Исследование в XXI веке Июня, 2023 1005 analitik reaksiyalar


Analitik  reaksiyalami amalga oshirish shart-sharoitlari, reaksiyalarning sezgirligi va o ‘ziga xosligi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#166592
növüИсследование
1   2   3
Jumag’ulov Behruz Boysun o’gli

Analitik 
reaksiyalami amalga oshirish shart-sharoitlari, reaksiyalarning sezgirligi va o ‘ziga xosligi
Analitik reaksiyalarni o‘tkazish uchun ma’lum bir shart-sharoit bo‘lishi kerak. Masalan, 
kislotalarda eriydigan cho'kmalar eritmada erkin holatdagi kislota ortiqcha miqdorda 
bo‘lganda ajralib chiqmaydi; xuddi shuningdek, ishqorda eriydigan cho‘kmalar ishqoriy 
muhitda cho‘kmaydi. Agar cho‘kma kislotada ham , ishqorda ham erisa, uni faqat neytral 
muhitda hosil qilish mumkin va hokazo. Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, reaksiyalarni 
amalga oshirishning eng muhim shart-sharoitlaridan biri shu reaksiya uchun zarur muhit 
bo’lib , uni kerak bo‘lganda, eritmaga kislota, ishqor yoki boshqa biror reaktivlardan 
qo‘shib vujudga keltirish mumkin. Masalan:
K
2
Cr
2
O
7
+2BaCl
2
+ H
2
O= 2 BaCrO
4
+ 2 KCl+ 2 HCl 
Cr
2
O
7
2- 
+ 2Ba
2+
+ H
2
O = 2BaCrO

+ 2 H 
+
Hosil bo‘lgan BaCrO
4
kuchli kislotalarda eriydi, sirka kislotada esa erimaydi. Bu 
yerda reaksiyaning o ‘zida kuchli kislota hosil bo'lishi sababli reaksiya oxirigacha bormaydi. 
Ammo eritmaga K
2
Cr
2
O
7
dan tashqari CH
3
COONa ham qo‘shilsa, Ba
2+
ni to‘la cho‘ktirish 
mumkin, shunda kuchli kislota o‘rniga kuchsiz kislota
CH 
3
COOH hosil bo'ladi: 
CH
3
COONa → CH
3
COO

+ Na
+


Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
1007 
CH
3
COO
-
+ H 
+
→CH 
3
COOH 
Ikkinchi bir muhim sharoit eritm aning haroratidir. Haroratning ko‘tarilishi bilan 
eruvchanligi ortib ketadigan cho‘kmani issiq holatdagi eritmalardan hosil qilish yaramaydi. 
Bunday reaksiyalarni uy haroratida, ba’zan esa sovitib o ‘tkazish kerak bo’ladi. Ba’zi 
reaksiyalar faqat, qizdirilganda boradi. Reaksiya borishining muhim shart-sharoitlaridan 
yana biri, eritmada topiladigan ionning konsentratsiyasi yetarli darajada katta bo'lishidir. 
XULOSA 
Xulosa o’rnida shuni aytib joizki , maqolada analitik reaksiyalarning usullari hamda 
ularning turlari haqida misollar berib o’tdik, qollaversa konsentratsiyalari juda oz bo‘lsa, 
reaksiya chiqmay qoladi. Chunki har qanday moddaning eritmadagi konsentratsiyasi uning 
ayni sharoitdagi eruvchanligidan ortiq bo'lgandagina, shu modda cho‘kmaga tushadi. Agar 
modda qiyin eriydigan bo'lsa, topiladigan ionning konsentratsiyasi nihoyatda oz bo’lsa-da 
cho'kma tushsa, bunday reaksiyalar seziluvchan reaksiyalar deb ataladigan tushuncha 
paydo bo’ladi. Bu natijalar analitik reaksiyalarni bajarishda labaratoriya uskunlari va fizik 
kimyoviy analiz bilan yaxshiroq o’rganishga yordam beradi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin