Jahongashta adib


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 122,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix07.01.2024
ölçüsü122,82 Kb.
#204723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
379-390 (2)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 384  www.ares.uz
 
yoshdagi o`quvchilarga ham qiziqarli bo`ladi, naf keltiradi. Xudoyberdi 
To`xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sariq devning o`limi” asarlari xuddi shunday 
qadr-qimmat kasb etadi. Xudoyberdi To`xtaboyev kichkintoylar hayotini ularning ota-
onalari turmushidan ajratib olib tasvirlamaydi va bu borada har xil marazlarni fosh 
etishga alohida ahamiyat beradi.” Jumladan “Sariq devning o`limi” xotimasida 
quyidagilarni o`qiymiz: “Bu yerga o`g`irlik, poraxo`rlik, yulg`uchlik, tuxmatchilik, 
qotillik, qalloblik, ochko`zlik, manmanlik, maishatparastlik, xudbinlikdan iborat 
sarqitlar yig`indisi – Odil Battol Abbosov ko`mildi. Tug`ilgan yili ma`lum emas. 14 
iyulda tong pallasida joni uzildi”. (3; 75) 
Sarguzashtlilik zaminida jamiyatdagi illatlarga qarshi kurashga qaratilishi 
jihatidan “Shirin qovunlar mamlakati yoxud sehrgarlar jangi”, “Mungli ko`zlar” 
romanlari “Sariq devni minib”, “Sariq devning o`limi” romanlarining mantiqiy 
davomidir. Agar “Sariq devni minib” romani sujetida sehrli qalpoqcha alohida o`rin 
tutsa, “Shirin qovunlar mamlakati”da Akromning hid biluvchi burni yetakchi o`rinda 
turadi.
“Folklorda, yozma adabiyotda ko`z jodusi, oyoq mo`jizasi, qo`llar asrori haqida 
asarlar ko`p ediyu, ammo hiz biluvchi burunning karomatlari hech qayerda 
ko`rsatilmagandi. X.To`xtaboyev Akromning (“Shirin qovunlar mamlakati”…) hid 
biluvchi burnidan yumor yaratish manbai sifatida foydalanadi. Muhimi, g`aroyib 
fazilatli burni tufayli qahramonimiz katta bir afsonaviy mamlakatning qahramoni 
darajasiga ko`tariladi”. (2; 18-19-betlar). 
Bu jihatdan, ayniqsa, “Qizg’anchiq” hikoyasi ibratlidir. “Qizg’anchiq” biror 
narsasini o’rtoqlariga ravo ko’rmaydigan Shavkatjon degan bolaning qilmishlariga 
bag’ishlanadi. O’zi qiynalib qolganida o’rtoqlarining beminnat yordam ko’rsatishi 
uning tepsa-tebranmas qalbini larzaga keltiradi, boshqalarga bo’lgan munosabatini 
tubdan o’zgartirib yuboradi. Shavkatjon timsolidagi qizg’anchiq bolaning qayta 
tarbiyalanishi hali oq bilan qorani ajrata olmaydigan kitobxonlar uchun chinakam ibrat 
namunasidir. 
“Aka-uka Omonboy bilan Davronboy qissasi” qahramonlarida maktabgacha 
yoshdagi bolalarga xos qiziquvchanlik, arzigan-arzimagan narsasi bilan maqtanish, 
o’yinqaroqlik va kattalarga taqlid kabi xislatlar umumlashtiriladi. 
Omonboy bilan Davronboyning o’ziga xos soddaligi ham, quvligi ham bor. Ular 
atrof-muhitga, odamlarga bolalik nigohi bilan qaraydilar. Qissaning tarbiyaviy 
ahamiyati o’zbek bolalar adabiyotida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotidan 
olib yozilgan dastlabki yirik asarlardan bo’lganligi bilan ham e’tiborga loyiqdir. O’tish 
davrida hali tegishli hayotiy tajribaning yo’qligi tufayli ko’pchilik bolalarning turmush 
mashaqqatlari qarshisida dovdirab qolib, o’zlarini o’qqa-cho’qqa urishlari, hatto 



Yüklə 122,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin