Fanning maqsad va vazifalari. “Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish” fanini o‘qitishdan maqsad- informatika o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan bilimlar va amalda qo‘llash uchun ko‘nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo‘lgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Fanni o‘qitishdagi vazifalar:
zamonaviy axborot texnologiyalari orqali olinayotgan ma’lumotlarning qanday xosil qilinishi va ulardan foydalanish haqida ma’lumotlarni berish;
kompyuter garfikasi haqida ma’lumotlarni berish;
rastrli va vektorli kompyuter grafikasining imkoniyatlarini ochib berish;
CorelDraw dasturida ishlash imkoniyatlarini va unda bezash ishlarini o‘rgatish;