216
Korxona (birlashma) xodimlarni ro’yxatiga ishga kelib ma’lum bir ishni
bajarayotganlardan tashqari ba’zi bir sabablar tufayli ishga kelmagan ishchilar va
quyidagilar kiradi:
1.
Muddatidan qat’iy nazar xizmat komandirovkasida bo’lgan xodimlar;
2.
Navbatdagi mehnat ta’tiliga
chiqqan ishlovchilar;
3.
Dekret ta’tili va bola tug’gandan keyin imtiyozli qo’shimcha 3 yilgacha
ta’tildagi ayollar;
4.
Kasalligi sababli ishga chiqmagan ishlovchilar;
5.
Davlat va jamoat ishlarini bajarish bo’yicha
ishga kelmagan, administratsiya
ruxsati bilan uzrli sabablarga ko’ra ishga kelmagan, korxonaning ish grafigiga
ko’ra
dam olish ruxsatiga ega, dam olish va bayram kunlarida ishlaganligi
uchun ta’tildagi ishlovchilar hamda progul qilgan shaxslar;
6.
Vaqtinchalik qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilingan ishlovchilar (agar ular
korxonadan to’liq yoki qisman ish haqi olsalar);
7.
Korxona tomonidan ishdan ajratilgan holda malaka oshirishga yuborilganlar.
8.
Sinov (sharti) muhlati bilan ishga qabul qilingan ishchilar. Bu ishlovchilar
ro’yxat tarkibiga ishga
chiqqan birinchi kunidanoq, belgilangan kategoriya va
mansabi bo’yicha kiritilgan;
9.
Korxonaning asosiy faoliyati bo’yicha 1 kundan
ortiq muddatga vaqtinchalik
ishga qabul qilingan xodimlar;
10.
Korxonadan tashqarida naryadlar bo’yicha ishlovchi shaxslar, agar ular ushbu
korxonadan ish haqi olsalar;
11.
Korxonaning xom-ashyo
va materiallaridan foydalanib, uyda mahsulot ishlab
chiqarish (tayyorlash) bilan band bo’lgan xodimlar;
12.
Vaqtinchalik ishga qabul qilingan, qishloq xo’jalik ishlarida band bo’lgan
ishchilar.
Hisobot oyi uchun o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni, hisobot oyida bayram
va dam olish kunlarini hisobga olgan holdahamma kalendar
kunlardagi ishchilar
soni yig’indisini, bu davrning kalendar kuniga bo’lish orqali aniqlanadi. Bundan
217
bayram va dam olish kunlaridagi ishlovchilar soni oldingi ish kunidagi ro’yxatdagi
ishchilar sonini teng deb qabul qilinadi.
Masalan: ishlovchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni hisobi:
Dostları ilə paylaş: