Jizzax davlat politexnika instituti


MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR MUSHTARAKLIGINI TAMINLASH YO’LLARI



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə2/4
tarix13.03.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#87692
1   2   3   4
MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR DIALEKTIKASI

MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR MUSHTARAKLIGINI TAMINLASH YO’LLARI
O’zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erishga-nidan keyin milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligini ta‟minlashga alohida e‟tibor berila boshlandi. Bu hol qator tadbirlar, sa‟y-harakatlarda o’z ifodasini topmoqda. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini ta‟minlashda ko’ppartiyaviylikning qàror topayotganligi real shart-sharoit vazifasini o’tayotir. O’z navbatida, ko’ppar-tiyaviylik jamiyatimiz turmush tarziga demokratik tamoyillarni kirib kelayotganligining muhim alomatidir. Ko’ppartiya-viylikning qàror topishi fuqarolar uchun tanlash, saralash, musobaqalashish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Fikrlar, mulohazalar rangba-rang bo’lishi uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Chunki siyosiy partiyalar xalqning muayyan qismini o’z atrofida birlashtiradi. Siyosiy partiyalarning diqqat markazida davlat hokimiyatini demokratik saylovlar orqali egallash turadi. Xuddi shuning uchun ham siyosiy partiyalar davlatni idora qilish vakolatiga ega bo’ladi. Davlat hokimiyatini egallash esa, o’z navbatida, siyosiy partiyaning dasturiy maqsadlari, xalqqa bergan saylovoldi va‟dalarini bajarish uchun rasmiy muruvvat bo’lib xizmat qiladi. O’zbekistonda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mushtarakligiga asoslangan yangi jamiyat qurilishi boshlanishi bilan turli partiya va harakatlarning paydo bo’layotgani ijo-biy hol qarashlarni rangba-rangligi to’g’ri yo’lini tanlab olishga yordam beradi. qaysi g’oya insoniy bo’lsa, odamlarga foydasi tegsa, o’sha g’oya jamiyatga kerak.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini ta‟minlashda mamlakatlararo madaniyat kunlarining ûtkazi-lishi katta ahamiyatga ega bo’layotir. Chunonchi, 1994 yil 23 mayda O’zbekistonda qozog’iston kunlari, 1995 yil may oyida Qozog’istonda O’zbekiston kunlari, 1996 yil aprel oyida O’zbekis-tonda Tojikiston kunlarining ûtkazilishi o’zbek, qozoq, tojik xalqlari orasidagi qadimiy do’stlik, birodarlik, yaxshi qo’shnichilik aloqalarini mustahkamlashda salmoqli hissa qo’shdi. Shuningdek, davlatlararo madaniy-ilmiy aloqalar, xususan xalqaro ilmiy anjumanlar, kongresslar, konfe-rensiyalarni hamkorlikda o’tkarilishi ham milliy va umumin-soniy qadriyatlarning mushtarakligini ta‟minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, 1995 yil 18-CAPut!‟ sentabr kunla-ri BMT rahbarligida Nukusda o’tkazilgan Orol dengizi havza-sidagi davlatlarning barqaror rivojlanishi muammolariga bag’ishlangan; 1995 yil 2-3 oktabrda Toshkentda “Germaniya va O’zbekiston: tarixiy, siyosiy va strategik jihatdan qiyoslash muammolari” mavzuida o’tkazilgan xalqaro konferensiyalar ana shunday ahamiyatga ega edi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligini ta‟minlashda mamlakatimizda “Turkiston-umumiy uyimiz” shiori ostida amalga oshirilayotgan tadbirlar, xalqaro sport musobaqalari, ayniqsa milliy kurash va tånnis bo’yicha o’tkazilgan ìusobaqalarning hissasi ham be’qiyos bo’ldi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mamlakatimizda insonparvar, demokratik jamiyat barpo etishning boshlanishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligining ta‟minlanishi uchun real shart-sharoit yaratdi. Bu borada O’zbekistonda o’tkazilayotgan qator anjumanlar, tadbirlar millatimiz tarixi davomida vujudga kelgan qadriyatlarni umumjahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida shakllangan qadriyatlar bilan biriktirish imkoniyatini yaratmoqda.
Ko’p millatli mamlakatimiz sharoitida milliylikka asos-langan baynalmilal tarbiya milliy va umuminsoniy qadriyat-lar mushtarakligini ta‟minlashning eng muhim shartdir. Respublikamizda insonparvar, demokratik jamiyat qurish uchun kurash avj olgan hozirgi sharoitda baynalmilal tarbiyani yangi bosqichga ko’tarmoq uchun, eng avvalo, milliylik va baynal-milallik orasidagi dialektik aloqadorlik mexanizmini to’la tushunib olmoq darkor. Milliylik va baynalmilallik tuyg’ulari inson faoliyatida o’z ifodasini nimalarda topadi? Milliylikning baynalmilallikka o’sib o’tish jarayoni qanday sodir bo’ladi? Insondagi milliy va baynalmilal his va tuyg’u-larning mustahkamligini ifodalovchi mezonlar nimalardan iborat? Odamlarda chinakam baynalmilal qadriyatlarni shakl-lantirish uchun qanday tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish zarur? Milliylik deganda, eng avvalo, o’z millatini ulug’lash va uni himoya qilish, milliy g’urur va nafsoniyat tuyg’usi, o’zining tili, adabiyoti, madaniyati va san‟ati, dini, tarixi va urf-odatlari, barcha ma’naviy qadriyatlarini qadrlash, o’zi tug’ilib, voyaga yetgan ona diyorini ardoqlash, uning tabiati, daryolari, ko’llari, musaffo osmoni bilan faxrlanish tushuniladi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin