35
— Ruxsatnomangizda nega viza
1
yo‘q? — deb Shmultke
dahshat bilan so‘radi.
— Bir emas uchta viza bor, to‘rtinchisini qo‘yishga odam
topilmadi-da. Hamma uyiga ketish bilan ovora-yu, viza qo‘yish-
ga qo‘llari tegarmidi, — deya g‘ijindi birinchisi.
Shmultke eskadroni Avstro-Vengriya armiyasidan qochib
ketayotgan dezertirlarni poyezdlardan ushlashga chiqarilgan edi.
Shu munosabat bilan uch kundan beri stansiyada tinimsiz navbat-
chilik qilib kelayotgan Shmultke alamini oladigan odamlar topil-
ganidan o‘shqira boshladi:
— Bu qanday turish? Qotib tur! Zobit bilan qanday turib
gaplashish kerakligini o‘rgatib qo‘yaman sen iflosga! Qaysi
polkdansan? Nega pogoning bilan nishon yo‘q? Dezertirlik qil-
yapsanmi, ablah?
Askar tovushini pasaytirib:
— Men qandaqasiga dezertir bo‘lay? Rossiyaga asir bo‘lib
tushgan edim, endi yurtimga kelyapman, — dedi.
Shmultke ushlanganlarning hujjatlarini tekshirib chiqdi.
Harbiy asir Mechislav Pshigodskiyning titilib, mog‘orlab ketgan
guvohnomasiga Kiyev komendaturasining shtampi bosilgan va
qisqacha qilib: “Tekshirildi. Nogiron. Yurtiga ketish uchun rux-
sat etildi”, — deb yozilgan edi. Ikkinchi guvohnoma Varshava
vodoprovodi montyori Sigizmund Rayevskiyniki bo‘lib, bunga
ham yurtiga, ketish uchun ruxsat berilgan edi.
— O‘n yettinchi yildan keyin Rossiyada nima qilding?
— Kartoshka kovladim, ober-leytenant janoblari.
Shmultke askarning javobida yashirin bir mazax borligini
sezdi.
— Mayli, ishingni tekshirib bir yoqlik qilgunimizcha o‘ti-
rib turasan, — dedi. Keyin novcha bo‘ylisiga qarab, ixtiyorsiz
1
Dostları ilə paylaş: