Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neoklassik modeli
Neoklassik yo`nalishdagi iqtisodchilar, asosan, davlatning jamiyatdagi daromadlarni
odilona taqsimlash va allokatsion, ya`ni iqtisodiyotdagi resurslarni samarali joylashtirish
maqsadidagi vazifalarni tadqiq qiladilar. Bozor iqtisodiyotini mikroiqtisodiy tahlil qilish
neoklassik modelning tadqiqot ob`ekti hisoblanadi. Bunda iqtisodiyotning alohida
iste`molchilar va firmalarning o`zaro aloqadorlikdagi faoliyatining aniq holati o`rganiladi.
Neoklassiklar rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega bo`lgan mamlakatlarda davlat mulkini
uning tasarrufidan chiqarish, uning iqtisodiyotni tartibga solishini cheklashni talab qiladilar.
Ammo ular umuman iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishini butunlay inkor
etmaydilar. Ularning fikricha, bozorning baho mexanizmi, regulyatori ko`p hollarda
resurslarning optimal, samarali ishlatilishini ta`minlaydi. Ammo ba`zi holatlarda bozor
ulardan samarali foydalanishga erishishni ta`minlay olmaydi. Xuddi ana shunday holatlarda
davlat allokatsiya (taqsimlash)ni yaxshilab, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni
ta`minlashda ijobiy rol o`ynashi mumkin ekan.
Ushbu neoklassik modelning asosini ratsional kutish nazariyasi tashkil qiladi. Unga
ko`ra kishilar o`zlarini ratsional tarzda tutadilar. Ular o`zlarining pulli manfaatlariga muvofiq
keladigan narsalar bilan bo`gliq kutishlarining shakllanishidagi axborotlarni yi`gadilar va
ularni o`rganadilar. Ushbu axborotlarga muvofiq ravishda o`z hayotlarini yaxshilashga
qaratilgan qarorlar qabul qiladilar. Kutish bozor talabining kengayishiga (yoki qisqarishiga)
1
Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: принципы, проблемы и политика. В. 2 Т.Пер.с англ. 11-го изд. Т1.-
М.: Республика, 1992.- С. 328.
1
Ўша жойда, 328-329-бетлар.
2
Ўша жойда, 327-бет.
olib keladi. Bu o`zgarishlar, o`z navbatida, tovarlar va xizmatlar baholarining ular hali ishlab
chiqarilmasdan va sotilmasidan oldin o`sishi (yoki pasayishi)ni belgilab beradi.
Ratsional kutish nazariyasi yangi axborotlarning talab va taklif egri chiziqlarida tezda
o`z aksini topishini, shuning uchun ham muvozanat baholari va ishlab chiqarish hajmlarining
bozordagi yangi holatlarga, davlat iqtisodiy siyosatidagi o`zgarishlarga tezda moslashuvchan
bo`lishini ifodalaydi
1
.
Bu o`zgarishlar mohiyati Paretoning samaradorlik kriteriyalari asosida tushuntirilishi
mumkin. Unga ko`ra jamiyat biron-bir a`zosining farovonligi boshqasining turmushini
yomonlashuvi hisobiga yaxshilanishi mumkin bo`lmaydigan holatni vujudga keltiradigan
resurslarning taqsimlanishi optimal hisoblanadi. Ayirboshlash munosabatlariga erkin kirishish
imkoniyati bozorda muvozanat holatiga erishishni ta`minlaydi.
Bu muvozanatda mavjud baho darajasida tovarlarga talab miqdori ularning taklifi
miqdoriga tenglashadi. Bu shunday holatki, bironta ham sub`ekt yangi ayirboshlash
operatsiyalari natijasida bir-birlari hisobiga yutuqqa erisha olmaydi. Bunda resurslarning
taqsimlanishi optimal bo`ladi, chunki iqtisodiyotda muvozanatlashuv sodir bo`ladi.
Demak, mukammal bozor resurslarning samarali alokatsiyani (taqsimlanishini) yaxshi
ta`minlay olmaydi. Xuddi shu hol neoklassiklar nazarida bozor mexanizmiga davlatning
aralashuvi uchun potentsial imkoniyatlar yaratadi
2
.
Ushbu oqim tarafdorlari jamoatchilik ne`matlarini ishlab chiqarishni tashkil etishni
davlatning eng muhim iqtisodiy vazifasi deb qaraydilar. Bu ne`matlarga milliy mudofaa,
jamoatchilik tartibotini saqlash, atrof-muhitni nazorat qilish, ta`lim, so`gliqni saqlash va
boshqalar uchun zarur bo`lgan tovar va xizmatlar kiradi. Bunday ne`matlarni ishlab
chiqarish davlat korxonalarida to`planishi yoki ularni iste`mol qiluvchilardan soliq olish
orqali to`plangan mabla`glarni xususiy korxonalarga buyurtma berishga, ularni ishlab
chiqarishni subsidiyalashtirishga yo`naltirilishi mumkin.
Iqtisodiyotda bozor munosabatlariga bo`gliq bo`lmagan, undan tashqarida bo`lgan atrof-
muhitning yomonlashuvi bilan bo`gliq munosabatlar ham neoklassiklar nuqtai nazariga ko`ra
davlat tomonidan tartibga solinishi lozim.
Neoklassik yo`nalish tarafdorlari kapitalning erkin oqib turishi uchun ham to`siqlarni
bartaraf etish maqsadida davlatning tartiblash mexanizmi zarur ekanligini ta`kidlaydilar.
Ularning nuqtai nazarlariga ko`ra davlat kichik biznes, fermer xo`jaliklari hamda qo`shma
korxonalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish; yangi tashkil topgan firmalarga
imtiyozli kreditlar, subsidiyalar berish, imtiyozli soliq solish, litsenziya, patentlar, iqtisodiy
faoliyatning ma`lum turi bilan shu`gullanish uchun mutlaq huquqlar berish; iqtisodiy
yakkahokimlikka qarshi kurash mexanizmlari orqali davlat kapitalining erkin harakat qilishi
uchun to`siqlarni bartaraf qilib iqtisodiyotda raqobat mexanizmining yaratilishini tartibga
soladi.
Demak, neoklassiklar davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash tarafdorlari
bo`lishlariga qaramasdan, uning ma`lum, yuqorida bayon etilgan doirada iqtisodiyotni
tartiblash borasidagi faoliyatini asoslab beradilar.
Asosiy tushuncha va atamalar
Klassik siyosiy iqtisod, iqtisodiy liberalizm, merkantilizm, fiziokratlar, iqtisodiy inqiroz,
keynschilik, neokonservatorlar, monetarizm, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o`rni haqida merkantilistlar qarashlarini izohlb
bering?
1
Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. C. 331.
2
Ширяева Л., Мамедова Н. Неоклассическая модель государственного регулирования рыночных отношений.
– Российский экономический журнал. – 1992. -№4. С. 100-101.
2.
Iqtisodiy rivojlanishda davlatni roli haqida fiziokrat maktabi namoyondalarining
qarashlarini tavsiflab bering?
3.
Iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlatning o`rni haqida klassik siyosiy iqtisod
kontseptsiyasi mazmunini yoriting?
4.
Iqtisodiy
rivojlanishda
davlatning
roli
haqida
ratsional
kutish
maktabi
namoyondalarining fikrlarini aytib bering?
5.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlarda Keyns inqilobini
tavsiflab bering?
6.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o`rni haqida Monetar nazariyani tushuntirib
bering?
Dostları ilə paylaş: |