Marksizmning paydo bo‘lishi Yevropaning bir qator mam-
lakatlarida ishchilar harakatining o‘sishi, ayniqsa, Fransiyadagi
inqilobiy voqealar bilan bog‘liq edi. Marks va Engels ka-
pitalizm o ‘z rivojlanishida mehnat bilan kapital o ‘rtasida
kelishib b o ‘lmaydigan qarama-qarshilik tug‘dirishiga isho-
nardi. Marks kapitalizm taraqqiyoti sinfiy ziddiyatning
o‘sishiga olib kelishini ham aytib o‘tgandi. Uning fikricha,
kam sonli kapitalistlar bilan borgan sari ko‘payib boradigan,
juda og‘ir hayot kechiradigan va hech qanday xususiy mulkka
ega bodmagan ko‘p sonli ishchilar — proletariat o‘rtasidagi
ziddiyat to ‘xtovsiz keskinlashib boradi va kom m unistik
inqilobga olib keladi. Ammo kapitalizm rivojlanishining keyingi
bosqichi Marksning ushbu fikrini tasdiqlamadi.
Dostları ilə paylaş: