1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023
Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy o`zining “Yuragimni bolalarga beraman” nomli kitobida bolalarga tabiatni bilishni tabiatning o`zida o`rgatishni, ularda hissiyot va hayolotni rivojlantirishni taklif qildi. U o`qituvchi bolalarning ruhiy dunyosini bilishni, ularning aqliy rivojlanishini, biliom olishga qiziqishlari har hijatdan yordam berishi kerak, deb hisobladi. U tafakkurni rivojlantiruvchi birinchi darsni tabiat quchog`ida o`tkazishni tavsiya qildi.
Suxomlinskiy bolalarni maktabda olti yoshdan boshlab o`qitish tarafdori edi. Uning bolalarni o`qitishga tayyorlashda oila bilan maktabning aloqasiga moslab ishlab chiqqan tizimi hozirgi zamon pedagogikasining ham yutug`idir.
1969 yilda Tabiatshunoslik 2 – va 3 – sinflarda mustaqil predmet sifatida o`qitish boshlanda va faqat 1 – sinfda tabiatshunoslik materialidan o`qish va nutqni rivojlantirish darslarida foydalanildi.
Umumta`lim va hunar maktablarining isloh qilishning asosiy yo`nalishlari munosobati bilan tabiatshunoslikni o`qitish masalalari yangicha hal qilindi. 1986 yildan e`tiboran bolalar 6 yoshdan boshlab o`qitish boshlandi, maktabda o`qitish muddati esa 11 yilgacha uzaytirildi. Bu isloh 1 – 2 sinflarda “Atrof olam bilan tanishtirish” nomli yangi o`quv predmetini o`qitish imkoniyatini berdi, u 3 – 4 sinflarda “Tabiatshunoslik” fani sifatida o`tila boshladi.
Kursni o`rganish ikki yo`nalishda olib boriladi. Birinchisi, bolalarni odamlarning ijtimoiy hayoti va mehnati bilan tanishtirishni, xulq – atvor madaniyatini tarbiyalashni nazarda tutadi. Yo`nalishning ikkinchisida, tabiat bilan bevosita muloqotda bo`lish, tanishtirish, tabiat ob`ektlari va hodisalari to`g`risida tasavvurlarni shakllantirish, tabiatga ma`suliyat bilan munosobatda bo`lish, tabiatdagi hulq – atvor madaniyatini tarbiyalash, tabiat muhofazasida baholi qudrat faoliyat tashkil qilish nazarda tutiladi. Tabiat bilan tanishtirish ekskursiyalarda, o`quv sayrlarida, amaliy ishlarda kuzatishlar o`tkazish asosida amalga oshiriladi. Tabiatni, unda sodir bo`layotgan o`zgarishlarni kunda kuzatib borishni tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Bolalarning amaliy faoliyati (ijtimoiy foydali ishlar, mehnat, o`yin) jarayonida odam mehnatini o`rganish ikki yo`nalishni bog`lovchi vositadir.
1 – va 2 – sinf kursining mazmuni “Bizning uy va jonajon tabiat”, “Bizning maktab va jonajon tabiat”, “Jonajon mamlakat” mavzularida ochib beriladi. Bu mavzular asta sekin yaqindan uzoqqa borish bilan atrofimizdagi olam to`g`risidagi tasavvurlarni to`plash, boyitish va tizimlashtirishga imkon beradi.
«Atrof olam bilan tanishtirish» predmeti boshlang`ich maktabning boshqa predmetlari bilan chambarchas bog`liqdir. Tabiat va jamiyat hayotini odamlar mehnatini kuzatish ana tili, mehnat ta`limi, tasviriy faoliyat, matematika kabi predmetlarning o`quv materialini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. Bu darslarda, atrof olam bilan tanishtirish bo`yicha mashg`ulotlarda tabiat to`g`risida o`quvchilar oladigan tasavvurlar kengaytiriladi va boyitiladi.
«Atrof olam bilan tanishtirish» kursining davomi hisoblangan «Tabiatshunoslik» o'z ichiga tabiat fanlarining turli sohalarini qamrab oladi. 3—4 sinflarda tabiatshunoslikni o'rganish jonsiz tabiat bilan jonli tabiat bir butunlikni tashkil qilishi, shuning uchun ham ular o'zaro uzviy bog'liq ekanligi to'g'risidagi tasawur va tushunchalarni izchillik bilan rivojlantirishni nazarda tutadi.
Ushbu qabul qilingan dasturlar va islohotlar qayd etib o'tilganidek, respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillargacha amalda bo'ldi.
A: Boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslikning o'qitilishining qisqacha tarixi, Vasiliy Fyodorovich Zuyev, Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy, Aleksandr Yakovlevich Gerd, Dmitriy Ivanovich Tixomirov, M.N. Skatkinlarning bu fanning rivojlanishiga qo`shgan hissasi.