204
Operatsiyalar bir tomonli yoki ikki tomonlama (tovarga mulk egaligi huquqining
va sug‘urta xavf-xatarining bitta yuridik shaxsdan boshqasiga o‘tishi bilan
bog‘liq), qo‘shilgan qiymatga ega va usiz bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha qiymatga
ega operatsiyalar (masalan, bichish, idishlarga joylashtirish) haqiqatda texnologik
operatsiyalardandir, ammo u muomala sohasida sodir bo‘ladi.
Logistika operatsiyalarini moddiy (tashish, omborga joylashtirish, ortish va
h.k.) va nomoddiylarga (moddiy oqim haqida ma’lumotlarni to‘plash, ularni
uzatish va h.k.) bo‘lishi mumkin. Ushbu ta’rifdan ravshanki, logistika va
texnologiya operatsiyalari o‘rtasida aniq chegara yo‘q. Bir operatsiyaning o‘zi
(masalan, materialni bichish) belgilangan sharoitlarda logistik, boshqalarda esa
texnologik hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: