Kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish asosiy xususiyatlar


Kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi



Yüklə 97,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü97,32 Kb.
#206498
1   2   3   4   5   6
4-mustaqil ish Jabborov O di11-20 bjb

Kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi
Korxonaning gullab-yashnashi, raqobat kurashiga dosh berish, o‘z quvvatini saqlab 
turish yoki oshirib borishi, uning o‘zgarib borayotgan sharoitlarga moslashishida 
tashkiliy 
struktura 
muhim 
omil 
bo‘lib 
qoladi. 
“Struktura” so‘zi lotincha bo‘lib, narsalar tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda 
joylashishi, tuzilishini bildiradi.Korxonaning boshqarish strukturasi deganda 
boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan 
bog‘langan turli boshqaruv organlari va bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi. Hozirgi 
kunda kompaniyalarning o‘z tashkiliy strukturasini qayta transformatsiya qilib, 
faoliyati va funksiyalarini iste’molchi talab-istaklariga to‘la moslashtirishga harakat 
qilmoqdalar.XX asrning 90-yillarida dunyodagi ko‘pgina kompaniyalarda beqiyos 
darajada strukturaviy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bunday o‘zgarishlardan maqsad 
iste’molchilarga xizmat qilish darajasini oshirish, keraksiz boshqaruv bo‘g‘inlarini 
yo‘qotish, yangi tovarlar kashf etuvchi va ishlab chiqaruvchi ishchi guruhlar tashkil 
qilishdan iborat. Ya’ni kompaniyada tashkiliy tizimni o‘zgartirish tadbirlari o‘tkazish 
orqali tez o‘zgaruvchan muhitga moslashib, keskin raqobat kurashini yengib, korxona 
samaradorligini oshirishdan iboratdir. Kichik biznes korxonasini bozor talabiga 
moslashishi uning vertikal tashkiliy strukturasini atroflicha tahlil qilishni talab qiladi. 
Tahlil asosida qayta tuzilgan struktura biznes faoliyatini yuqori darajada olib boradi, 
bozorning barcha subyektlari bilan doimiy aloqani ta’minlaydi. Korxona 
boshqaruvining tashkiliy tuzilma (struktura)si - bu bo‘limlar, ishlovchilar o‘rtasidagi 
maxsus ishlab chiqilgan aloqalar va munosabatlarning yaxlit tizimini o‘z ichiga oladi 
va uning doirasida ishlovchi odamlar oldiga qo‘yilgan maqsadga eng samarali yo‘l 
bilan erishish vazifasini bajaradi. Kichik biznes korxonasini samarali ishlashi uchun 
unga qaysi ixtisosdagi mutaxassislar qanday malakada, qanday shaxsiy fazilatlarga ega 
bo‘lgan qancha odamni birlashtirishi kerakligini aniqlab olishi kerak.

Yüklə 97,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin