91
5)
Jalb qilinadigan moliyaviy mablag’larning istiqbolligini aniqlash uchun.
6)
Ko’rsatkichlarni rejalashtirish bo’yicha tajribaga ega bo’lish uchun.
Biznes reja - korxona faoliyatining texnik iqtisodiy asoslash.rejani tuzish
jarayoni, uni tuzishgacha olib boriladigan tahlil shaxsiy biznesni aniq faoliyatda
tasavvur etish imkoniyatini beradi.
Raqamlar,
grafiklar, yangi tovar (xizmat)lar namunalari hujjatlari bilan
ifodalangan yetkazishning eng qulay usuli bo’lib hisoblanadi. Biznes reja
hissadorlarni aktsiyalarni sotib olishga va ishni moliyalashtirishga qiziqtirish,
shuningdek mablag’larni investitsiyalashning istiqbolligini
isbotlash uchun ham
xizmat qiladi.
Biznes reja amalda faoliyat yuritayotgan korxonalar bilan birga yangitdan
tashkil etilayotgan firmalar yoki korxonalar uchun ham tuziladi. Agar biznes reja
yangi korxona uchun tuzilayotgan bo’lsa, u holda xalqaro iqtisodiy amaliyotda
umumiy holda qabul qilingan uslubiyatga asoslanish talab etiladi. Faoliyat
ko’rsatayotgan korxonalarda firma faoliyatini
har tomonlama chuqur tahlil
qilgandan so’ngina reja tuziladi.
Biznes rejaning mazmuni va hajmi turli omillarga bog’liq bo’ladi:
— korxona o’lchamlariga (kichik biznes uchun - 10-20 bet; yirik korxonalar uchun
40-50 bet);
— tarkibiy qismlarning to’liqlik darajasiga ko’ra (yiriklashtirilgan yoki
detallashtirilgan);
— vazifasiga ko’ra (ichki foydalanish uchun, investorlar uchun, bank kreditlarini
olish uchun);
— rejalashtirish davriga ko’ra ( 1 yillik, bir necha yilga mo’ljallangan);
— tuzuvchilarning malakasi va texnik iqtisodiy asoslashni tayyorlash borasidagi
amaliy tajribasiga.
Rejani tuzish jarayoni va firma faoliyatini har tomonlama tahlil etish
rahbarlarga o’z korxonasini chetdan kuzatishga majbur qiladi, o’xshash korxonalar
bilan solishtirish esa kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan texnik va moliyaviy muammolarni oldindan ko’ra olish imkonini
92
beradi. Agar firma bankrotlik yoqasida turgan bo’lsa, biznes reja shubhasiz tijorat
operatsiyalaridan
voz kechish, to’lov qobiliyati va rentabellik darajasini oshirish
usullarini topishga yordam beradi.
Biznes reja quyidagi 4 asosiy funktsiyani bajaradi:
1) Tadbirkor uchun ma’lum davrdagi faoliyatning haqiqiy natijalarini baholash
quroli bo’lib xizmat qiladi;
2) Rejadan kelajakda biznesni yuritish kontseptsiyasini ishlab chiqish uchun
foydalaniladi;
3) Reja mablag’ topish quroli bo’lib hisoblanadi;
4) Korxona strategiyasini amalga oshirish quroli bo’lib hisoblanadi.
Ko’pchilik kredit beruvchilar va investorlar sifatli biznes rejani ko’rmasdan
turib biznesgi mablag’ sarflamaydilar.
Investorlar tadbirkorlikning quyidagi xususiyatlariga diqqatlarini qaratadilar:
ishchan obro’, qarz to’lash
uchun pul oqimi; kafolatni qo’shimcha
ta’minlash; shaxsiy kapitalning 50% dan kam bo’lmagan salmog’i.
Ko’p korxonalar biznes rejani bir yilga tuzadilar. Ularda asosiy diqqat
e’tibor kelgusi 12 oyga qaratiladi, keyingi 1-4 yil dagi faoliyat yo’nalishlari
umumiy tarzda beriladi.
Biznes rejaning maqsadi va funktsiyalarining turlicha ekanligi uni qat’iy
tartibda tuzish lozimligini talab etadi. Axborotlar to’liq, aniq, ishchan bo’lishi
lozim. Ayniqsa grammatik va orfografik xatolarni qilmaslikka harakat qilish lozim.
Dostları ilə paylaş: