Xonaga fayz kirgandek, fikrlar chaqqon ishlab ketgandek, bu uch xil odam ortasida yaqinlik tugilgandek boldi. (Asq.M.) chizmasi:
boldi
2) Oldingi komponentlarda boglamagina emas, kesimlar yoki uning biror qismi qollanmasligi mumkin; bunda ham oxirgi gapning kesimi oldingi gaplar uchun umumiy bolib, ularga ham tegishli boladi (yalpi kesim): Shijoatli va kuchli botirlar urushda, xotin va farzandlar kambagallikda, dost va birodarlar boshga kulfat tushganda tanila-dilar. ("K.D.") chizmasi:
taniladilar
Ilm tahsil etmoq, savod chiqarmoq va har narsani atroflicha tushuna bilmoq hikmatga; tadbir, sabr, nazokat, marhamat aqlga; hayo, olijanoblik, ozini qolga olmoq va ozining haq-huquqini bilmoq qanoatga; togrshik, va'daga vafo, ezgu ishlar qilmoq va yaxish xosiyatli bolmoq adolatga tegishlidir. ("K.D .") chizmasi:
tegishlidir
Birdan ortiq ergash gaplarning bir bosh gap bilan birikishidan tashkil topgan sintaktik qurilmalar ergashish yoli bilan tuzilgan murakkab qoshma gap deyiladi: Zargarovning gaplari, tashabbusi viloyat rahbariga uncha maqtov bolib tushmasa ham, ayrim iboralari oziga tegib-tegib ketayotgan bolsa ham, Haydarov notiqqa xavotirli bir qiziqish bilan quloq soldi. (Asq.M.) chizmasi:
-sa ham, -sa ham,
Ergashish yoli bilan tuzilgan murakkab qoshma gaplar kompo-nentlarining tuzilishi, ergash gap kesimlarining shakllanishi jihatidan ikki xil boladi: a) birinchi turda ergash gapning kesimi shakllangan, shaxsli fe'l (verbum finitum) bilan ifodalanganligidan “mustaqil sodda gaplarga, bosh gaplarga oxshash boladi; b) ikkinchi turdagi ergash gaplarning kesimi shakllanmagan, shaxs korsatmay-digan (verbum infinitum) fe'l shakllari (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi yoki fe'lning shart mayli shakli) bilan ifodalanganligidan, nomustaqil boladi. Birinchi guruhni tashkil etuvchi komponentlar bosh gapga -ki, chunki, negaki, sababki kabi yordamchilar orqali birikadi. Bunda birdan ortiq ergash gaplar ozaro tenglashadi, uyushiq ohang bilan aytiladi, ular orasida teng boglovchilar ishlatiladi: Shunday qat'iy qarorga keldimki, yolgiz sengina bu ishni bajara olasan, sendan bolak hech kim uni hal eta olmaydi. ("K.D".) Endi shunday bir hikoya aytib berki, unda doimo shoshiladigan, ishning orqa-ongini oylamasdan harakat qiladigan bir odamning ahvoli tasvir etilsin va uning oqibati nima bilan tugashi korsatilsin. ("K.D".) chizmasi:
-ki va
Saida mana shunday masalalar togrisida... odamlar fikrini uygo-tishga harakat qildi, chunki bularning har biri odamlarning zehniga, kolxoz hayotiga ornashib qolgan, chunki Qalandarov nima qilgan bolsa, yaxshi niyat bilan qilgan edi va xalq ham shunday deb bilgan. (A.Q.) chizmasi:
,chunki ,chunki va
Ikkinchi guruhni tashkil etuvchi ergash gaplar ham ozaro tenglanish munosabatini tashkil qilishi va uyushib kelishi mumkin: Na kokning fonari ochmasdan, Na yulduz sayr etib kochmasdan, Na ufq oramay yoqut zar, Na bulut silkitmay oltin par, Tong kulmasdan burun turardi. (U.) chizmasi:
na -masdan, na -masdan, na -may, na -may, burun
Bahor kelsa, gullar ochilsa, qirlar maysalar bilan qoplansa, bu joylar juda gozal boladi. (S.Zun.) chizmasi:
-sa, -sa, -sa,
Ergash komponentlar bosh gapga ikki xil yol bilan boglanadi: birgalik ergashish va ketma-ket ergashish.
Ergash gaplar bosh gapga alohida-alohida (mustaqil) boglansa, birgalik ergashish deyiladi. Birgalik ergashuvli komponentlar yo bir xil (uyushgan), yoki har xil (uyushmagan) ergash gaplardan boladi.
Ergash gaplarning hamma turi ham uyushib kelib, murakkab qoshma gapning birgalik ergashuvli turini hosil qilishi mumkin:
1. Ega ergash gap uyushib keladi: Kimki oz vatanini sevsa, kimki xalqi uchun jonini fido qilsa, u qahramon boladi.
2. Kesim ergash gap uyushadi: Tilagim shuki, biringiz olim bolib, tarix yozing, biringiz shoir bolib, yurtni kuylang. ("F.T.").
3. Aniqlovchi ergash gap uyushadi: Sen butun imkoniyat va qobiliyatingni ishga solib, shunday bir kitob yozki, unda ham jiddiy va hazil mutoiba sozlar, ham hikmat va falsafaga doir fikrlar mujassam-lashgan bolsin, aqlli odamlar undan ham hikmat darsi olsinlar, ham kulgidan ozlarini toxtata olmasinlar. ("K.D".)
4. Toldiruvchi ergash gap uyushadi: Har holda shuni bilishing kerakki, daraxtni kessalar, uning ildizidan bir shoxcha kokarib, uning ornini bosadi, qilich va oq yarasi bitib ketadi, lekin til yarasi hech vaqt tuzalmaydi. ("K.D".)
5. Ravish ergash gap uyushadi: Qorni ochib, kuchi qochib, keladi bori. (ertak)
6. Olchov-daraja ergash gap uyushadi: Otirishimiz qanchalik sodda, dasturxon qanchalik faqirona bolsa, suhbatimiz shunchalik samimiy va shirin boladi. ("K.D".)
7. Chogishtirish-oxshatish ergash gaplar uyushadi: Quyosh tabiat-ga jon kiritganidek, yer insonga rizq-roz berganidek, ona ham oz farzandiga qalb qorini, mehrini baxshida qiladi. (Saodat)
8. Sabab ergash gap uyushadi: Men bu masalni shuning uchun keltirdimki, hech vaqt dushmanni mensimaslik kerak emas, birinchi bolib urush boshlash aqlli kishining ishi emas. (K.D.)
9. Maqsad ergash gap uyushadi: Yurtimiz obod bolsin deb, xalqimiz sholi kiysin deb tut kochati ekamiz.
10. Payt ergash gap uyushadi: Yigitlar sen uchun jangga kirganda, Botirlar osmonda berganida jon, Qozidan qon oqqan yovni korganda, Sening yengishingga keltirdim imon. (H.O.)
11. Orin ergash gap uyushadi: Qayerda mehnat yaxshi tashkil qilin-gan bolsa, qayerda jamoa a'zolari ortasidagi munosabat yuqori saviyada bolsa, u yerda yashash ham zavqli buladi.
12. Shart ergash gap uyushadi: Yursa agar tomirda qoning, Aziz bolsa bir parcha noning, Kerak bolsa nomus vijdoning, Qolingga qurol ol! (H.O.)
13. Tosiqsiz ergash gap uyushadi: Er-xotin ortasida qanaqa kelishmovchilik bolmasin, qanaqa gap qochmasin, kampir oraga tushib, hamma vaqt kuyovining tarafini olar edi. (A.Q.)
14. Natija ergash gap uyushadi: Ertasiga kun shunday charaqlagan ediki, unga astoydil tikilgan odam yaqin orada gurkirab turgan bahorni butun gozalligi bilan korganday bolar, bu kunni hech qanday musibat xira qila olmaydiganday edi. (Asq.M.)
Birgalik ergashish yoli bilan tuzilgan murakkab qoshma gaplar mazmun va grammatik shakllanishi jihatidan ikkiga ajraladi:
1) mazmuni va tuzilishi bir xil bolgan ergash gapli murakkab qoshma gap: Odam qarisa ham, yuz bolsa ham yosh, Osmonga yetadi sen silagan bosh. (G.G.) chizmasi:
-sa ham, - sa ham,
2) Mazmun jihatidan bir xil, birikish vositasi har xil bolgan ergash gapli murakkab qoshma gap: Rais kelgandan keyin, majlis boshlanmay, ketib qolgan. (S.Zun.) chizmasi:
-gandan keyin, -may,
Dostları ilə paylaş: |