
8-sinf soati 2023-2024 oʻquv yili uchun toʻliq

Topshiriq: O`zbekistonning noyob tabiatini ranglar orqali ko`rsatish.

MMIBDO‘: ______________________


Sana:__________
25-Mavzu: Navro`zi olam muborak! (21 mart Navro`z bayrami munosabati bilan)
Kun shiori: “Yurtga keldi yana ko`klamoy”.
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, milliy bayramimizga bo`lgan hurmatni yanada singdirish, milliy marosim, an’analarimizga bo`lgan qiziqishni rivojlantirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Qutlug` kelgan bo`l Yil boshi-Navro`z O`zbekistonimga!”

O`qituvchi:


Respublikada Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish uchun Respublikada insoniy qadriyatlarni yanada kamol toptirish, o`z-o`ziga ishonch ruhi va milliy g`ururni mustahkamlash, do`stlik, birodarlik, hamjihatlik, mehr-shavqatni ulug’lash, madaniy va tarixiy an’analarni davom ettirish hamda rivojlantirish, asrlar davomida shakllangan urf-odatlar va udumlarni e’zozlash maqsadida Navro`z bayramini keng nishonlash yuzasidan quyidagilar amalga oshiriladi:
Dam olish kuni sifatida belgilangan 21 martda o’tkaziladigan Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuboriladi. Bu bayramni o`tkazishda ijobiy tajribalarni davom ettirgan holda, to`la foydalanilmagan imkoniyatlar ham ishga solinadi. Bayramga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish tadbirlarida respublikaning har bir fuqarosi yakdillik va hamjihatlik bilan faoliyat ko`rsatadi.
Mustaqillikka erishmasdan turib, milliy bayramimiz “Navro`z” ning nishonlanishi xalqimiz uchun kutilmagan voqea bo`ldi. Chunki bayram qilinishi taqiqlangan davrlar edi. Mana 27-28 yillardan beri milliy bayramimiz Yil boshi – Navro`z ko`tarinki kayfiyat bilan o`tkazilib kelinmoqda. Navro`z o`zbek xalqi uchun mehr-muruvvat bayrami. Muchal yillari ham Navro`z kirib kelishi bilan bog`lanadi. Masalan, 2018 yil “Sichqon yili” muchal yili har o`n ikki yilda kirib keladi. Keksa avlod vakillaridan so`rasangiz qachon tug`ilgansiz deb, ular baliq yili, sichqon yilida deb aytadilar.
Baribir milliy bayramimiz – “Navro`z” tarovati o`zgacha. Navro`z bilan bog`liq marosimlar, an’analarni har birimiz juda yaxshi bilamiz.
Navro`z ayyomingiz yana birbora qutlug` bo`lsin.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin