Исследование в XXI веке январрь, 02 г 115 yotoq yaralar profilaktikasi va yotoq yaralarni parvarish qilish



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#165238
növüИсследование
1   2   3
Xasanova Fazilat Muhammadovna


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
январрь
, 202
3
г 
116 
Statsionarda yotgan bemorlar haftada bir marta gigiyenik vanna yoki dushda 
cho‘miltiriladi. Vanna yoki dush tavsiya etilmaydigan hollarda bemor badani har kuni nam 
sochiq bilan artiladi. Yuz va bo‘yinni har kuni yuvib turish lozim. Agar bemorga turish 
mumkin bo‘lmasa, u holda hamshira va sanitarka uni bulutcha (gubka) vositasida ko‘zadan 
suv quyib yuvintiradi. Oyoqlarni har kuni kechqurun iliq suv bilan sovunlab yuvish zarur. 
Yotadigan tartibdagi bemor oyoqlarini (karavotga tog‘ora qo‘yib) haftasiga 2–3 marta yuvib 
turadi. Qo‘ltiq sohalari, chov burmalari, ko‘krak ostidagi teri burmalari, ayniqsa ko‘p 
terlaydigan va semiz odamlarda tez-tez yuvib turishni talab qiladi. Aks holda, bu 
sohalarning terisi bichiladi, bunda terining himoya qobiliyati pasayadi va mikroblar 
namlanib turadigan teri orqali organizmga kirib kasallik paydo bo‘lishiga imkon yaraladi. 
Yotoq yara – tananing ma'lum bir qismi doimiy bosim ostida bo‘lib, shu yerda qon 
aylanishining buzilishi natijasida rivojlanuvchi terining yarali – nekrotik zararlanishi 
hisoblanadi. 
Uzoq vaqt chalqancha yotishga majbur bo‘lgan ahvoli og‘ir bemorlarda aksari yotoq 
yaralar paydo bo‘ladi. 
Yotoq yaralar eng ko‘p paydo bo‘ladigan soha dumg‘azadir. Kamroq hollarda ular 
kurak, tovon, ensa, tirsak, quymich do‘mboqlari va suyak bilan to‘shak orasida yumshoq 
to‘qimalar uzoq vaqt bosilib turadigan sohalarda paydo bo‘ladi . Terining shu sohalariga 
bosim tushishi, qon aylanishining kamayishiga va to‘qimalarning qon bilan yetarli darajada 
ta'minlanmasligiga olib keladi. Yotoq yaralarning paydo bo‘lishiga qoq suyak bo‘lib oriqlab 
ketish, yurak faoliyati susayib, qon aylanishining yetishmay qolishi, markaziy nerv sistemasi 
kasalliklari (orqa miyaning travmatik shikastlanishi), shuningdek qandli diabet sabab 
bo‘ladi. Markaziy nerv tizimi kasalliklarida paydo bo‘ladigan yotoq yaralar juda tez, xastalik 
boshlangandan keyin bir necha soat ichida avj oladi, qandli diabetga uchragan 
bemorlardagi yotoq yaralar esa juda uzoq davom etadi va ularni davolash qiyin bo‘ladi. 
Yotoq yaralar asta-sekin, ko‘pincha bemorning o‘zi ham sezmaydigan holda avj oladi. Ular 
quruq (mumifikatsiya) va infeksiya tushishi natijasida yiringli yoki irigan bo‘ladi. Avvaliga 
teri qizarib, so‘ngra yiring bilan to‘lgan pufakchalar yuzaga keladi. Ular davolansa, yoriladi, 
bunda terining so‘rg‘ichli qavati ochilib qolib, rangi asta-sekin xiralashadi va jonsizlanish 
vaqtiga kelib, deyarli qorayadi. O‘lgan to‘qimalar ko‘chib tushadi va yotoq yaraning 
ichkarisida aksariyat suyak ko‘rinib qoladi. Darmonsiz bemorlarda yotoq yaralarning tez avj 
olishi umuman qon zararlanishiga va ba'zan o‘limga sabab bo‘ladi.
Bo‘limga yotoq yaralari ko‘payib ketgan bemor yotqizilgan bo‘lsa, shifokor 
ko‘rsatmalari bo‘yicha mahalliy va umumiy ta'sir qiluvchi vositalar bilan alohida davolash 
talab etiladi. 
Davolash. Pufakchalar paydo bo‘lganda ularga brilliant yashilining spirtdagi eritmasini 
surtish, so‘ngra quruq bog‘lam qo‘yish lozim. Nekroz chegaralangandan so‘ng nekrozlangan 
to‘qimalar olib tashlanadi va jarohat 1% li kaliy permanganat eritmasiga botirilgan steril 
salfetka bilan berkitiladi. Bog‘lam kuniga 2–3 marta yangilanadi. Jarohat tuzala 


Международный
научный
журнал

6
(100), 
Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin