140
3 9 - 4 0 - m av z u l a r :
MINTAQADA ISLOM
DININING YOYILISHI
Islom dinining Turonga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilo
-
lari va arablarning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. Mintaqada yangi
siyosiy kuchning paydo bo‘lishi oqibatida Turon ikki qismga bo‘lindi:
1) Movarounnahr («Daryoning narigi tomoni»);
2) Arodi at-turk («Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar
yerlari).
Islom dinining Turonda tarqalishiga qator omillar bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Abu Muslim qo‘zg‘oloni davrigacha islomdan oldingi davr hukmdorlari o‘z mavqela
-
rini saqlab turdilar. Ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar uchun soliq
yig‘ish vazifalarini bajardilar.
Arablar ko‘pgina imtiyozlarga ega edilar. Islom dinini qabul qilgan mahalliy aho
-
li ham jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo‘lardi. Abu Hanifaning arab bo‘l
-
magan musulmonlarning teng huquqli ekanligi haqidagi g‘oyasi, ularning jamiyatda
kamsitilishlariga qarshi sa’y-harakatining Turonda ham joriy etilishi mintaqada islom
dinining keng tarqalishi uchun imkon yaratdi.
Islom dinining asosiy manbalaridan biri – hadislarning yig‘ilishida buyuk vatan
-
doshlarimiz Abu Abdulloh Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Imom Dorimiy
-
larning xizmatlari katta bo‘ldi. Shu tufayli ham islom dinining mintaqada yoyilishi
tezlashdi.
Dostları ilə paylaş: