156
157
ga kelib o‘zligini anglay boshlagan ma’nisiz o‘tgan hayot
yo‘lini shafqatsizlarcha tanqid elagidan o‘tkazayotgan
adashgan
avlodning arzi holi, afsus-nadomatlaridir. U
faqat kechagi kuniga emas, hozirgi holatiga ham mardo-
na tanqidiy nazar tashlay oladi:
Aro yo‘l.
Vaqti
o‘tmayotgan odam iztiroblarin,
ikkilanishlarin suvga tashlaydi
tush kabi...
Yo‘l bilmagan odam,
adashgan odam
erkin bo‘lolmas
kishanlardan xalos bo‘lib ham...
Endi mana bu hayqiriq-alamli, dilo‘rtar nidolarga qu-
loq tuting-a:
Mohiyatni yemirib borar
so‘zlarning bu qadar beqadrligi.
Kecha dunyolarni yaratgan so‘z
bugun bozorlarda o‘tmaydi.
Kecha solih amallarga boshlagan kalom
bugun adashtirar fikrsizlik o‘rmonlarida.
Kecha suydirgan so‘z
bugun kuydirar.
Kecha mag‘zi butun bo‘lgan aqida
bugun o‘lib ketgan toshbaqaning
kosasiday bo‘m-bo‘sh yotibdi.
Kechagi alqashlar
bugungi qarg‘ish.
Kechagi umidlar
–
bugungi armon,
armon
–
qadrsizlangan umid.
Nihoyat, shoirning falsafiy umumlashmalari ham mar-
dona, o‘ta shafqatsiz:
Aslida, hidoyat –
nabiylarning adashishlari.
Sening adashishing nimadir
valilarning adashishlari oldida?
Sen qayon borursan muridi bo‘lib
o‘zi yo‘lni topolmay,
dunyoning bor gunohlarini
bo‘yniga olgan
piri murshidlarning ortidan?
Qaysi yo‘lga kirsang xatodir,
Kirmaslik – kufr.
Tarix xatolarning,
gunohlarning
solnomasidir.
Shoir xato va adashishlarga to‘la bu murakkab ko‘hna
dunyo nag‘malarini kuzatar, ular haqida alamli o‘y-mu-
shohadalarga to‘lar ekan, nihoyat, bir she’rida shunday
zalvorli, rumiyona savolni o‘rtaga tashlaydi:
Kimni olib ketdi bu fano,
Senimi, sendagi meni yo?
Menmi, senmi, ayt-chi, kim qani,
Qaysimizda adashdi dunyo?
158
159
Bu zalvorli savolning javobi ham jumboqlar bilan lim-
mo-lim:
Topmoq uchun izlamasliging,
Izlash uchun topmog‘ing darkor.
Bu tuyg‘ular
naqadar chigal,
Har chigali bir sirtmoq arqon.
Men o‘zimni senda suyarman,
Goho topib, goho topmayman.
Seni topganimdan kuyarman,
Kuyadirman topmagan sayin.
Qiziq hol, «Ayolg‘u» kitobini sinchiklab varaqlasangiz,
«sof modern» bitiklardan sekin-asta, bosqichma-bosqich
an’anaviylik tomon og‘ishni kuzatasiz. «Izlam» sarlavhali
«Rumiyona» deya izohlangan she’rda bu jarayon go‘yo
intihosiga yetgandek tuyuladi... Asov tuyg‘ular endi tar-
tibga – muayyan tizimga tusha boshlaydi, tinish belgilari
o‘z joyini topadi. Biroq ruh – ichki mohiyat, dunyoni yan-
gicha ko‘rish, butun murakkabligi, chigalliklari bilan idrok
etishga bo‘lgan mayl-ishtiyoq o‘zgarishsiz qolaveradi.
Muhimi shu!
Dostları ilə paylaş: