14
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
viy immunitet va ularda ilmiy va dunyoviy qarashlarini shakllantirish dolzarb masala
hisoblanadi. Har qanday jarayonning salbiy va ijobiy tomonlari bo‘lganidek, internet
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining salbiy tomonlari ham mavjud. Tan olib
aytishimiz kerakki, internet va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanmagan
vaqtlarda yoshlar ilm olishga, kitob o‘qishga qiziqishgan, sport mashg‘ulotlari bilan
shug‘ullanishgan. Bugungi yoshlarning qiziqishi esa aksincha. Endi ularning ko‘pchiligi
internet kafelari, kompyuter o‘yinlari markazlariga intilmoqdalar. Ammo ular bu yoshida
bilim egallash, kasb-hunar o‘rganish, o‘zini kelajagini yaratish uchun harakat qilishlari
lozim. Internetda tarqaladigan turli yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan
xabarlar, be’mani rasmlar, videolar va kompyuter o‘yinlari natijasida yoshlarning sa
-
viyasi pasayib, hayotga, atrof-muhitga va insonlarga bo‘lgan munosabati tubdan yo
-
monlashib bormoqda. Beshavqat kompyuter o‘yinlari yoshlar ongini zaharlamoqda.
Shoir Ahmad Shavqiy aytganidek, “Millatlar ahloqi bilan millat bo‘ladi, ahloqi ketsa,
millat ham ketadi”. Millatimizning uzoq yillik tarixi mavjud. Ushbu davrlar mobaynida
qanchadan-qancha mutafakkirlar, olimlar, ulamolar, din peshvolari yetishib chiqdi. Ular
dunyo olimlari va mutafakkirlari tomonidan tan olinib, jahon sivilizatsiyasiga munosib
hissalar qo‘shdilar. Bugungi kunga kelib esa bizni eng qiynayotgan muammolardan
biri, aynan yoshlarning intellektual salohiyati va tafakkurining sustligi, bu esa ularning
aynan internetdan foydalanishida ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: