Jarohat to’g’risida tushucha, turlari, belgilari



Yüklə 85,39 Kb.
səhifə2/3
tarix17.03.2023
ölçüsü85,39 Kb.
#88460
1   2   3
Jarohat to’g’risida tushucha, turlari, belgilari-fayllar.org

Operasiya jarohatlarini aytmaganda, jarohatlarning hammasi birlamchi tartibda infeksiyalangan, deb hisoblanadi. Jarohatlovchi narsa, tuproq, kiyim bo’laklari bilan birga, havodan va jarohatga qo’l urilgan mahalda unga mikroblar tushadi. Jarohatga tushib qolgan mikroblar uning yiringlab ketishiga, saramas singari yallig’lanishga aloqador asoratlarning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. 

Havosiz joyda ko’payadigan va anaerob infeksiyaga sabab bo’ladigan mikroblarning jarohatga tushib qolishi hammadan hatarli. Jarohatlarning yana bir xavfli asorati ularga qoqshol mikrobi yuqib qolishidir.

Jarohatlarni mikroblar yuqishidan ehtiyot qilishning chorasi jarohatlangan joyga mikroblar o’tishiga yo’l qo’ymaydigan aseptic bog’lamni mumkin qadar ertaroq qo’yib bog’lashdir. (Quyidagi rasmlarda jarohat turlari ko’rsatilgan)

 



JAROHAT TURLARI

 2. Qon ketishi jarohatlarning bevosita hayotga xavf soluvchi eng xatarli asoratdir. Qon ketishi yoki qonash deganda shikastlangan tomirlardan qon chiqib turishi tushiniladi. Qon ketishi birlamchi yoki ikkilamchi bo’lishi mumkin. Tomirlar shikastlangandan keyin o’sha zahoti qon keta boshlashiga birlamchi qon ketishi deyilsa, birmuncha vaqtdan keyin qon keta boshlashiga ikkilamchi qon ketish deyiladi.

Shikastlangan tomirlarning tabiatiga qarab arteriyalardan, venalardan, kappillyarlardan qon ketishi va parenximatoz qon ketishi tafovut qilinadi.

Arteiyalardan qon ketishi hammadan xatarlidir, bunda qisqa muddat ichida organizmdan talaygina miqdor qon ketib qolishi mumkin. Arteriyadan qon ketishining alomatlari chiqayotgan qonning qirmizi qizil rangda bo’lishi, uning otilib- otilib chiqib turishidir. Venalardan qon ketishi arteriyalardan qon ketishidan farq qilib, birmuncha to’qroq rangda bo’ladigan qonning uzliksiz ravishda oqib chiqib turishi bilan xarakterlanadi., bunda qon otilib chiqmaydi. Kappillyarlardan qon ketishi teri, teri osti kletchatkasi va muskullardagi mayda-mayda tomirlar zararlanganda ko’riladi. Kappillyarlardan qon ketayotgan mahalda jarohatning butun yuzasi qonab turadi. Parenximatoz qon ketishi ichki organlar: taloq, buyrak, o’pka zararlanganida boshlanadi.


Yüklə 85,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin