Jamiyatning ijtimoiy,siyosiy va ma'naviy tizimi



Yüklə 118,5 Kb.
səhifə2/15
tarix08.04.2023
ölçüsü118,5 Kb.
#95120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Jamiyatning ijtimoiy,siyosiy va ma\'naviy tizimi

N.I.Kareev o‘zining «Sotsiologiyani o‘rganishga kirish» (1897) asarida shunday yozadi: «Davlat, huquq va qishloq xo‘jaligidan tashqari jamiyat hayotida shunday voqyea va hodisalar bor ediki, ularni bu uchta soha nuqtai nazaridan tadqiq qilishning iloji yo‘q edi. Bu jamiyatning diniy madaniyati, tili, ahloqi va an'analari, e'tiqodi, dunyoqarashi, san'ati va adabiyoti. Biz jamiyatni yuqorida aytib o‘tilgan uchta soha nuqtai nazaridangina ko‘rib chiqsak, jamiyat to‘g‘risidagi tasavvurimiz juda tor bo‘lib qoladi. Jamiyatning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy sohalarini birgalikda ko‘rib chiqish orqali ham jamiyat hayoti nima ekanligi to‘g‘risida to‘laqonli tasavvur olib bo‘lmaydi3”.

Jamiyat — tabiatning bir qismi, ya`ni ijtimoiy borliq bo’lib, odamlar uyushmasining mahsus shakli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar yig`indisi, degan turlicha ta`riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo’ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi.

Jamiyat moddiy va ma`naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma`naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko’proq e`tibor berilar. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Huddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma`naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir. Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma`naviy manfaatlarini uyg`unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani ta`kidlangan. Inson ma`naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi davrda aholi ma`naviyatini yuksaltirishga, milliy G’oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katta e`tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo’lgani uchun ilmsiz bo’lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz bo’lgani uchun qashshoq bo’ladi. Shuning uchun yurtimizda halq ma`naviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta`minlashga katta e`tibor berilyapti.


Yüklə 118,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin