37
Ko‘pincha mahsulotlar arzonlashtirilgan narxda sotiladi. Bu arzonlashtirish
sotib olingan tovarlar miqdori yoki naqd pulga olinishiga bog‘liq.
Logistika tizimi 2 asosiy narx belgilash tizimidan foydalanishni tavsiya
etadi. Bu tizimlar iste’molchilarning geografik joylashishiga bog‘liq. Bular: Franko
- narx va eltib berish narxi.
Sotuvchi biror joyda mahsulotni sotib oluvchilarga topshirsa, franko -
narxlar belgilanadi. Bu joy ombor bo‘lishi mumkin, korxona, avtokorxona
bo‘lishi ham mumkin. Sotuvchi iste’molchini transport vositalari bilan ta’minlashi
mumkin, lekin barcha harajatlarni sotib olganlar ko‘taradi. Bunday narxlar tizimi
taqsimlash tizimining nazorat qilinishini ancha murakkablashtiradi.
Eltib berish narxlari transport harajatlari, yuk ortish - tushirish ishlari
harajatlari va yuk miqdoriga ko‘ra chegirmalarni o‘z ichiga oladi. Bu narx turi
juda ko‘p ishlatiladi. Bunday narx belgilash tajribasi ta’minotchiga qulaylik
yaratadi, bundan tashqari, bunday narx belgilash tizimini nazorat qilish ham
yengilroq, AQSHda logistika doirasidagi narx belgilash tizimi davlat orqali
tartibga solinadi. Bir tomondan, huquqiy tartibga solish narxlarni aniqlash
erkinligini chegaralaydi, ikkinchi tomondan esa, logistika harajatlari tizimini tahlil
qilishga imkon yaratadi.
Dostları ilə paylaş: