Kafedra: tibbiyot xizmatni tuzishi va taktikasi


-§. Xalqaro bo‘lmagan tusdagi mojarolar va xalqaro gumanitar huquq



Yüklə 34,17 Kb.
səhifə7/7
tarix07.01.2024
ölçüsü34,17 Kb.
#212072
1   2   3   4   5   6   7
DILXUSH

10-§. Xalqaro bo‘lmagan tusdagi mojarolar va xalqaro gumanitar huquq

  • 10-§. Xalqaro bo‘lmagan tusdagi mojarolar va xalqaro gumanitar huquq
  • Xalqaro bo'lm agan tusdagi m ojarolar sonining ortib borishi va ular o'ziga xos shafqatsizliklarga ega ekanligi m unosabati bilan bunday mojarolarga nisbatan muayyan gum anitar norm alarni joriy etish alohida ahamiyat kasb etadi. Xalqaro bo'lm agan tusdagi mojarolarga tegishli, umum e’tirof etgan norm alar hamma uchun bir xil bo'lgan 1949-yilgi Jeneva konvensiyasining 3-moddasida ko'zda tutilgan. Konvensiyaning 3-moddasi minimal talablardan iborat. Unga ko'ra harbiy harakatlarda ishtirok etm ayotgan, shu jumladan, ishtirok etishni to'xtatgan shaxslar insoniy muomalaga loyiqdir. Bunday shaxslarning hayotiga va jismoniy daxlsizligiga suiqasd qilish, garovga olish, insoniy qadr-qimmatini oyoqosti qilish, sudlovsiz aybdor qilish va jazolash man etiladi. Ushbu m oddada qayd etilishicha, undagi qoidalar qo'llanilishi nizolashayotgan tomonlaming yuridik maqomiga daxl qilmaydi va shu sababli qurolli qo'zg'alon ishtirokchilari qo'lga olinganidan keyin sudga berilishi mumkin. Jeneva konvensiyasiga 1977-yilgi qo'shimcha protokol xalqaro bo'lmagan tusdagi mojarolarga bag'ishlangan. U nda inson huquqlari xalqaro bo'lmagan tusdagi qurolli mojarolarda ham hurmat qilinishi zarurligi ta’kidlanadi. Ichki mojarolarga o'smirlar tobora ko'proq jalb etilmoqda. Ikkinchi qo'shimcha protokolda 15 yoshgacha bo'lgan bolalar qurolli mojarolarda ishtirok etishining taqiqlanishi ko'zda tutilgan. M a’lumki, C hechenistonda ushbu qoidaga amal qilinmadi. Agar, o'smir mojaroda ishtirok etgan va qo'lga olingan bo'lsa, u holda unga zarur kafolatlar, shu ju m ­ ladan, ta ’lim olishni davom ettirish imkoniyati beriladi. Aholini majburiy ko'chirishga faqatgina ularning xavfsizligini ta ’minlash nuqtayi nazaridangina yo'l qo'yiladi. Madaniyat muassasalari va yodgorliklar saqlanishi zarur, bu qoida diniy obyektlarga ham taalluqlidir. Ichki mojarolar chog'ida bunday muassasa va obyektlar ko'pincha om m aviy tarzda vayron etib yuboriladi. Harbiy harakatlar olib borishning usullari va vositalariga kelsak, bunda xalqaro mojarolarga taalluqli tegishli normalarga amal qilish maqsadga muvofiqdir. Iroq hukum ati 1980-yilda kurdlar qishloqlariga qarshi kim ­ yoviy qurol ishlatgani dunyo miqyosida keng ko'lamli noroziliklarga sabab bo'ldi. Qizil Xoch va Qizil Yarim oy milliy hamjamiyatlari mojaro qurbonlariga insonparvarlik yordam i ko'rsatishlari m um kin. Fuqarolarning yaradorlar va bem orlarni yig'ib olish ham da ularga yordam ko'rsatish borasidagi harakatlari rag'batlantiriladi. Agar aholi zarur ta’m inotning yetishmasligidan jabrlanayotgan bo'lsa, u holda davlatning roziligiga ko'ra, xorijiy yordam barcha aholi uchun bir xil asosdagi ta ’m inot sifatida qabul qilinishi mumkin. Nizolashayotgan tom onlar yaradorlarni qidirish va qutqarish, ularga insoniy m uom ala qilish, shu jum ladan, tibbiy yordam ko'rsatish borasida barcha zarur choralarni qo'llashga majbur. Tibbiy va diniy xodimlar hurm at va him oyadan foydalanadilar. Tibbiyot muassasalari va transporti hujum uchun nishon bo'lmasligi kerak. M asalan, Budyonnovskda dudayevchilar kasalxonaga hujum qilgani va bem orlarni garovga olinganini eslash kifoya. Tibbiyot muassasasi yoki transporti harbiy m aqsadlarda foydalanilganda ularga homiylik to'xtatiladi. Tibbiyot muassasalarini belgilashda xalqaro mojarolar davrida qo'llaniladigan belgilardan foydalaniladi. X alqaro bo'lm agan tusdagi m ojarolarda «harbiy asir» atam asini qo'llash ham yuridik, ham siyosiy jihatdan noto'g'ridir. Bu yerda gap «ushlab turilganlar» haqida bormoqda va ular harbiy asir m aqom iga ega emas. Shu bilan birga, ulaming muayyan huquqlari bor. U lam i saqlab turish va majburiy m azm un kasb etishi m um kin bo'lgan ishlarga jalb etishning um um iy shart-sharoiti mahalliy aholi foydalanadigan sharoitlar bilan bir xil bo'lm og'i darkor. Q am oqda saqlash joylarining shart-sharoiti xalqaro m ojarolarda harbiy asirlar va muayyan hududga joylashtirilgan shaxslar lagerlari uchun ko'zda tutilgan sharoitlarga o'xshash bo'lishi, xususan, jang m aydonidan uzoqda joylashishi va tibbiy yordam ko'rsatish yo'lga qo'yilishi zarur. Yozishmalar uchun ruxsat etiladi, ammo u cheklab qo'yilishi ham m um ­ kin. Ushlab turish tugagan paytdan e’tiboran ozod etilganlam ing xavfsizligini ta ’minlash choralari ko'riladi. Tinch aholi ichki m ojarolar chog'ida jiddiy xavf-xatar ostida qoladi. 1977-yilgi qo'shim cha protokolda bunga alohida e ’tibor qaratilgan. Protokolga muvofiq, aholiga hujum qilinishi mumkin emas, aholini qo'rqitish maqsadida biror-bir xatti-harakatni amalga oshirish, shuningdek, ta h ­ did qilish m an etiladi. Tinch aholi hayoti uchun zarur bo'lgan obyekt - larga, shu jum ladan, oziq-ovqat zaxiralariga, ularni ishlab chiqarish joylariga, suv m anbalariga hujum qilish ham m um kin emas. Shuningdek, xatarli kuchlarga ega obyektlarga, masalan, dambalar, yadro elektrostansiyalari va tabiiyki, neft sanoati inshootlariga hujum qilishga yo'l qo'yilmasligi ko'zda tutilgan. O 'zbekiston Jeneva konvensiyalari va ularga qo'shim cha protokollarga 1993-yilda, Qurolli mojaro chiqqan hollarda m adaniy boyliklarning him oya q ilin ish i to 'g 'risid ag i konvensiyaga esa 1994-yilda qo'shilgan
  • 1. 1 Qarang: Saidov A. X. O'zbekiston Respublikasi va xalqaro gumanitar huquq/ Xalqaro gumanitar huquq: Jeneva konvensiyalari to'plami. Toshkent, 2002, 6—26-betlar

Yüklə 34,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin