XIX asrning birinchi yarmida psixologiyada o’lchash goyasi
XIX asrning birinchi yarmida psixologiyada o’lchash goyasi
ommalashadi. Bu davrda inson haqidagi empirik psixologik bilimlarni
aniqlashda vrachlar katta rol o’ynadilar. Vrach-psixiatrlar Evropa
kasalxonalarida ruhiy kasallar va nevrozlarni doimiy kuzatib, o’z kuzatish
natijalarini yozib bordilar va bu yozuvlar tahlil qilindi. Bu vaqtda
psixodiagnostikaning kuzatish, so’rovnoma, hujjatlarni tahlil qilish metodlari
paydo bo’ldi. Bu davrda psixodiagnostika qat`iy bo’lmagan, ixtiyoriy xarakterga
ega bo’lib, bir bemorni bir xil metod yordamida vrachlarning
kuzatishlariga asoslangan. Bu davrda psixodiagnostika metodlari sifat
xarakteriga ega bo’ldi. Masalan, frantsuz shifokori J.Eskirol aqli zaiflikning har
xil shakllarini o’rganib, intellektni o’lchashda nutqning rivojlanishiga e`tibor
berish kerak degan xulosaga keldi (E.Segen aqli zaif bolalarni tashxis qilish
testini ishlab chiqdi). XIX asrning ikkinchi yarmida psixologiya fani
individual farqlarni miqdoriy ifodalash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ayniqsa,
bunga V.Vundt tomonidan dastlabki eksperimental laboraloriyaning ochilishi va
Veber, Fexner ishlari turtki bo’ldi. XX asrning 20-yillarida psixodiagnostika
mustaqil fan sifatida rivojlanadi. Bunga quyidagi tarixiy hodisalar asosiy sabab
bo’lib 1884 yil Angliyada F.Galton tomonidan antropometrik laboratoriya tashkil
etilishi xizmat qiladi.
Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri.
Psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida eksperimental asosda vujudga keldi.Psixologik diagnostikaning vujudga kelishida F.Galton (1879); J.Cattell (1890); H.Ebbinghaus (1891); A.Binet va V.Henri (1896); A.Binet va Th.Simon(1905)larning ishlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu tadqiqotlarda individual farqlarni o‘rganishning yangi statistikaga asoslangan quroli – test ishlatila boshlagan. Psixologiyada ilk bor psixometrik yo‘nalish asoschisi F.Galton testlar yaratgan. Dastlabki test aqlni o‘lchash metodi sifatida qo‘llanildi, keyinchalik esa undan shaxsni, uning reaktsiyalarini o‘rganishda foydalanila boshlandi. Psixodiagnostikada yangi metodlarni ishlab chiqish psixiatrik shifoxonalarning ehtiyojlari tufayli kuchaytirildi. Keyinchalik esa kasb tanlash ishlari bilan bog‘liq psixotexnikaning taraqqiyoti bilan yanada rivojlantirildi.