208
zahiralari 90-yillarning boshlarida 29 kunni tashkil qilgan) hamda dublyor -
yetkazib beruvchilarning rezervlarini tuzishga majbur bo‘lganlar. Keng qamrovli
strategiyaning xarakterli alomati vositachilar va yetkazib beruvchilar sonining
kamayishidir; firmalar bitta tashuvchining xizmatlaridan foydalanishni afzal
ko‘radilar, u aralash tashishlarda yukni oluvchi oldiga yuk uchun javobgarlikka
ega va tashishni yagona tashish hujjati bo‘yicha amalga oshiradi.
Logistika tizimining samaradorligi (logistical system performance) -
mohiyati bo‘yicha bu logistika harajatlarining berilgan darajasida ko‘rib
chiqilayotgan logistika tizimi ishining sifatini ta’riflash uchun ko‘rsatkich (yoki
ko‘rsatkichlar
guruhi).
Logistik
zanjirning
yakuniy
bo‘g‘ini
bo‘lgan
iste’molchining nuqtai nazaridan samaradorlik ikki ko‘rsatkich - logistik
harajatlarni aks ettiruvchi xizmat ko‘rsatishning sifati va narxi bilan aniqlanadi.
Xizmat ko‘rsatish sifati o‘z navbatida majmuaviy ko‘rsatkichdir. U
mezonlarning yig‘indisi bo‘yicha hisoblanadi. Ulardan eng muhimi logistika
tizimining iste’molchiga kerak tovarni shartlashgan muddatda kerakli joyga
yetkazib berilishini ta’minlash qobiliyatidir. Boshqa mezonlar orasida quyidagilar
bor: tizimni u orqali sotilgan buyumlarga texnik xizmat ko‘rsatishning kerakli
darajasini ta’minlash qobiliyati; buyurtmani ishlab chiqish vaqti (unga buyurtmani
bajarish uchun yetkazib berilishini kutish vaqti ham kiradi) va h.k. Bu xususiy
mezonlarni ranjirovka qilish mumkin. Sanab o‘tilgan mezonlardan eng muhimi
odatda buyurilgan tovarni talab qilingan muddatda kerakli joyga yetkazib berish
ehtimoli sifatida hisoblab chiqiladi va haqiqiy logistika tizimlarida 0,55 dan
kamroqni tashkil qiladi.
Logistika tizimidan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, logistika tizimi
samaradorligini taxminan 0,56 gacha o‘sishida logistika harajatida deyarli to‘g‘ri
chiziqli, keyin esa ekspotensial o‘sadi. Xorijda o‘tkazilgan hisob - kitoblar shuni
ko‘rsatadiki, 50000 nomga yaqin ega distribyuterning ehtiyot qismlar omboriga
kelib tushayotgan buyurtmalariga taxminan 0,96 % xizmat ko‘rsatishi mumkin, bu
taxminni 0,58 % gacha oshirish uchun navlarni kamida 3 marta kengaytirish zarur.
Bu omborni rivojlantirish uchun kapital mablag‘lar kiritish bilan bog‘liq vazifalar
va xizmat ko‘rsatish bahosining o‘sishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: