55
turmushda uchrayDigan ba`zi bir yaramas yurish-Turish ko`RishmlariGa, iLlatlarigA, sarqitlariga
qaqshatkich zarba berish, ularning ta`siri yigit va qizlarni asrash, yot tashviqot mohiyatiga qarshi
ko`rash olib borish pedagoglar jamoasining bosh vazifasidir. O`spirinlarda balog`atga etganlik tuyg`usi
takomillashib borib, o`z-o`zini qaror toptirish, o`z ma`naviy qiyofasini ifodalash tuyg`usi o`sib
o`tadi. Bu narsa ularning alohida shaxs ekanligini tan olishga intilishida o`z ifodasini topadi. Buning
uchun ayrim yoshlar turli modalarga mayl qo`yish, tasviriy sanoatga, musiqaga, kasb-hunarga,
tabiatga, maftunkor qiziqishlarini namoyish qilishga harakat, qiladilar, o`quv va mehnat jamoalari
ta`sirida matonat, jasurlik, sabr-toqat, kamtarlik, intizomlilik, alollik kabi insoniy fazilatlar
takomillashadi. Xudbinlik, loqayddik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, qo`rqoqlik, g`ayirlik
singari illatlarning barham topishi tezlashadi.
O`spirinlar shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlarining rol`i alohida ahamiyat kasb
etadi. Ularda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat`iyatlik, mas`uliyatlik, o`z harakatlarini tanqidiy
baholash singari fazilatlari barqaror xususiyat kasb etib boradi. O`spirin yigit va qizlarning
jamoatchilikda faol ishtirok etish orqali muayyan tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo`ladi. O`zining
kimligi, qandayligi, qobiliyatlari, o`zini nimaga hurmat qilishini aniqlashga intiladirlar. Dust va
dushmanlarining kimligi, o`z istaklari, o`zini va tevarak-atrofni, olamni yaxshi bilishi uchun nima qilish
kerakligini anglashga harakat qiladi. Ma`lumki, o`spirinlarning hamma savollari anglangan bo`lmaydi.
Ba`zan o`spirinlar o`zlaridan hech qanoatlanmaydigan, o`z oldilariga haddan tashqari kup vazifalar
qo`yadigan, Lekin uning uddasidan chiqa olmaydigan bo`ladi. Mana bo`lardan ko`rinib turibdiki,
o`spirinlar o`z-o`zini analiz qilish teranligi va yuksak talablarni bajarish kerakligini o`zida aks ettira
boradi. Bu esa uspirinlarning kelgusi yutuqlari shartlaridan biridir.
O`z-o`zini hurmatlash va uning xususiyatlari quyidagilardan ibdrat, Demak, yuqorida ko`rsatib
o`tilganidek, shaxsning erta o`spirinlikdagi eng muhim xislatlaridan biri o`z-o`zini, hurmatlash, o`z-
o`ziga baho berish hamda o`zviy shaxs deb tan olish yoki olmaslik darajasidir. O`spirinlar o`zlarida
shaxsning muayyan kompleks sifatlarini hosil qilishga intiladilar. O`z-o`zini tarbiyalash masalalarida bir
butun ma`naviy psixologik qiyofasini shakllantirish masalasi qiziqtiradi. Bunda shaxs ideali va
na`munaning mavjudligi katta ahamiyatg`a ega. Masalan; ug`il bolalar, qahramonlik, yaxshi ota,
o`qituvchi, vrach yoki badiiy asar haqida kinofil`mdagi obrazlarni o`zlariga ideal deb bilsalar; qizlarimiz
mehnatkash ayol, jozibali jamoat arbobi, nazokatli uy bekasi yoki ilmiy xodim va hokazo. O`zaro
munosabat va emotsional hayot o`z mavqeini belgilashning murakkab muammolarini uspirinlar o`zi hal
qila olmaydi. Bu masalani uspirinning ota-onasi, o`z tenpqurlari, o`qituvchilar ishtarokida ularning
qullab-quvvatlashida hal qila oladi.
Dostları ilə paylaş: