K arim a q osim ova



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/286
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#207815
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   286
Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)

(b —p , d —t, v ~ f g —k,
Z~s
kabi) haqida dastlabki am aliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning 
talaffuzi va yozilishiga e’tibor qaratiladi.

va 

tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki 
tushunchalar beriladi, ulam i farqlash bo'yicha maxsus m ashqlar ham
uyushtiriladi.
Tutuq belgisi 
( ’) unli tovushdan so'ng kelsa, uni ch o 'zib talaffuz 
qilishga, undosh tovushdan so'ng kelsa. undoshni unlidan ajratib talaf­
fuz qilishga xizm at qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin 
uni qo'llashga doir ko 'n ik m alar shakllantiriladi.
Savod o'rgatish jarayonida harflam ing 4 xil (bosm a, yozm a, bosh 
va kichik) shakli va ularning ishlatilish o 'rn i o'rgatiladi.
O 'quvchilarni o'qishga o'rgatish b o 'g 'in asosida olib boriladi. 
B o'g'inlab o'qishga o'rgatish uchun so'zni b o 'g ’inga bo'lish, b o 'g 'in
chegarasini aniqlashni o'rgatish m uhim sanaladi. Savod o'rgatish 
davrida o 'quvchilar so'zlarni bo'g'inlarga to 'g 'ri ajrata olsalar, o'qish 
ko'nikm asini ham yaxshi egallaydilar.
O 'qishning dastlabki bosqichida orfografik o 'q ishdan foydalani­
ladi, asta-sekin orfoepik o'qish ko'nikm alari shakllantiriladi. Talaffuzi 
yozilishiga mos kelm aydigan tovushlar ishtirok etgan so 'z la r oldin 
orfografik, so 'ngra orfoepik o'q ib beriladi va ulam ing o'qilishi bilan 
yozilishi taqqoslanadi. O 'quvchilar muayyan darajada tushunchaga 
ega bo'lganlaridan so'ng orfoepik o'q ish m ashq qilinadi.
0 ‘qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi. 
O 'q ish ham , 
yozish ham m urakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jaray o n lar kichik 
yoshdagi o'qu v chidan iroda, aql, hatto jism oniy harakatni ham talab 
qiladi.
Kichik yoshdagi o 'q u v ch in i o 'qishga o 'rg atish d a quyidagilar 
kuzatiladi:
1. 
Bola o'q ish paytida bitta harfni ko'radi, uni bilish uch u n rasm - 
larni k o 'z oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflam i eslaydi, 
esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq o'qituvchi aytishga yo'l 
qo'ym aydi, undan b o 'g 'in n i aytishni talab qiladi. O 'quvchi ikkinchi 
harfni eslab olguncha, birinchisi esdan chiqib qoladi yoki ularni qo'shib 
b o 'g 'in , b o 'g 'in d an so'z hosil qilguncha, o'qish jarayoni sustlashadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. K o 'p in ch a bola o'qiyotgan qatorni y o 'q o tib qo'yad i, harfni, 
b o 'g 'in n i, so 'zn i qayta o'qishiga to 'g 'ri keladi. O 'quvchining diqqati 
kengaygan sari b o 'g 'in va so'zni butunligicha idrok eta boshlaydi.
3. O 'qishni endi o'rganayotgan bola o 'q iy o tgan m atn m azm unini 
o'zlashtirm aydi, chunki u so'zni qanday o 'q ishga ko 'p kuch beradi. 
Darslikdagi rasm lar, o'qituvchining savollari, ko'rgazm ali qtrrollar 
ularning ongli o 'qishlarini ta ’minlaydi.
4. Tajribasiz kitobxon so 'z n i birinchi b o 'g 'in ig a yoki rasm ga qarab 
topadi. Bu x ato o 'q ish g a olib keladi. B unday xatoning oldini olish 
uch un so 'z b o 'g 'in la b o 'q itila d i, so 'zn i b o 'g 'in -to v u s h to m o n d an
tahlil qilishga, to v u sh -h a rf to m o n d an analiz va sintez qilishga diqqat 
qaratiladi.
O 'qishni muvaffaqiyatli egallashlari u c h u n o 'quvchilam ing idro­
ki, xotirasi, tafakkuri va nutqini o'stirishga katta e ’tib o r berish ke­
rak. Savod o 'rg atish da fonem atik eshitish qobiliyatlarini o'stirishga, 
y a’ni tovushni an iq talaffuz qilishga, boshqa tovushlardan farqlashga 
o'rgatish, b o 'g 'in yoki so 'zd an o 'sh a tovushni ajrata olish ko'nikm asini 
o 'stirish m uhim sanaladi.
F onem atik eshitish imloviy m alakani hosil qilishning m uhim
shartidir. Shu bois savod o'rgatish davrida eshitish idrokini o'stirish 
uchun ham m axsus xilm a-xil m ashqlar o 'tk azib borish maqsadga 
m uvofiqdir.
Yozuv jarayo nid a o 'q u v ch ilar ruchkani to 'g 'ri ushlashni, daftarni 
to 'g 'ri q o 'yishn i, harfni yozishda yozuv chiziqlari, ular bo'ylab q o 'ln i 
harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga 
sig'ish-sig'm asligini m o'ljallashi lozim. Bu jarayon o 'quvchini aqliy 
va jism on an ch arch atad i, ayniqsa, ularning barm oq va yelka m uskul- 
lari charchaydi. Shuning uchun ham darsda ikki-uch m arta daqiqali 
jism oniy m ashqlar o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Yozuv jarayo n ida o'q uvch i aichkani q o g 'o z ustida sekin, ishon ch ­
sizlik bilan q im irla ta d i, bir harfni yozib to 'x ta y d i va n am u n a bilan 
solishtirad i, b a ’zan ch iziq d an chiqib ketadi, n o to 'g 'rila rin i bo'y ab , 
to 'g 'rila y d i. B unda u o 'q itu v ch ig a har d aq iq a d a m u ro jaat qiladi, 
uning qo'li va boshi yozishda birgalikda h arakat qiladi. Yozuv jarayoni 
o 'q u vch ilam ing ongli harakat qilishlarini ham talab etadi. Shu sababli 
o 'qituv chi yozuv jarayoniga sabr-qanoat bilan katta e ’tib o r qaratishi 
juda m uhim . Y ozuvning chiroyli va imloviy jih a td a n to 'g 'ri bo'lishi 
savodxonlikning yuksak belgisidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Savod o‘rgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy tahlili*
Eski m aktabda o'qish bilan yozish bir vaqtda o'rgatilm agan, a w al 
faqat o'q ish o'rgatilgan. O 'qish hijo (b o 'g 'in ) usuli bilan o'rgatilgan. 
O 'qishga o 'rgatishning „hijjai qadim iy" deb atalgan usuli uzoq vaqtlar 
davom ida hech qanday o'zgarishsiz davom etib kelgan.
Hijo usulida o'qishga o'rgatishni 3 bosqichga b o'lish m um kin:

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   286




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin