Sana:__________ 15-Mavzu: Temperament tuzilmasini aniqlash.
Kun shiori: “Temperament tuzilmasini aniqlash”. Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol bo`lishlikka undash, insonlarga bo`lgan hurmatni rivojlantirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O`qituvchi:
I nsonning ruhiy olami beto`xtov harakatlar majmuasidan iborat bo`lib, biri
ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o`xshash tarzda
xukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to`g`risidagi
taassurotlar, o`tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar,
xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy
kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o`zaro o`rin almashtirib turiladi.
Ruhiy olam kechishi, xususiyati, xislati, mexanizmi olohida individual tarzda
namoyon bo`lish kuzatiladi. Shuning uchun bo`lsa kerak, insonlar tabiat
hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta’sir kuchlariga tez yoki
sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko`rsatadilar.
Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi
nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg`ularga ham
bevosita bog`likdir. Misol uchun, inson o`zi temperamentning qaysi tipiga
taalluqli bo`lishidan qat’i nazar, o`z faoliyatiga layoqatli, mayli kuchli, intilishi
qat’iy, qiziquvchan bo`lsa, uni tashkillashtirishda va nazorat qilishda
uyushqoklik, harakat sur’ati esa tezkor amalga oshadi, unga loqayd munosabatni
bildirsa, ish sur’ati sekin va sust kechadi. Psixologiyada temperamentga taalluqli
individual dinamik xususiyatlar bilan motivlar va psixologik holatlar, hissiy
kechinmalarning dinamik xususiyatlari o`rtasida muayyan darajasida tafovut
mavjudligi alohida ta’kidlanadi. Ular orasidagi farqlarni ajratib ko`rsatish
maqsadida qo`shimcha belgilar kiritiladi va o`ziga xos tarzda tavsiflab
bsriladi. Ularning ayrimlarini ajratib ko`rsatish maqsadga muvofiq.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.